~ 20 ~
mezoni sifatida xo‘jalik resurslari birligiga olingan yalpi daromadni qo‘llash
maqsadga muvofiqdir. Yalpi daromad kategoriyasining afzalligi shundaki, bunda
ham mahsulot miqdori, sifati, qanday bozorda va qanday bahoda sotilganligi,
moddiy xarajatlar qanchalik tejalganligi o‘z aksini topadi. Korxona, fermer
xo‘jaligi qancha ko‘p yalpi daromad olishga erishsa, turli to‘lovlarni (soliq va
yig‘imlar) to‘lagandan keyin o‘z ehtiyojlarini ko‘proq qondirishga, korxonani
kengaytirishga imkon beradigan mablag‘ga ega bo‘ladi. Xo‘jaliklar yalpi mahsulot
miqdorini sifatini ta’minlagan holda ko‘paytirishga erishsalar, yalpi daromad,
yalpi va sof foyda summalari ko‘payishi mumkin. Bu hol, o‘z navbatida, korxona
ishchi-xizmatchilarini moddiy rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar
yaratadi, ularning ish haqlarini oshirish hamda mukofotlash uchun ham, mahalliy
va davlat budjetiga ham va nihoyat, korxona ishlab chiqarishini kengaytirilgan
takror ishlab chiqarish zaminida rivojlantirish uchun ham ko‘proq mablag‘
ajratiladi. Natijada ishlab chiqarishga yangi texnikalar, samarali texnologiyalarni
joriy etish ta’minlanadi. Bu hol mehnat harakterini o‘zgartirib, unumdorligi
oshishini ta’minlaydi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligi va
raqobatbardoshlikni oshirish islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ishlab
chiqarish samaradorligi juda murakkab iqtisodiy kategoriya bo‘lib, texnika va
iqtisodiy samara tushunchalarini o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy samaradorlik ishlab
chiqarish vositalari va jonli mehnatni qo‘llash orqali olingan foydali natijani yoki
jami resurslar birligiga olingan natijani ifoda etadi. Fermer xo‘jaliklari faoliyatiga
iqtisodiy baho berishda yetishtirilgan yalpi daromad (sof mahsulot) asosiy mezoni
hisoblanadi. Ishlab chiqarish va fermer xo‘jaligi faoliyatiga to‘g‘ri va to‘la baho
berish uchun iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimidan foydalaniladi. Bunda
asosiy ko‘rsatkich sifatida bir xillikka keltirilgan jami xarajatlarning bir birligiga
yetishtirilgan yalpi daromad (sof mahsulot), yalpi mahsulot, foyda va rentabellik,
yer, asosiy fondlar birligiga yetishtirilgan yalpi mahsulot va yalpi daromad,
mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Fermer xo‘jaligi
faoliyatining samarali tashkil etilishi kapital sarflar va investitsiyani to‘g‘ri
yo‘naltirishga bog‘liq. Buning uchun rahbarlar va mutaxassislar investitsiya
yo‘nalishlariga to‘g‘ri baho berishi va ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlashi
kerak. Kapital sarflar va investitsiyalarni mutlaq (absolyut) va nisbiy
samaradorligi aniqlanadi va shunga ko‘ra ma’lum qarorlar qabul qilinadi. Qishloq
xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish samaradorligi ishlab chiqarish xarajatlari
yoki mahsulot tannarxini arzonlashishiga bog‘liqdir ming afsuski , keyingi yillarda
ishlab chiqarish resrslarining qimmatlashishi yoki inflyatsiyaning ta’siri natijasida
mahsulot tannarxi oshib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: