Yong’in, portlashlar oldini olish chora-tadbirlari
Yong’in - nazorat qilib bo’lmaydigan hodisa bo’lib, bebaho moddiy va madaniy boyliklarni bir daqiqada yo’q qiluvchi ofat, ayniqsa fuqarolarni joniga kulfat keltiruvchi FV.
Yong’inning kelib chiqishi uchun 3 omilning bir vaqtning o’zida bir joyda bo’lishi kifoya:
yonuvchi modda, havo harakati, uchqun-alanga.
Yong’in va portlashlarni sabablari:
yong’in xavfsizligiga rioya qilmaslik;
fuqaroning loqaydligi va e’tiborsizligi;
elektr simlarning nosozligi;
gaz, ko’mir, o’tin bilan isitiladigan vositalar;
bolalarni o’t bilan o’ynashlari; - qastdan o’t qo’yishlar.
Yong’in sodir bo’ladigan joylar 2 guruhga bo’linadi: davlat tashkilotlari; fuqarolarni yashash joylari.
Yong’inning oldini olish chora tadbirlari:
tashkilot va muassasalarda doimiy tekshiruvlar o’tkazish, yong’in, portlash chiqish sabalarini yuqotish;
yong’inni bartaraf etish chora tadbirlarini bilish;
aholini yong’inning oldini olish chora-tadbirlarini bajarishga va boshqalardan talab qilishga o’rgatish.
Yong’inlar turlanishini rasm-3.5 da keltirib o’tamiz. Ular yonish usuli, yonayotgan materiallar, issiqlik almashinish sharti, yong’in maydoni va masshtabi bilan farq qiladi.
Yong’in keskin tus oladigan obyektlar (yonuvchi va portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar va joylar). O’zbekistonda 500 dan oshiq. Ular yonish va portlash xususiyatiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi.
guruhi - neft ishlab chiqaruvchi zavodlar, kimyoviy korxonalar, neft o’tkazuvchi quvurlar, neft omborxonalari;
guruhi - ko’mir kukuni, yog’och qipig’ini tayyorlash - jo’natuvchi sexlar, un va unni qayta ishlash kombinatlari;
yonish usuli bo’yicha
Rasm-3.5. Yong’in turlari.
V guruhi - yog’och, paxta va ularni qayta ishlovi korxonalar, qog’oz korxonasi.
Yong’in va portlashlar o’zaro uzviy bog’langan. Portlash - bu qisqa vaqtning o’zida chegaralangan hajmdagi, katta miqdordagi quvvatning ajralib chiqishidir. Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar va ular bilan bog’liq bo’lgan tashkilotlar portlash xavfi bor tashkilotlar hisoblanib, ularda ma’lum sharoitlarda portlash sodir bo’lishi mumkin. Bularga: mudofaa, neft va neft mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi-saqlovchi, kimyoviy, gaz, paxta, qog’oz, non mahsulotlari, yengil sanoat korxonalari, ular ishlab chiqargan tayyor mahsulot omborxonalari kiradi.
Portlashning zarar yetkazuvchi omillari: zarba mavji (to’lqinlari); siniqparlarchalarni sochilishi. 1998 yilda Shatlik-Xiva, Muborak - Zarabuloq yuqori bosimidagi gaz quvuridagi portlash; 1989 yil 3 iyundagi Boshqardistondagi temiryo’l oqimidagi gaz quvurini portlashi natijasida yo’lovchi poyezdlar zarar ko’rgan v 1284 yo’lovchidan 780 yo’lovchi halok bo’lgan.
Bu boradagi muhofaza tadbirlari:
Qonuniy tadbirlar: binoning loyihalashda, qurishda va foydalanishda me’yor, qoida va tartiblarga amal qilish;
Tashkiliy: aholi va hudularni-tashkilotlarni ogohlantirish tadbirlari rejasi. FV ro’y berganda ularni bartaraf etish tadbirlari rejasini tuzish.
1. Injener-muhandislik ish rejalari: ishlab chiqarish jarayonlarida yong’in-portlashlar ehtimoli bo’lgan tashkilotlarda xavfli texnologiyalar o’rniga boshqa xavf to’g’dirmaydigan texnologiyalarni tadbiq etish.
Rasm-3.6 da portlashning turlari keltirilgan. Ular o’zining tabiati, kelib chiqishi, nimadan portlashi va h.k. bilan bir-biridan farq qiladi.
Albatta, har biriga qarab turli chora-tadbirlar ko’riladi.
Rasm-3.6. Portlash turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |