Samarqand



Download 6,28 Mb.
bet29/75
Sana09.12.2022
Hajmi6,28 Mb.
#882255
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75
Bog'liq
7d6bf5cf9f077bb375ebf5dec73c19f6 MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA

Musiqa
tinglash




Musiqa orqali kayfiyat oshirish




Musiqiy his-tuyg‘u- larni rivojlantirish


Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidsa musiqiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etib, muntazam ravishda olib boriladigan tarbiya jarayonining bir qismini tashkil etadi. Mazkur qo‘llanma maktabgacha ta‘lim musassalarida musiqiy tarbiyani amalga oshirish dasturida belgilangan ertalik va bayramlarni nishonlashga qaratilgan tadbir va bayramlarni tashkil qilish jarayoniga qaratilgan.
Musiqa, ayniqsa, milliy musiqa, bola tarbiyasiga benihoya katta ta’sir ko‘rsatib, ularda yuqori darajadagi badiiy, estetik zavq va didni shakllantiradi, go‘zallikni musiqa orqali idrok etishda yetakchi rol o‘ynaydi. Bolalar bog‘chasida musiqiy tarbiya quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi:

  • musiqa tinglash;

  • vokal ijrochilik;

  • milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish;

  • bastakor hayoti va ijodi bilan tanishtirish;

  • musiqa turlari bilan tanishtirish;

  • ritmik harakat va raqs asoslari bilan tanishtirish;

  • bolalarda ijobiy qobilyatlarni aniqlash va rivojlantirish;

  • musiqa vositalari orqali bolalar tarbiyasini tobora shakllantirish;

Musiqa rahbarlari ushbu vazifalarni amalga oishirar ekanlar, o‘z ish tajribalarida turli faoliyat shakllaridan keng foydalanadilar;- Musiqa mashg‘ulotlari (vazifa va maqsadiga qarab, turli mavzu va yo‘nalishda bo‘ladi);

  • bayram ertaliklari;

  • ko‘ngil ochar musiqiy o‘yinlar;

  • nafosat soatlari;

  • badiiy va adabiy musiqiy kompozitsiyalar;

  • musiqiy teatr dramatizatsiyalari;

  • yakka hol ish turlari;

  • to‘g‘arak ishlari;

Bayram ertaliklariga tayyorgarlik ko‘rilar ekan, avvalambor bu hammaning bayrami ekanligi, bolalar xotirasuda unutilmas iz qoldirilishi, ularga zavq, xursandchilik olib kelishini nazarda tutish zarur. Bu jarayonda barcha teng qatnashishi lozim. Masalan, pedagogik jamoa, ota-onalar va mahalla ahli. Maktabgacha ta‘lim muassasasida tashkil qilingan bayram ertaliklari umumxalq bayramlarining bir parchasi bo‘lmog‘i zarur. Musiqani tinglay bilish va undan zavqlana olish ham katta san‘at hisoblanadi. Insonda musiqa tinglash madaniyati yoshlikdan rivojlana boshlaydi. Bola, musiqa madaniyati darslarining barcha faoliyatlari jarayonida, musiqani tinglab, uni idrok etadi. Ammo musiqa darslarining musiqa tinglash qismi oldida, o‘ziga xos jiddiy vazifalar turadi. Avvalo, shuni eslatish lozimki, insonda kuylash imkoni- yatlariga ko‘ra, tinglash imkoniyatlari ancha keng bo‘ladi. Masalan: milliy cholg‘u asboblar ansambli, orkestr, xor, yakka cholg‘u, cholg‘u ijrosidagi asarlarni kuylab emas, balki faqat tinglab idrok etish mumkin.
Shuning uchun ham musiqa tinglash jarayonida tarbiyalanuvchilarning badiiy idroki yaxshi rivojlanib boradi.
Musiqa madaniyati mashg‘ulotlarida musiqa tinglash uchun quyidagi talablarga ko‘ra asarlarni tanlash tavsiya etiladi:

  • -tarbiyalanuvchilarning idrokiga mos xalq, mumtoz va zamonaviy musiqiy asarlarni tinglash.

  • tarbiyalanuvchlarning musiqani idrok etish va musiqiy asarda tasvir etilgan badiiylikni his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish.

  • musiqa haqida boshlang‘ich ma’lumotlar berish, tinglangan asarlar nomlarini eslash, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarining farqini bilish hamda tinglangan asarga ma‘lum darajada baho bera olish.

  • musiqiy asarlarni ishtiyoq bilan tinglash va eslash, olgan ta’surotlar haqida o‘ylash va fikr bildirish.

  • musiqa tinglashda turg‘un diqqat-e’tiborni va tinglash madaniyatini, boshlang‘ich elementlarni shakllantirish.

Musiqiy didni shakllantirishga oid qiziqarli, mazmunli asarlarni tinglash. Bog‘cha tarbiyalanuvchilarning diqqat-e’tibori uncha barqaror bo‘lmasligi sababli, ular yorqin yangraydigan kichik hajmdagi musiqiy asarlarni idrok etishga qodir bo‘ladilar. Ular, ayniqsa, kichik hajmdagi qo‘shiqlarni yaxshi idrok etadilar, chunonchi, so‘z va ohang birligi musiqaning mazmunini oson idrok etishga yordam beradi. Shuning uchun musiqa rahbari qo‘shiq aytganda yoki biror cholg‘u asarini ijro etganda, uning tanish ovozi, sof ohangi, ifodali ijrosi, mimikasi va ishoralari o‘quvchilarni maftun etishi lozim. Shundagina, bolalarda bo‘ladigan zavqlanish, ajablanish, quvonish, qayg‘urish, o‘ylanish kabi holatlarni kuzatish mumkin.
Yangi asar bilan ilk bor tanishtirishda o‘qituvchining qisqa, lo‘nda, mazmunli, qiziqarli kirish so‘zi, musiqa tinglash jarayonida ham muhim rol o‘ynaydi. Musiqiy asarni tinglashdan oldin o‘quvchilarga ma’lumot berilsa, ular asarni to‘liq idrok etishga harakat qiladilar. Musiqiy asarni ikki-uch mashg‘ulot davomida tinglash shart. Chunki, har bir tinglashda bola uchun asarning 9 yangi qirralari namoyon bo‘ladi va unga nisbatan qiziqishi va muhabbati ortib boradi. Yildan yilga o‘quvchilar o‘z yoshiga, bilim va malakalariga muvofiq, musiqiy asarni to‘la idrok etishga qodir bo‘ladilar. O‘quv yili davomida tarbiyalanuchialar 12-14 ta asar tinglaydilar.

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish