Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Oziqalar sifatini sanitarnya tomondan nazorit qilish



Download 14,3 Mb.
bet16/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Oziqalar sifatini sanitarnya tomondan nazorit qilish - hayvonlar sog‘lomligi va mahsuldorligi nafaqat oziqalarni to‘yimliligiga bog‘liq, balki oziqalarning sanitariya tomondan sifatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Oziqalarni sifatsiz bo‘lishiga yig‘ish, tashish, taxlash vaqtidagi atrof muhitning ta’siri, tayyorlash va qayta tayyorlashda texnologiya qoidalariga rioya qilmaslik, mexanik aralashmalar, zaharli moddalar va boshqalar bilan ifloslanishlari sabab bo‘ladi. Bunday oziqalar xayvonlar organizmiga mexanik, kimyoviy yoki biologik ta’sir otib oziqa kasalliklarini chaqiradi (toksikozlar yoki zaharlanish). Shuning uchun oziqalar sifatini sanitariya tomondan nazorat qilish hayvonlarning kasalliklarini oldini olishda katta ahamiyatga ega.

Oziqalar sifatini sanitariya tomonidan baholash uchun ularning namligi, tarkibi, rangi, hidi, Shuniigdek mexanik aralashmalari, mog‘or va boshqa zamburug‘lar bilan qanchalik zararlanganligi tekshiriladi. Veterinariya laboratoriyasida mexanik aralashmalar miqdori, silosdagi har xil kislotalar, zaxarli o‘simliklar va ularning urug‘i, zaharli ximikatlar va pestitsidlarning qoldiq miqdori, zaharli zamburug‘lar bilan zararlanganlik darajasi aniklanadi.

YAxshi pichan va poxollardan yoqimli hid keladi. Buzilgan dag‘al oziqalar zax, dimiqqan, mog‘orlagan va chirik hidini beradi hamda iflos, buzilgan ranglarda bo‘ladi. Pichan va poxollarning namligi 15% gacha bo‘lsa quruq, 17% gacha nam va 20% dan yuqori bo‘lsa ho‘l hisoblanadi. Dag‘al oziqalarning tarkibida mexanik aralashmalar 10% dan ortiq bo‘lsa foydalanilmaydi, agar metal parchalari va shisha siniqlari topilsa umuman yaroqsiz hisoblanadi. Pichanning ichida zaharli o‘simliklar miqdori 1% dan ortiq bo‘lsa, bunday oziqalar mollarga berilmaydi.

Sariq - ko‘kish yoki sariq rangdagi siloslar sifatliligidan darak beradi. Issiq usulda tayyorlangan sifatli siloslarning rangi kulrang-ko‘kish, to‘q jigarrang va qo‘ng‘ir bo‘ladi. YAxshi, nordon silosning rN 3,9 – 4,2 gacha, 3,9 dan past bo‘lsa achchiq va 4,3 bo‘lsa buzilgan hisoblanadi. YAxshi sifatli silosning rangi sarg‘ish-ko‘kish yoki sariq ta’mi nordonroq, hidi meva-sabzavot hidiga o‘xshab, shilimshiq bo‘lmaydi. YAxshi silosning tarkibida umumiy kislotalar 19 – 25% bo‘ladi. O‘rtacha sifatli silosning rangi qo‘ng‘irroq bo‘lib, sirkaning hidini beradi. YOmon sifatsiz silosning rangi ochiq-yashil yoki xira-yashil bo‘lib, ammiakning hidini beradi hamda yopishqoq va shilimshiq bo‘ladi. Silosning sifatini baholashda tuproq bilan ifloslanganligi va mog‘orlanganligiga ahamiyat beriladi. Sifatli siloslar Davlat andoza talabiga javob berishi zarur.

Sifatli senajdan meva-sabzavot hidi kelib, yashil yoki ochroq qo‘ng‘ir rangda va namligi 50 - 55% bo‘ladi. Buzilgan yaroqsiz senajdan misning hidi va javdar unidan pishirilgan yangi nonning hidini berib, rangi xira jigarrang yoki qora rangda bo‘ladi.

Don, omuxta em va unsimon oziqalarning sifati rangi, hidi, kislotalik darajasi, zaharli zamburug‘larning bor-yo‘qligi, zararli va zaharli o‘tlar, urug‘i., zang va qorakuya zamburug‘lari, pestitsidlar, ombor zararkunaldalari bilan ifloslanganligiga qarab baholanadi.

Sifatli omuxta emlarning rangi, hidi, ta’mi xuddi don oziqalardek bo‘lib, rangi o‘zgarmagan, hidi dimiqmagan va achchik ta’mda bo‘lmasligi kerak. Omuxta em va don oziqalarning namligi 12 – 15%, unniki 14%, kepakniki 12% gacha bo‘lishi kerak. Don oziqalar tarkibidagi zararli aralashmalar 1% dan va begona o‘tlar urug‘i 8% dan oshmasligi kerak. Metall parchalari va shisha siniqlari mutlaqo bo‘lmasligi, mineral aralashmalar esa 0,2% dan (qum, tuproq) oshmasligi, omuxta em, un va kepakda esa 0,8% dan oshmasligi zarur.

Kunjara va shrotlar yangiligiga, mineral va metall parchalari bilan ifloslanganligiga hamda tarkibida linomarin (zig‘ir kunjarasida), ritsin (kanakunjut kupjarasida) va gossipol (paxta kunjarasi va shrotida) kabi zaharli moddalarni bor-yo‘qligiga qarab gigieia tomonidan baholanadi. Har xil turdagi kunjara na shrotning namligi 8,5 – 11% dan oshmasligi kerak.

Omuxta em, baliq va go‘sht-suyak unlari hamda o‘simlik oziqalari sanitariya-mikrobiologik va mikologik tahlil yo‘llari bilan salmonella, patogen ichak tayoqchalari, zahar hosil qiluvchi anaerob mikroblar va zaharli zamburug‘larga tekshiriladi.

Kartoshka - bakteriyalar, zamburug‘lar va parazitlik qiluvchi qurtlar bilan ifloslanganligiga tekshiriladi. Ildizmevali oziqalarni baholashda mexanik zarb eyilish darajasi, tuproq bilan ifloslanganligi va zamburug‘lar bilan zararlanganligiga e’tibor beriladi. Laboratoriyada kartoshka tarkibidagi solanin alkaloidi, qand lavlagi tarkibida nitrit va nitratlarni mavjudligi tekshiriladi.

Veterinariya laboratoriyalarida oziqalar tekshirilib yaroqli-yaroqsizligi bo‘yicha xulosa qilingandan so‘ng, uni mollarga qanday berish bo‘yicha tavsiya etiladi.

Baliq va go‘sht suyak unlarini tekshirilganda salmonella, patogen ichak tayoqchalari topilsa, +100°S darajada bir soat davomida pishirilgandan so‘ng mollarga berish mumkin. Agar oziqalardan anaerob mikroblar va ularning zaharlari topilsa, 2 soat davomida +1200 - 130°S darajada termik yo‘l bilan qayta ishlanadi.

Don oziqalar, unsimon, kunjara va shrot, omuxta em va boshqa konsentratlar quruq idishlarga solingan, toza, quruq va yaxshi shamollatiladigan binolarda past haroratda saqlanadi. Omborlarga havo so‘ruvchi ventilyasiyalar o‘rnatiladi. Ayniqsa oziqalarni namligiga katta e’tibor berilishi kerak, agar nam bo‘lsa quritiladi va shamollatiladi.

Siloslarni mog‘orlamasligi, chirimasligi va muzlamasligi uchun tuproq bilan ifloslanmagan ko‘k o‘tdan (namligi 75% dan oshmasin) yaxshilab bosiladi va usti suv o‘tkazmaydigan polimer plyonkalari bilan yopilib, ustidan 10 - 15 sm qalinlikda tuproq bilan ko‘miladi. Silos chuqurlari atrofidan suv oqib ketadigan ariqchalar qilinadi.

YUqori sifatli senaj ko‘k o‘tdan tayyorlanadi. YAxshi senaj olish uchun 3-4 kunda to‘xtovsiz bosiladi va havo kirmaydigan qilib yopiladi.

Ildiz mevali oziqalarni buzilmasligi uchun, saqlanadigan omborlar quruq, baland joylarga qurilib, yomg‘ir-qor suvlari oqib kirmaydigan bo‘lishi kerak. Saqlanadigan joylarning ustki tomoniga ventilyasiya trubalari o‘rnatiladi. Ular saqlanadigan joylardagi harorat 0°S dan +3°S gacha, iisbiy namlik 80 – 90% bo‘lishi va yorug‘lik tushmasligi kerak. Saqlashga qo‘yiladigan ildizmevali ozuqalar saralanib, quritilib (shamollatib) va chirik kesiklari ajratiladi.
Nazorat savollari.


  1. Tuyimli ozuqa deb nimaga aytiladi.

  2. Ozuqalarning turlarini ayting.

  3. Ozuqalarni organoleptik baholashni ayting.

  4. Ozuqalarni laboratoriya usulida baholashni ayting.

  5. Tuyimsiz ozuqalardan zaharlanishni tushintiring.

  6. Mikoz va mikotoksikozlarni ayting.




Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish