Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 14,3 Mb.
bet13/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

A vitamini - ko‘k o‘tlar va pichanlar tarkibida karotin yoki A provitamini shaklida bo‘ladi. Karotin oziqalar bilan oshqozon-ichak yo‘llariga tushadi va karotinoza fermenti ta’sirida vitamin A sintezlanadi. A vitamini ingichka ichak devorlari va jigarda hosil bo‘ladi. Hamma turdagi hayvonlar oziqa orqali karotinni kirib kelishiga doimo muhtojdir. Ratsion tarkibida karotin etishmasligidan yosh hayvonlarning o‘sishi va rivojlanishi sekinlashadi, mahsuldorligi, ko‘payish xususiyatlari va yuqumli kasalliklarga chidamliligi pasayadi.

Hayvonlarni karotin bilan ta’minlashda yaylov sharoitida saqlash va ko‘k o‘t berish asosiy ahamiyatga ega. Mollarni qish paytlarida karotinli oziqalar bilan ta’minlashda, ko‘k rangni saqlagan pichanlar, o‘t unlari, sifatli silos, sabzi, oshqovoq, makkajo‘xori doni, gidropon usulida o‘stirilgan o‘tlar va boshqalar alohida o‘rinda turadi. Agar oziqalar tarkibidagi karotin hayvonlar talabini qondirmaydigan darajada bo‘lsa, yosh mollar, bo‘g‘oz hayvonlar va parrandalarga vitaminlangan baliq moyi yoki vitamin A ning yog‘li konsentrati muskul ichiga yuboriladi.



D vitamini - organizmda kalsiy va fosfor almashishni boshqaradi. Agar u organizmda etishmasa mineral moddalar almashishi buziladi, qon tarkibida kalsiy va fosfor kamayadi, natijada mollar suyagining o‘sish va rivojlanishi, hosil bo‘lishi noto‘g‘ri boradi.

Vitamin D ning manbai ko‘k o‘t, vaqtida o‘rilib quyoshda quritilgan pichan va achitqi oziqalar hisoblanadi. Organizmni vitamin D bilan ta’minlab borish uchun yosh va katta hayvonlar molxonalarda saqlangan davrda har kuni yayratishni tashkillashtirish yoki sun’iy yo‘l bilan ultrabinafsha nur berish kerak bo‘ladi. Bo‘g‘oz va yosh mollar ratsioniga vitamin D konsentrati yoki vitaminlashtirilgan baliq yog‘i qo‘shib beriladi.



E vitamin (tokoferol) - erkak va urg‘ochi organizmlarning ko‘payish funksiyasini buzilishidan saqlaydi hamda markaziy asab tizimi va ko‘ndalang targ‘il muskullarni zararlanishdan qo‘riqlaydi. Ratsionda vitamin E etishmasa erkak hayvonlarning urug‘don kanallarining epiteliyalarida degenerativ o‘zgarishlar, hayz hosil bo‘lishni buzilishi, qochirish xususiyatini yo‘qolishi va jinsiy refleksni so‘nishiga olib keladi. Urg‘ochi hayvonlarda embrionning o‘sishini to‘xtashi tufayli qisir qolish hollari ko‘payadi, embrion o‘ladi, keyin organizmga shimiladi yoki bola tashlash ro‘y beradi.

Hayvonlarni E vitamini bilan ta’minlash uchun ularga yoz paytlarida ko‘k o‘t, qishda esa don va don oziqalar, yog‘li o‘simliklarni doni, beda uni va vitaminlangan konsentratlar bilan ta’minlanishi zarur.



V gruppasidagi vitaminlarga – V1, V2, V3, V6, RR, biotin, foliev kislotasi, V12 lar kiradi. Bu vitaminlarni etishmasligiga parrandalar, buzoqlar, cho‘chqalar, quyonlar, otlar, mo‘ynali hayvonlar va itlar juda sezgir bo‘ladi. Sut davridagi buzoqlardan tashqari boshqa kavshovchi hayvonlar V gruppasidagi vitaminlarga unchalik muhtoj bo‘lishmaydi, chunki oshqozon va ichaklarda bakteriyalar yordamida sintez bo‘ladi.

Hayvonlar ratsioniga donli oziqalar, sifatli ko‘k oziqalar, ildiz mevali oziqalar, achitqi, oziqalar, yog‘i olingan sut, vitamin V12 qo‘shilgan oziqa aralashmalari (KBM - 12) va sintetik preparatlar qo‘shib berilishi maqsadga muvofiq.



S vitamini (askorbin kislotasi) - pigment almashinishiga, qon hosil bo‘lishiga, jinsiy faoliyatga va organizmni immunobiologik reaksiyasiga foydali ta’sir etadi. Vitamin S o‘simliklardan sintezlanadi hamda kavshovchi hayvonlar, quyon va parrandalar organizmida hosil bo‘ladi. Bu vitaminga ayniqsa cho‘chqalar, mo‘ynali hayvonlar va otlar juda sezgir bo‘ladi.

S vitamnni etishmasa lohaslik, bo‘shashish, tez charchash, yurak urishi va nafas olnshi tezlashishi va yuqumli kasalliklarga chidamlilikni pasayish hollari kuzatiladi. Bu kasallikning oldini olish uchun ratsionga ko‘k oziqalar, pichan, kartoshka, ildiz mevali oziqalar, silos va kam-kam maydalangan daraxtlarni shoxidan beriladi. Ildiz mevali oziqalar va kartoshka pishirilganda vitamin S ning bir qismi parchalanadi, Shuning uchun bir qismini xom holida bergan ma’qul.




Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish