mohiyati
– qishloqlarimizga ichki va xalqaro turistlarni jalb qilish asosida
qishloqlarimizdagi obodonchilikni kuchaytirish, qishloqlarimiz
90
91
aholisini xalqaro hamdo‘stlik jarayonlariga qo‘shish va
qishloqlarimizni xalqaro miqyosda dunyoga ko‘rsatish hisoblanadi.
Qishloq turizmini rivojlantirishning
maqsadi
– qishloq aholisining
ish bilan bandligini qo‘shimcha imkoniyatlar asosida oshirish,
qishloq aholisi mahsulotlarining ko‘proq sotilishini ta’minlashdir.
Qishloq turizmini rivojlantirishning asosiy
vazifasi
– qishloqlarda
turizmni rivojlantirish tadbirkorligini tashkil qilish asosida qishloq
turizmi xizmatlari va servisni, qishloq turizmi infratuzilmalarini
yaratishdan iboratdir deb belgilasak to‘g‘ri bo‘ladi.
Qishloq turizmini rivojlantirish mavzusida respublikamizda
hali jiddiy ilmiy-tadqiqotlarning boshlanmaganligini hisobga olib,
xalqaro texnologiyalar va dasturlarni o‘rganishimiz zarur bo‘ladi.
Qishloq turizmini rivojlantirishda albatta Yevropa Ittifoqining
«Qishloq turizmini rivojlantirishning strategik rejalari»ni
o‘rganishimiz lozim. Bu strategik rejaga asosan qishloq turizmini
rivojlantirish dasturiga quyidagilar kiritilgan. Biz uchun bu dastur
ancha muhim bo‘lishi mumkin:
• qishloq turizmini rivojlantirishning huquqiy va me’yoriy
asoslarini takomillashtirish;
• salohiyatli turistlarga va rivojlanayotgan tarmoqlarning
axborot byurolariga qishloq turizmi haqidagi barcha ma’lumotlarni,
axborotlarni bepul yetkazib berish;
• dasturda qatnashuvchi dehqon xo‘jaliklarini manzili bo‘yicha
moliyaviy quvvatlash;
• qishloq infratuzilmalarini takomillashtirish bo‘yicha maqsadli
mablag‘lar ajratish;
• qishloq turizmi korxonalarini xususiylashtirishda davlatning
foizli qatnashuvini ta’minlash;
• qishloq joylarining holati monitoringini doimiy o‘tkazib
borish;
• fermerlarni dotatsiyalash va imtiyozli soliqlar belgilashda
rag‘batlantirish siyosatini qo‘llash;
• loyihalarni amalga oshirish uchun investorlarni izlash;
Umumiy qilib olganda Yevropa davlatlarida qishloq turizmini
rivojlantirishdan 3 ta siyosiy holatni tashkil qilish va 3 ta manfaatni
hosil qilish hal qilinmoqda:
1. Qishloq joylarda yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish asosida
qishloq iqtisodiyotini ko‘tarish, qishloqda ishlab chiqarish va
savdo-sotiqni kuchaytirish.
2. Shaharliklarning maqsadli dam olishini tashkil qilish orqali
shaharliklarning mablag‘larini qishloqqa yo‘naltirish.
3. Soliq tizimi orqali davlat xazinasiga qo‘shimcha
mablag‘larni tushirish hisobidan qishloqlarni obodonlashtirish,
ko‘kalamzorlashtirish (turizm infratuzilmalari, transport
kommunikatsiyalari, mehmonxonalar, ovqatlantirish korxonalari,
sport inshootlari va boshq.).
Yevropa mamlakatlaridagi qishloq turizmidagi turistik talab
va takliflarning o‘sish istiqbollarini tahlil qilganimizdan ma’lum
bo‘ladiki, bu davlatlardagi 30% shahar aholisi aynan qishloqlarda
dam olish ham qishki mahsulotlarni g‘amlash orqali qishloq
turizmini kuchli rivojlantirishning maqsadli yo‘nalish ekanligidan
dalolat beradi. Qishloq turizmini rivojlantirishda jahonning
ko‘plab davlatlari Yevropa modellaridan, dasturlaridan, strategik
rejalaridan nusxa olmoqdalar. Chunki, hozirda qishloq turizmi
faqat Yevropa davlatlarida barqaror rivojlanmoqda.
Mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirishda xalqaro
modellar, tan olingan texnologiyalar va strategik rejalarni qo‘llash
masalasini tahlil qilganimizda shunday xulosa kelib chiqadiki,
ushbu modellar, texnologiyalar va strategik rejalarda biron-
bir qoyil qiladigan yoki hayratga tushadigan tomonlari yo‘q.Bu
texnologiyalar va strategik rejalarda belgilangan jarayonlar va
voqeliklar, tashkiliy jihatlarni hech qiynalmasdan tashkil qilishimiz
ham, bajarishimiz ham mumkin.
Bu sohada eng muhimi ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda ijobiy
o‘zgarishlar yaratadigan ushbu muhim sohani tashkil qilish va
rivojlantirish rejalari, dasturlarini ishlab chiqish jarayonlarini
boshlashimiz kerak. Yevropa davlatlarining qishloq turizmi o‘tgan
asrimizning davomida hozirgi taraqqiyotiga erishgan. Qishloq
92
93
turizmini tashkil qilishda 1970-yillarda dastlab Fransiyaning
«Turizm va qishloq joylarni rivojlantirish agentligi», Avstriyada–
Avstriya fermerlik turizmi assotsiatsiyasi», 1990-yilda Yevropa
Ittifoqining «Qishloq joylarni majmuali rivojlantirish Umum
Yevropa «Lider» dasturi» tashkilotlari muvaffaqiyat bilan ishlab
kelmoqda.
Mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirishda birinchi
navbatda «O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi»
milliy kompaniyasi tarkibida «Qishloq turizmini rivojlantirish»
bo‘limini tashkil qilishimiz zarur. Bu bo‘lim qishloq turizmini
rivojlantirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirishi maqsadli
yo‘nalish bo‘ladi:
• qishloqlardagi turistik resurslarning ro‘yxatini olish, ulardan
ichki va xalqaro turizmda foydalanish darajalari, tavsiflarini ishlab
chiqish;
• qishloq turizmida atrof-muhitni muhofaza qilishda
ekoturizmni rivojlantirish dasturlarini yaratish;
• qishloqlarda yetishtirilayotgan va ishlab chiqarilayotgan
mahalliy mahsulotlarning sifatini ko‘tarish va iste’molchini taklif
qilish;
• qishloq turizmida marketingni tashkil qilish va talab-taklif-
iste’molchi tizimidagi ishlarning strategik rejalarini ishlab chiqish
va amalga oshirish;
• qishloq turizmining infratuzilmalarini yaratish usullarini
ishlab chiqish va qishloq turizmi infratuzilmalarini yaratish.
Mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirishning strategik
dasturini ishlab chiqish hozircha ancha murakkab hisoblanadi.
Chunki, qayd qilganimizdek, bu sohada keng ko‘lamli tadqiqotlar
boshlanganicha yo‘q. Lekin, O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining vatanimizda turizmni rivojlantirish
to‘g‘risidagi farmonlari va qarorlari asosida qishloq turizmini
rivojlantirishning strategik dasturini dastlab loyiha variantlarda
ishlab chiqishni boshlashimiz lozim bo‘ladi.
Mamlakatimizda birinchi navbatda qishloq turizmini
rivojlantirishda davlat dasturi ishlab chiqilishi talab qilinadi,
ikkinchi talab esa strategik reja yaratishdir. Qishloq turizmini
rivojlantirish rejasi, davlat dasturi, boshqaruv tarkibi, moliyalash
tizimi, qishloqlardagi imkoniyatlar, qishloqlardagi turistik
resurslar, qishloq aholisining qishloqlarga turistlarning tashrifi
haqidagi munosabatlari, qishloq ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga
ta’siri, qishloq tabiiy resurslariga ta’siri haqida davlat ommaviy
nashrlarida respublikamizning olimlari, mutaxassislari, ijtimoiy-
iqtisodiy sohalar mutaxassislari doimo ilmiy ommabop maqolalar
bilan chiqishlari maqsadli bo‘ladi. Ikkinchidan, mamlakatimizda
qishloq turizmini rivojlantirish masalalari, muammolari va ularning
yechimlari haqida yengil o‘qiladigan va yengil tushuniladigan
o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop qilib, qishloqlar aholisiga bepul
tarqatilishi kutiladigan natijalarni beradi.
O‘zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish naqadar
foydaliligi va hozirgi erkin bozor ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarining
bajarilishida davlatimizning iqtisodiy siyosatiga mos kelishi
quyidagi tahlillardan ham tushunib olish mumkin. Mamlakatimizda
qishloq turizmini rivojlantirish asosida qishloqlarimizdagi mavjud
ishsizlikni yechish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqishni
ko‘paytirish va sifatini oshirish, qishloqlarning iqtisodini ko‘tarish,
savdoni tashkil qilish, milliy ishlab chiqarishni tashkil qilish,
xalqaro hamdo‘stlikni kuchaytirish kabi muhim masalalarda katta
yutuqlarga erishishimiz mumkin.
Ikkinchidan, shaharlarimizda yashayotgan aholining dam
olishini tashkil qilish, shaharliklarni qishloqlar bilan bog‘lash,
ularning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qishki mavsumga
g‘amlab olish sharoitlarini yaratish, ayniqsa shaharlik bolalarning
qishloqlarda hordiq chiqarishini, tabiat bag‘rida bo‘lib tabiatni
anglashni, ekologik ong, ekologik madaniyatni shakllantirishimiz
tabiatga mehr uyg‘otishimiz osonlashadi.
Uchinchidan, qishloq turizmini rivojlantirishda soliq
tushumlarining ko‘payishini ta’minlash va ushbu mablag‘lar
94
95
asosida qishloq joylarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish
imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
To‘rtinchidan, qishloq turizmini rivojlantirish asosida
qishloq tabiatini muhofaza qilish, tarixiy obidalarni muhofaza
qilish, ta’mirlash, muqaddas ziyoratgohlarni obod qilish va
ko‘kalamzorlashtirish, ulardan xalqimizning erkin foydalanishini
ta’minlash masalalari hal bo‘ladi.
Beshinchidan, jahon xalqlari qishloqlarimizda saqlanib
qolingan va mustaqilligimiz tufayli tobora sayqallanib borayotgan
milliy merosimiz, milliy san’atimiz va madaniyatimiz bilan
yaqindan tanishadi. Eng muhimi, O‘zbekistonning Birinchi
Prezidenti I.A.Karimovning qishloq hayotini tubdan o‘zgartirishga
qaratilgan farmon va qarorlari, «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi
yili», «Obod turmush yili» davlat dasturlaridagi rejalarning amalga
oshishi kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |