Musiqa rahbari- MTM jamoasi tarkibiga kiradigan pedagogik xodim, musiqa faoliyatining tashkil etishning turli shakllari va ko‘rinishlaridan foydalanib, tarbiyalanuvchilarning musiqaga bo‘lgan iqtidorlarini rivojlantirish, estetik ta‘bini shakllantirish ishlari bilan shug‘ullanadi. Musiqa rahbari bitta yoki bir nechta musiqa asboblarini chalishni bilishi, amalga oshiriladigan pedagogik faoliyat yo‘nalishlarini tarbiyalanuvchilarning individual va yosh xususiyatlarini, ularning ijodiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda belgilashi lozim.
Musiqa ritmini sezish- musiqadan chuqur ta‘sirlanish va buning natijasida musiqaning ritmik ifodaligini his etish qobiliyati.
Musiqa tarbiyasi- estetik tarbiya sohalaridan biri; MTM va maktablarda amalga oshiriladi. Bolada ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish maqsadida uning musiqa madaniyatini tarbiyalash va musiqaviy mayllarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus tashkil etilgan pedagogik jarayon. Musiqa tarbiyasining vazifalari: bolaga musiqani sevish va tushunishni o‘rgatish, uning musiqani eshitish qobiliyatini va musiqaga havasini rivojlantirish , unga eng sodda ijrochilik ko‘nikmalarini singdirish (kuylash, hirgoyi qilish).
Musiqa terapiyasi- psixoterapevtik metodlardan biri , musiqaning o‘ziga xos xususiyatlaridan davolash vositasi sifatida foydalanishga asoslangan Musiqashunoslarning musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, musiqa estetikasi, musiqa tanqidi, musiqa folg‘klorshunosligi kabi sohalarining yutuqlariga tayanadi.
Musiqa tovushi- musiqa birligi, u o‘zining ma‘lum balandligi, qattiqligi , davomiyligi va tembri bilan ajralib turadi.
Musiqa faoliyati- musiqa vositasida rivojlatirish jarayonida musiqa faoliyatining barcha turlarini qo‘llash. Bolalar musiqa faoliyati turlari: musiqani, uning harakati, o‘ziga xos ohanglari, obrazliligi va betakror musiqa san‘tini «kuzatish», ya‘niy idrok etish;musiqani tinglash, faol musiqa amaliyoti(qo‘shiq aytish, musiqa asboblarini chalishdan foydalangan holda);musiqani yaratish, ya‘niy musiqani tinglash va ijro etishdan bilan bog‘liq bo‘lgan bolalar ijodiyoti. MTMda musiqa faoliyatini tashkil etish turlari:frontal musiqa mashg‘ulatlari(kompleks, mavzu bo‘yicha, yetakchi (dominant), an‘anaviy); guruxiy individual musiqa mashg‘ulotlari(ijodiy, musiqani eshtish iqtidori va ovozni rivojlantirish, raqs harakatlari ni o‘zlashtirish, bolalarga musiqa asboblarini chalishni o‘rgatish); musiqa zalidan tashqarida tashkil etilgan musiqa muhiti (mustaqil musiqa faoliyati, musiqa sadolari ostida uyg‘onish, musiqali xordiq, ertalabki badantarbiya, fizkultura mashg‘ulotlari); bayram va ko‘ngilxushliklar(mavsumiy, mavzuviy, folklor, o‘yinga asoslangan).
Do'stlaringiz bilan baham: |