82
83
Uchinchi (3-iqtisodiy mintaqa) zonada Baday-to‘qay xalqaro
biosfera rezervatida mahalliy aholining kichik qishloqlari yoki
alohida uylari ham joylashgan. Bu aholi asosan qo‘riqxona
muhofazasiga jalb qilingan. Shuningdek, ushbu aholining xo‘jalik
faoliyatiga ham shaxsiy chorvasini ham yashash joyi atroflarida
boqishga ham ruxsat berilgan.
Biosfera rezervatidagi o‘rmonlarni kesish, belgilangan joydan
boshqa joylarda yerni qo‘shib olish yoki o‘zlashtirish, foydalanishga
ruxsat berilmaydi.
Turizmda, rekreatsiyada foydalanishga qisman
ruxsat berilgan. Kelgusida Baday-to‘qay biosfera rezervatidagi
istiqbolliy bunday tajribani boshqa qo‘riqxonalarimizda ham
qo‘llash istiqbollari mavjud.
O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning maqsadi va
vazifalarini amalga oshirishda ekoturizmni rivojlantirishda xalqaro
modellarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llashdagi tadqiqotlarning
natijalarini tahlil qilish natijasida quyidagi istiqbolli yo‘nalishlarni
belgilash mumkin:
1. Ekoturizmni vatanimizda rivojlantirishda birinchi navbatda
ekoturizmni rivojlantirishda xalqaro
modellarning tavsif va
ta’riflarini, bu modellarning maqsadi va vazifalarini, modellar
bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni batafsil o‘rganish talab
qilinadi.
2. Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishda xalqaro
ekologik modellarni qo‘llash obyektlari mufassal o‘rganilishi
lozim bo‘ladi.
3. Alohida muhofaza qilinadigan hududlar va tabiat
qo‘riqxonalari, milliy bog‘lardan ekoturizmni rivojlantirishda
foydalanishning huquqiy va me’yoriy hujjatlarini
davlat miqyosida
ishlab chiqish talab qilinadi.
4. Ekoturizmni rivojlantirishda mamlakatimizning ekoturistik
resurslari va obyektlari xalqaro hamda ichki turizm bo‘yicha
darajalarga bo‘linishi, bu obyektlarning ekoturizmda foydalanish
imkoniyatlari o‘rganiladi.
5. Ekoturizmni rivojlantirishdagi eng muhim masalalardan
biri – ekologik turizm resurslari madaniy markazlardan ancha
uzoq masofalarda joylashganligi sababli bu maskanlarda turistik
infratuzilmalarning tashkil etilmaganligi hisoblanadi. Shuning
uchun ham birinchi navbatdagi vazifalardan biri –
alohida
muhofazadagi hududlar, davlat tabiat qo‘riqxonalari va milliy
bog‘larimizda ekoturistlarga infratuzilma tizimini va xizmatlarini
tashkil qilishimiz ekoturizmni rivojlantirishdagi birinchi masala
hisoblanadi.
6. Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirish dolzarb
masalalardan ekanligi va bu istiqbolli yo‘nalishda ekoturizmni
rivojlantirishning xalqaro modellarini qo‘llashning reklamalarini
ishlab chiqish hamda xalqaro va ichki turizm
bozorlariga chiqarish
kutilgan natijalarni beradi.
7. Ekoturizmni rivojlantirishda yana bir muhim masalalardan
biri shundan iboratki, turizm boshqaruvida O‘zbekistonda turizmni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning viloyatlardagi mintaqaviy
bo‘limlarida, ekskursiya sayohat byurolarida «Ekoturizmni
tashkil qilish va boshqarish tizimi»ni tashkil qilish tuzilmalari
shakllantirilishi zarur bo‘ladi.
8. Istiqbolda ekoturizmni rivojlantirishdagi yana bir dolzarb
masalalardan biri – barcha viloyatlarimizda
aholining qiziqishini,
tadbirkorligini va tashabbuskorligini tashkil qilish, aholining
ijtimoiy va iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlovchi imtiyozli davlat
qarorlarini ishlab chiqish talab qilinadi.
9. Ekoturizmni rivojlantirishdagi eng muhim muammolardan
biri bo‘lgan yana bir masala shundan iboratki, ekoturizmni
harakatga keltiruvchi ixtisoslashgan maxsus
turistik firmalar yoki
turistik tashkilotlar hanuzgacha tashkil qilinmayapti. Shuning
uchun ham mamlakatimizning barcha viloyatlarida ekoturizmni
tashkil qiluvchi va ekoturistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi turistik
firmalar tashkil qilish ekoturizmni rivojlantirishda shu kunning
vazifalaridan hisoblanadi.
10. Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishda ruxsat
berilgan ekoturizm resurslariga turistik marshrutlar ishlab chiqishni
84
85
yo‘lga qo‘yish va bu turistik marshrutlarning
reklamasini xalqaro
va ichki turizm bozoriga chiqarish.
11. Mamlakatimizda xalqaro va ichki ekoturizmni rivojlantirish
ishlarini jadallashtirish. Bu yo‘nalishda xalqaro ekoturizm va
ichki ekoturizmni rivojlantirishga ixtisoslashgan turistik firmalarni
tashkil qilish.
12. Qishloqlarimizda ekoturizmni qishloq turizmi, rekreatsiya
turizmi, ziyorat turizmi va sport turizmlari bilan bog‘langan holda,
majmuali tashkil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: