368
mamlakatimiz iqtisodiyoti taraqqiyotining bosh strategik vazifasi
hisoblanadi;
-
“biz faqat investitsiyalarni jalb qilish, yangi ishlab chiqarish
quvvatlarini ishga tushirish hisobidan
iqtisodiyotimizni jadal
rivojlantirishga erishamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa
ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammolarni tizimli hal etish
imkonini yaratadi”;
-
“xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun
mamlakatimizning investitsiya salohiyatini to‘la namoyon etish
choralarini ko‘rishimiz kerak. Biz iqtisodiyotimizga sarmoya
kiritishga intiladigan investorlar
uchun hududlar va tarmoqlar
bo‘yicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu
masalada ijobiy natijaga erishish mumkin.”;
-
“... Tashqi ishlar vazirligi va uning chet eldagi
vakolatxonalari ham o‘z ishini qayta ko‘rib chiqishlari lozim
bo‘ladi. Bundan buyon bizning xorijdagi elchilarimizga ham talab
o‘zgaradi. Ularning faoliyatiga birinchi navbatda investitsiyalarni
jalb qilish bo‘yicha qanday ishlayotganiga hamda ana shu
investitsiya miqdoriga qarab baho beriladi.”[3.3]
-
“... biz O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatda aylantirishni
maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz,
bunga faqat jadal islohotlar, ilm-
ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz.”;
-
“iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun
faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish zarur”. “2020 yilda
o‘zlashtiriladigan investitsiyalarning salmoqli qismi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar va kreditlar bo‘lishini alohida qayd
etmoqchiman. Investorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga
soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, infratuzilma yaratish xarajatlarini
qisman
davlat
tomonidan
qoplash
mexanizmlari
joriy
etilmoqda”[3.5]
Jahon tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki davlat tomonidan
qo‘llab quvvatlanuvchi innovatsion
dasturlar rivojlanayotgan
davlatlarni rivojlangan davlatlar qatoriga tezroq olib chiqishi
mumkin. Sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimi va transport sohalariga
innovatsiyalarni joriy etish rivojlanayotgan davlat fuqarolarining
369
turmush darajasini tezroq o‘sishiga olib keladi. Shu bilan birga
innovatsiyalar xususiy, xorijiy va davlat korxonalari o‘rtasida
raqobatning kuchayishiga, mehnat bozori
egiluvchanligi oshishiga
va axborot kommunikatsiya texnlogiyalari infratuzilmasining
rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Yuqoridagi ijobiy xususiyatlariga
qaramay innovatsiyalarni boshqarish juda murakkab jarayon
bo‘lib, ularning rivojlanishi va ta’sirini baholash ancha qiyin.
Afsuski ko‘pgina rivojlangan davlatlarda yaxshi ta’lim olgan
aniq fanlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari ko‘p
bo‘lsada, ular mahalliy tadbirkorlarning innovatsion faoliyatida
deyarli qatnashmayapti. Yana bir xavotirli holat shuki,
rivojlanayotgan davlatlar chet el investitsiyalarini
jalb qilishga
katta mablag‘ sarflagan bir paytda, mahalliy startaplarni
rivojlantirishga kam e’tibor qaratilyapti. Ishchi kuchining
migratsiyasi, ayniqsa, malakali ishchi kuchi ko‘chib kelishi
mamlakatda innovatsion muhitning rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Umuman olganda innovatsion siyosat kichik va o‘rta
korxonalarda innovatsiyalarni yaratilishini qo‘llab quvvatlashi
kerak, buni biznes va davlat boshqaruvi tizimi o‘rtasidagi
aloqalarni kuchaytirish orqali amalga oshirish mumkin.
Innovatsiyalar mamlakatlarning
mahalliy muammolarini hal
qilishda eng maqbul yo‘l hisoblanib, ular eng yangi texnologiyalar
asosida yaratilishi shart emas, balki berilgan muammolarni
ijodkorona oddiy yechimidan iborat bo‘lishi mumkin.
Jahonning rivojlangan davlatlari har biri o‘ziga xos
innovatsion siyosat olib borish evaziga yuqori mehnat unumdorligi
va raqobatbardoshlik darajasiga erishib kelmoqda. Eng jadal
rivojlanayotgan davlatlar orasida esa Xitoy va Hindiston ayniqsa
oxirgi 10-15 yilda innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha
sezilarli yutuqlarga erishdi. Jumladan Xitoyda yuqori texnologiyali
sanoat
klasterlarining
yaratilishi
telekommunikatsiya
va
elektronika
sohasining
jadal
rivojlanishiga
olib
keldi.
Hindistonning dasturiy ta’minot yaratishga ixtisoslashuvi ham
innovatsion siyosatning muvaffaqiyatli
olib borilayotganidan
dalolat beradi. Xitoy va Hindistonning yuqori texnologiyali
370
sanoatda o‘z o‘rnini egallab borishiga qaramasdan, ularning
iqtisodiyotida ko‘pchilik kichik va o‘rtacha korxonalar innovatsion
sohalar bilan hamkorlikdan uzilib qolgan.
Innovatsion-investitsion
siyosat
rivojlangan
xorijiy
davlatlarda ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ayniqsa, Yevropa
ittifoqida
faoliyat
bo‘yicha AQSH va Yaponiya bilan
raqobatlashadi va qo‘yidagi tadqiqot turlarini rivojlantirishni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘yadi:
tabiiy fanlarni genetika fanlari bilan birgalikda;
sog‘liqni saqlash sohasida biotexnologiyalar;
og‘ir kasalliklarni oldini olish;
nanotexnologiyalar, “ko‘p funksiyali” aqlli texnologiyalar;
aeronavtika
va
fazo,
ekologik
tizimning
barqaror
rivojlanishi;
yechilmagan amaliy texnologik muammolar bo‘yicha
xalqaro hamkorlikni kuchaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: