Sug‘orish va kollektor-zovur tizimlarini ishchi holatini ta’minlanmaganligi va suvdan foydalanishni noto'g'ri tashkil etish.
— yerlaming sho'rlanishiga va ekinlar hosildorligi pasayishiga sabab bo'ladi.
Yerlardan, suvlardan to‘liq va samaraii foydalanish uchun:
— yer-suv islohotlarini qonunlar asosida yaxshi o'tkazish, ularni foydalanuvchilarga berish, sotish;
— zaxlanib, sho ‘rlangan yerlarda irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini vaqtida sifatli amalga oshirish;
— yangi, samaraii texnikalami, ilg'or texnologiyalami ishlab chiqarishga joriy etish;
— ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan almashlab ekishni tiklash;
— ekologiyaga salbiy t a ’sir k o ‘rsatmagan holda kimyoviy vositalardan oqilona foydalanish;
— seleksiya, urug 'chilikni, agrotexnik tadbirlami sifatli amalga oshirish;
— ishchi va xizmatchilami moddiy va та ’naviy rahbatlantirish bilan bog'liq bo'lgan masalalami hal etish;
— ye r va suv munosabatlarini takomillashtirish va erkinlashtirish lozim.
Qishloq xo‘jatigida suv resurslaridan maqsadli va samaraii foydalanishda:
• sug'orishning tejamkor zamonaviy texnika va texnologiyalarini qo'llash;
• suvning qat’iy hisob-kitobini joriy qilish;
• SFU faoliyatini yaxshilash va ko'rsatilgan xizmat uchun to'lovlarnita’minlash mexanizmlarini rivojlantirish;
• suvdan samaraii foydalanganlikni rag'batlantirish lozim.
Yer-suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini yuksaltirish uchun yer-suv munosabatlarini takomillashtirish, chuqurlashtirish, ya’ni liberallashtirish masalalarini hal etishni tezlashtirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun yer va suvning baholarini va ulardan foydalanganlik uchun to'lanadigan haqlami, soliqlar miqdorini realroq aniqlash lozim. Bunda bozor iqtisodi qonunlari talablariga asoslanish, shuningdek, yer va suv resurslarining cheklanganligi, takror ishlab chiqarilmasligi,holati, sifati, iste’molchilarga uzoq-yaqinligi, ishlab chiqarish vositalarihamda infratuzilmalar bilan ta’minlanganligi, olinayotgan mahsulot,
foyda summasi kabi indikatorlarni ham e’tiborga olish zarur. Sug‘orishda tejamkor texnologiyalardan foydalanishning afzaUiklari O'zbekistonning sug'oriladigan maydonlari, asosan, tuproq ustidan egatlar orqali, taxtalarga (marzalarga) bo'lib va cheklarga bo'linib bostirilib sug'orilmoqda. Bunday sug'orish usullari tuproq tuzilmasining buzilishiga, qatqaloq hosil bo'lishiga, suvning hisobdagi me’yoridan ko'p sarfbo'lishiga, tuproqning notekis namlanishiga, suvning chuqurqatlamlarga shimilib ketishiga va tuproqning meliorativ holati buzilishiga olib kelmoqda. Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
— ye r ustidan sug'orish;
— yomg‘irlatib sug'orish;
— tuproq ichidan sug'orish;
— tomchilatib sug'orish;
— sizot suvlari sathini ko'tarib (subirrigatsiya) sug'orish;
— tuman hosil qilib sug'orish (dispers sug'orish usuli).
Yuqorida ko'rsatilgan sug'orish usullarining salbiy oqibatlarini tugatish uchun yangi sug'orish usullarini qo'llash talab qilinadi. Bunday sug'orish usullaridan biri egatlab sug'orishda egiluvchan ko'chma quvurlardan bosim ostida beruvchi PPA—165, PPA—300, PT—250, TAP—150, TPP—200 markali sug'orish mashinalaridan foydalanishdir. Ushbu quvurlar o'qariqlar o'rniga ishlatiladi. Ulardagi har bir teshik qator orasining o'rtasiga to'g'rilanadi, teshiklarda bir xil diametrli maxsus klapanlar bo'lib, ular yordamida egatga berilayotgan suvni rostlash mumkin. Sug‘orish mashinalari yordamida egatlarga suv taralganda bir yo‘la 2—3 gektardan 5—8 gektargacha maydonni sug‘orish imkoniyatini beradi. Sug‘orishda mehnat unumdorligi 2—3 barobar oshadi, suvning shimilishi esa oddiy usuldagiga nisbatan 8—10 foiz kamayadi. Bu usulda suv maxsus qurilmalar va mashinalar yordamida sun’iy yomg‘ir tarzida o‘simliklar ustidan purkab beriladi. YomgHrlatib sug'orish usulining afzalligi shundaki, bu usulda sug‘orish jarayoni to ‘liq mexanizatsiyalashadi, о ‘qariqlar soni kamayadi, belgilangan suv m e ’yori aniq va bir tekisda satflanadi, tuproq yuzasida ikroiqlim vujudga keladi, yomg‘irlatib sug ‘orishda sizotsuvlari ко ‘tarilmaydi, shu sababli tuproqda sho‘rlanish va botqoqlanish sodir bo ‘Imaydi. Yomg!irlatib sug'orish usulida egatlab sug‘orishga nisbatan mehnat unumdorligi 3—4 barobar oshadi va 15—20 foiz suv tejaladi. Yomg‘irlatish uchun DDA—100M markali o‘ziyurar agregat ishlatiladi. U bir vaqtda 120 m kenglikdagi maydonni sug‘oradi. Sug'orish me’yori
gektariga 700—800 m3 bo'ladi va bitta agregat bir sutka davomida 10—13 gektar ekin maydonini sug'ora oladi. Respublikamizda DKSH—64, ≪Voljanka≫, ≪Fregat≫ va boshqa markali keng qamraydigan yomg'irlatgich mashinalaridan ham foydalanish mumkin, ular suvni bir tekisda tuproqqa singish tezligida yomg'irlatadi. Natijada gektariga 1000 m3 gacha suv berish va tuproqni 80-100
sm chuqurlikda namiqtirish imkoniyati yaratiladi. Tomchilatib sug‘orish. Tomchilatib sug 'orish usuli ekinlarga suv berishning . ’ • ' enS Hg‘or usullaridan biri bo'lib, bunda suv 0 ‘simliklarga to ‘g ‘ridan to ‘g ‘ri maxsus;
-C - - ' 'ч. jihozlar va qurilmalar yordamida tomchi tarzida yetkaziladi. Tomchilatib sug‘orish usulining asosiy meliorativ afzalliklari Shundaki, suv o'simliklarning ildizi tarqalgan fa o l qatlamida uzluksiz mo ‘tadil namlik, havo, ozuqa va tuz rejimlarini vujudga keltiradi. Tomchilatib sug ‘orishda suvdan kecha-kunduz davomida foydalanish — bu suvning isrof bo ‘lishiga qarshi ко ‘riladigan eng zaruriy tadbirlardan biridir. Tomchilatib sug'orish texnologiyasining samardorligi Zovur va yer osti suvlaridan foydalanish. Markaziy Osiyoning sug'oriladigan yerlarida qo'shimcha sug'orish manbalarini qidirib toppish uhim vazifa hisoblanadi. Shu munosabat bilan sizot, zovur va yer osti (artezian) suvlaridan suv ta’minoti, sug'orish va sho'r yuvish maqsadida foydalanishning katta suv-xo'jalik, meliorativ, ekologik ahamiyati bor. Yer ustidan sug'orish usulida suv tuproq ustidan taqsimlanadi hamda shu orqali namlanadi. Bu usul 0 ‘zbekistonda ko'proq q o ‘llaniladi. Chunki и qulay va oz mablag' talab qiladi. Sug'orish oddiy bo ‘lib, tuproq strukturasi yaxshi saqlanadi va hosildor qatlamni kerakli chuqurlikda namlantiradi. Suv sifatiga talab kam, tuproq sho‘rini yaxshi yuvadi. Sizot suviari sathini ko'tarib (subirrigatsiya) sug‘orish usulida sun’iy ravishda sizot suvlarining sathi ko'tarilib (kollektor va zovur armoqlarini yopib qo'yish bilan), tuproqning so'rish kuchi hisobiga hosildor qatlam namlanadi. Afzalligi — suv iqtisod qilinadi, bug'lanib isrof bo'lmaydi. O‘zbekistonda zovur suvlar hajmi umumiy suv olish hajmining 30—35 foizini tashkil etmoqda. Bu sug'orish manbalarining suvi ko'pincha minerallaiga boy bo'ladi. Yuqorida aytilgan suvlardan foydalanishning suv xo'jaligi jihatidan quyidagi afzalliklari bor:
— suv resursiari va sug'oriladigan yer maydonlari ko'payadi;
— bu suvlardan foydalanishda magistral, taqsimlash va keng tarmoqli sug'orish shoxobchalari hamda ko'plab gidrotexnik inshootlar qurish talab qilinmaydi;
— sug'orish tarmoqlarining uncha uzun bo‘ lmaganligidan undan suvning filtratsiyaga isrof bo'lishi kam, foydali ish koeffitsienti va sug'orish qobiliyati esa katta bo'ladi;
— suvda mayda zarrachalar juda kam va minerallashganligidan kanallami deyarli loyqa bosmaydi, yowoyi o'tlar juda kam o'sadi, natijada ulardan foydalanish xarajatlari kamayadi. Meliorativ jihatdan ham bu suvlardan foydalanishning yaxshi tomonlari ko'p, ya’ni:
— daryodan irrigatsiya tarmoqlariga suv olish qisqaradi, natijada suvning filtratsiyaga sarflanishi kamayadi va sizot suv sathi pasayadi;
— sizot va yer osti suvini oUsh ta’sirida ham sizot suv sathi bevosita pasayadi;
— zovur suvidan foydalanilganda kollektor va zovurdagi suv sathi pasayadi, natijada ularning samarali ta’siri ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |