3.2. Butalar
1.Yaponiya behisi – Atirguldoshlar oilasiga mansub o’simlik.
Bo’yi 3 m keladigan buta o’simligi, novdalari keng yoyilgan, tikanli shoxli. Barglari tuxumsimon yoki cho’zinchoq, yuqori qismi o’tkir, chetlari o’tkir tishli, po’sti qalin, silliq, yuqori qismi yaltiroq, to’q-yashil rangli, yozilish paytida bronza, qizil rangli, uzunligi 3-8 sm. Gulchalari 2-6 gulli qalqonchalarda, tipik shaklda qizg’ish rangli, diametri 5 sm gacha, aprelda gullaydi.
3-4 yoshdan gullay boshlaydi. Mevasi sharsimon yoki tuxumsimon shaklda, sariq, diametri 5 sm gacha, sentyabr-oktyabrda pishib yetiladi. Sekin o’sadi sovuqqa chidamli buta. Tuproq unumdor bo’lishini talab qiladi. Ochiq yerda, quyoshli maydonda yaxshi o’sadi.
Qurg’oqchilikka chidamli.
Tuproq bir ozgina sho’rlangan bo’lsa ham o’saveradi. Tutun, gazga chidamli. Kesish yo’li bilan har xil shakl hosil qilish mumkin. O’simliklar yozda gullash davri tamom bo’lgandan so’ng kesiladi. Urug’lari, ildiz bachkilari va kurtak payvand bilan ko’paytiriladi (oddiy behiga ulanadi).
Yapon behisining vatani Xitoy va YAponiya.
Manzarali butalarni yetishtirish uchun quyidagi shakllari qimmatlidir:
-toza oq shakli – toza oq gullari bilan;
-yirik gulli shakli – yirik, deyarli oq gullari bilan;
-oq qizg’ish rangli shakli – toza oq, qisman qizg’ish rangli.
Juda manzarali buta. Maysazorda, jonli devorda, bordyurda yakka turda, guruh-guruh, shtambli shaklda foylaniladi. Respublikaning deyarli barcha viloyatlarida manzarili o’simlik sifatida ishlatilishi mumkin. Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasining kuchli sho’rlangan tuprqlari bundan mustasno. Ammo, yaxshi sharoitlarni yaratib park va xiyobonlar barpo yetishda foydalanish mumkin.
2. Qorsimon mevali buta – Shilvidoshlar oilasiga mansub o’simlik.
Bo’yi past (1-1,5 m), tik o’suvchi, ingichka novdali buta. Barglari oval yoki yellips – cho’zinchoq shaklda, uzunligi 2,5 sm, ustki qismi to’q yashil, yalang’och, ostki qismi zangori rangli, tukli. Gulchalari qizg’ish rangli, kattaligi 0,6 sm, yuqoridagi panjalarga yoki boshoqchalarga (uzunlitgi 1-3 sm) yig’ilishgan. Mevalari sharsimon, oq, aylanasi 1 sm ga yaqin. May oyidan sentyabr oyigacha gullaydi. Mevalari sentyabr-noyabrda pishib yetiladi va novdalarida juda ko’p vaqt saqlanadi. Urug’lari, bachki novdalari, yashil va yog’ochlangan novdalari bilan ko’paytiriladi.
Vatani – Shimoliy Amerika.
Oq qorsimon va shar shaklidagi mevalari unga manzara beradi. Shuning uchun u o’ziga diqqat ye’tibor qaratadi. Mevalari butun qish davrida saqlanib qoladi.
Yakka-yakka holda xiyobonlar chetlari hamda siyrak shox-shabbali daraxtzorlar ostiga yekish mumkin.
O’zbekistonning barcha ekologo-geografik zonalaridagi shaharlar va aholi punktlaridagi park, xiyobonlarga yekish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |