Qon surtmasini tayyorlash.
Reja: 1.Buyum va yopqich shishichalarini ishga tayorlashni o‘rganish.
Kerakli jixozlar: Stabillangan qon. Ishlov berilgan buyum va yopg‘ich shishalar.
Stekla predmetnыe i shlifovannыe, chashka, pipetkalar, metanol, etanol, etanol va etil efirom aralashmasi, gematoksilin, 1%-natriy gidrokarbonati, 1%-sirka kislotasi, fabrika ranglari Romanovskogo-Gimzы i May-Gryunvalda, distillangan suv.
Buyum oynasini bir uchining xar ikala tomonidan o‘ng qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan oynaning uchi qonga sekinlik bilan yaqinlashtiriladi. Qon tomchisining diametri 2-3 mm bo‘lsa oynachaning 1/2-3/4 qismiga surtishga etishi mumkin. Silliqlangan yopqich oynachasi 30-450 burchak ostida predmet oynachasidagi qon tomchisiga tegiziladi. Qon predmet oynasi bilan yopqich oynacha o‘rtasiga bir tekisda joylashgach, yopg‘ich oynacha chaqqonlik bilan oldinga suriladi. Surtma qancha yupqa bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Quritilgan surtmani fiksatsiya qilish, ya’ni oqsillarning denaturatsiya-lanishi va xayotiy strukturasini saqlashi qamda qon xujayralarining predmet oynachasiga maxkam yopishtirish maqsadida metil spirtda 3-5 daqiqa, denaturat spirtda 10-15 daqiqa, etil spirtida 20-30 daqiqagacha saqlanadi.
Fiksatsiya qilingan surtma Ramanovskiy-Gimza buyoqining ishchi eritmasida 20-30 daqiqa saqlanadi. Ishchi eritmani tayyorlash uchun asosiy eritmaning xar bir tomchisi 1 ml distillangan suv bilan aralashtiriladi.
Keyin surtma yuviladi, quritiladi va mikroskop ostida immersion sistemada leykoformula aniqlanadi. Buning uchun 200 ta leykotsit sanalib, ular turlarining foizdagi nisbati aniqlanadi.
Sog‘lom xayvonlar qonida eritrotsitlar va leykotsitlar miqdori.
Xayvonlarning turi
|
Eritrotsitlar, mln/mkl
|
Leykotsitlar, ming/mkl
|
Gemoglobin, g%
|
Qoramollar
|
5,0-7,5
|
4,5-12,0
|
9,9-12,9
|
Qo‘ylar
|
7,0-12,0
|
6,0-14,0
|
7,9-11,9
|
Echkilar
|
12,0-17,0
|
6,0-12,0
|
10-15
|
CHo‘chqalar
|
6,0-7,5
|
8,0-16,0
|
9,9-11,9
|
Otlar
|
6,0-9,0
|
7,0-12,0
|
9,0-14,9
|
Parradalar
|
3,0-4,0
|
20,0-40,0
|
-
|
Itlar
|
5,8-8,4
|
3,5-10,5
|
11,0-18,0
|
Mushuklar
|
6,6-9,4
|
10,0-15,0
|
10,0-14,0
|
Neytrofilli leykotsitoz (neytrofiliya) segment yadroli, tayoqcha yadroli, yosh leykotsitlar va ba’zan mielotsitlarning ko‘payishi bilan, ya’ni yadroning «chapga» siljishi bilan kechadi va yallig‘lanish jarayonning kuchayganligini bildiradi.
Nazorat savollari:
1.Nurlanishga gumonli hayvonlarni davolash usullari.
2.Zond yuborish texnikasi bilish nimaga kerak.
3.Dezaktivatorlar, protektorlar nimaga kerak
5.Davolash uchun ishlatiladigan dorilarning ta’sir mexanizmi.
Simptomatik terapiya nima.
7 .Qon surtmasini tayorlash uchun nima kerak.
8. Ishni bajarish uchun nima kerak.
9. Surtma mayorlash uslubi.
10. Qaysi buyoslar qullaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |