5.Bodrezak (oddiy kalina, buldenej) - Shilvidoshlar oilasiga mansub o’simlik.
Bargi to’kiladigan, bo’yi 4 m gacha bo’lgan, barglari keng tuxumsimon, uch kurakli, kamdan-kam hollarda, kamroq besh kurakli, kuraklari yirik tishli, uzunligi 5-15 sm, bandlari 1-2 sm, temirchali. Gulchalari ikki jinsli mayda, dumaloq soyabonsimon qalqonchalarda, gulchalarining ichki qismini yegallaydi. Chetlarida yirikroq oq besh kurakli jinssiz cho’pchalari bor. Mevasi - go’shtli, danakchasi qizil, yassi danakchali (urug’lari), pishgan holda yoyish mumkin (ayniqsa, sovuq havodan so’ng).
Tez o’sadi. Soyaga chidamli, namsevar. Unumdor tuproqni afzal ko’radi. Ammo quruq qumoq tuproqlarda ham o’sishi mumkin. Shahar sharoitiga yaxshi moslashgan.
50 yil (va undan ortiq) yashashi mumkin. Urug’lari, ildizlariniig bachki novdalari, parxish usuli, qalamchalari bilan ko’paytiriladi.
Manzarali bog’dorchilik uchun ko’pincha uning quyidagi shakllaridan foydalaniladi:
-past bo’yli shakli - mayda bargli, kompaktli, pakana shakli; juda sergul bo’lib gullaydi;
-ola-bula shakli – ola-bula bargli buta.
Juda qimmatli manzarali buta. Tipik shaklli bog’lar, parklar uchun juda muhimdir. Uni guruh-guruh bo’lib o’stirish yaxshi samara beradi. Chekkalarga, jonli devor, o’rmonning ostki qismiga yekish mumkin. Yirik orgonomental barglari o’ziga odamlarni diqqatini qaratadi. Ayniqsa, yaxshi taassurot qoldiradi. Shu faslda barglari to’q qizildin sariq-qizg’ish tusgacha o’zgaradi va buta och qizil mevalrp serob shingillari bilan bezanadi. Ozuqa va dorivor sifatida ham u qimmatlidir.
O’zbekistonning barcha viloyatlarini ko’kalamzorlashtirida tavsiya qilinadi.
5. KAShTAN VA BUTALAR ASOSIDA KO’KALAMZORLAShTIRIShNING IQTISODIY VA EKOLOGIK SAMARADORLIGI
Shifoxona tashkilot, korxona, o’quv maskanlari atrofida barpo etilgan yashil o’simliklar dunyosi, albatta har tomonlama o’zining qandaydir ekologik va iqtisodiy samaradorigiga ega bo’ladi. Ko’kalamzorlashtirilgan hudud atrofidagi yashil daraxtzorlar, xususan kashtan va buta o’simliklari:
Shifoxonoda davolanayotgan kishilar uchun toza havo – kislorod manbai bo’lib hisoblanadi:
Har xil turdagi aralash ekilgan mavjud ignabargli manzarali daraxt va butalar shifoxonada davolanuvchilar uchun estetik zavq baxsh yetadi;
Ko’kalamzorlashtirilgan xiyobonlarda o’sib rivojlanayotgan ignabargli daraxt va butalar bir sutkada bir necha kilogrammgacha o’zida zaharli gazlarni yutib qolduvchi ftonsidlarni ajratadi;
Mavjud manzarali ignabargli daraxt va butalar atrof-muhit mikroiqlimini namoyon yetadi;
Yashil o’simliklar dunyosi, daraxt va butalar ko’kalamzorlashtirilgan hudud ichidagi inshootlarni shovqin-surondan himoya qiladi;
Shuningdek, ko’kalamzorlashtirilgan hududdagi kashtan va butalar shifoxonada davolanayotganlar uchun ajoyib, ko’rkam sayilgoh bo’lib ham hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |