Tayanch iboralar:
Texnologiyani loyihalash me’yorlari, qurilish me’yorlari va qoidalari, loyihalar, turlari, tarkibiy qismlari, zonalar, joy me’yorlari, yayratish maydonlari, binolarning qismlari, ichki jihozlari, qo‘shimcha binolar, ventilyasiya, isitish, kanalizatsiya, veterinariya - sanitariya jihozlari, qurilish materiallarining turlari, xossalari va boshqalar.
Hayvonlarni gigiena va sanitariya talablariga javob beradigan molxonalarda saqlash, etarlicha oziqalar bilan ta’minlash va ularga qarash, parvarish qilish, ulardan olinadigan mahsulotlarni ko‘paytiradi, sifatini yaxshilaydi. Shuningdek, hayvonlarning har xil kasalliklarga nisbatan tabiiy chidamliligini oshiradi hamda jinsiy sikllarning to‘g‘ri borishi, urug‘lanishni, tug‘ishni va yosh mollarni saqlab qolishni ta’minlaydi. Sovuq yoki issiq, nam, qorong‘i, iflos, ventilyasiyasi yomon molxonalarda yoki mollarni me’yordan ortiq zich saqlash chorva mollari mahsuldorligini kamaytiradi, har xil yuqumli-yuqumsiz kasalliklarni paydo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |