4.2.1- jadval
Payariq tumani qishloq xo`jaligi ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarida ishlab
chiqarilgan maxsulotlarini sotish bahosi
№
Ko`rsatkichlar
Yillar
2019 yilda 2017yilga
bisbatan o`zgarishi
2016
2017
2018
+/-
%
1
G`alla
545
712
1038
493
190,5
2
Paxta
1322
1825
3294
1972
249,2
3
Sabzovot
580
590
880
300
151,7
4
Kartoshka
1067
1500
1256
189
117,8
5
Poliz
650
500
580
-70
89,2
6
Мeva
750
1800
1650
900
220,0
7
Uzum
800
1500
1850
1050
231,3
4.2.1- jadval ma`limotlaridan ko`rinib turibdiki 2018 yilda g`allani sotish
bahosi 493 so`mga, paxatani sotish bahosi 1972 so`mga, Sabzovot sotish bahosi
300 so`mga, kartoshka sotish bahosi 189 so`mga, meva sotish bahosi 900 so`mga,
uzum sotish bahosi 1050 so`mga oshgan bo`lsa polizchilikda esa pasaygan
~ 28 ~
4.3. Foyda summasi, rentabelik darajasi va qo`shimcha tarmoqda ularni
oshirish yo`llari
Foyda korxona faoliyatining muhim iqtisodiy ko‘rsatkichi bo‘lsada, uning
samaradorligini to‘la tavsiflab bermaydi. Korxona faoliyati samaradorligini
aniqlash uchun natijalarni (foydani) xarajatlar yoki bu natijalarga erishish uchun
sarflangan resurslar bilan solishtirish lozim Korxonada foyda turli xil faoliyat
natijasida olinishi mumkin. Barcha foydalar yig‘indisi korxonaning yalpi foydasini
tashkil qiladi. YAlpi foydaning tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat:
bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat va mahsulot sotishdan olingan foyda;
asosiy fondlar, shuningdek, korxonaning boshqa mulki sotishdan olingan
foyda;
korxonaning moliyaviy faoliyati orqali olinuvchi foyda. Foydani
taqsimlash tamoyillari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijasida oladigan
foydasi davlat va korxona o‘rtasida xo‘jalik sub’ekti sifatida taqsimlanadi;
foydaning davlatga to‘lanuvchi bir qismi soliq va yig‘imlar ko‘rinishida
byudjetga kelib tushadi. Soliqlar tarkibi va foizi, ularni hisoblash tartibi va
byudjetga to‘lanuvchi boshqa to‘lovlar qonunchilik tomonidan belgilanadi;
soliqlar to‘langandan so‘ng korxona tasarrufida qoluvchi foyda miqdori,
uning ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ishlab chiqarish va moliyaviy
faoliyat natijalarini yaxshilashdan manfaatdorligini kamaytirmasligi lozim.
Korxonada foydani oshirishning asosiy yo‘llari. Har bir korxonada foydani
oshirish bo‘yicha rejali chora-tadbirlar ko‘zda tutilishi kerak. Umuman olganda,
bunday choratadbirlar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
* ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini oshirish;
* ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish;
* ortiqcha asbob-uskunalar yoki boshqa mulkni sotib yuborish yoki ijaraga
berish; * moddiy resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, ishchi kuchi
va ish vaqtidan unumliroq foydalanish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish;
* ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish;
* mahsulot bozorini kengaytirish va hokazolar. Rentabellik ko‘rsatkichlari
korxona faoliyati qanchalik foyda keltirishini ko‘rsatadi.
Quyida korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi rentabellikning
asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan. Korxona faoliyatining samaradorligini
tavsiflovchi rentabellikning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha:
~ 29 ~
1.
Aktivlar rentabelligi. (Ra): u erda:
Do'stlaringiz bilan baham: |