Psixografik segmentatsiya u yoki bu iste’molchilar guruhining tovarga nisbatan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’sirotini aniqlashga asoslanadi. Lekin odamlarning shaxsiy xususiyatlari bozor tahlilida muhim omil bo‘la turib, o‘zicha bozor segmentini boshqa omillarga bog‘liq bo‘lmagan holda tanlash uchun yetarli darajada asoslangan belgi bo‘lib xizmat qila olmaydi.
Bozorni axloqiy (o‘zini tutish) bo‘yicha segmentatsiya qilish psixografik segmentatsiyaning xususiy hodisasi sifatida qaraladi. Odatda, mazkur mahsulotga eng ko‘p muhtoj bo‘lgan iste’molchilar nisbatan katta bo‘lmagan guruhini tashkil qiladilar, lekin bozorga kelib tushadigan mahsulotning ko‘proq qismini sotib oladilar.
Bozorni segmentlarga ajratish bo‘yicha korxonaning amaliy faoliyati quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
1. Segmentatsiya tamoyillarini aniqlash (tiplarni, segmentatsiya belgilaridagi ustunliklarni, segmentatsiyalarni baholash mezonlarini).
2. Profillar, diagrammalar, matritsalar tuzish, ya’ni tanlangan segmentatsiya tamoyillarini aks ettirishning muayyan makon modeliga mos holda bozorni bo‘laklarga ajratish.
3. Hosil bo‘lgan segmentlarning jozibaligi darajasini tanlangan mezonlari yordamida baholash.
4. Bozorning bitta yoki bir nechta segmentlariga o‘zining tovarlari (xizmatlari) va siljitish vositalari bilan chiqish imkoniyatini tanlash.
5. Bozorning har bitta tanlangan bozor segmentida tovar (xizmat)ni mavqelashtirish haqidagi qaror.
6. Har bir maqsadli segment uchun marketing strategiyasini ishlab chiqish.
Nemis marketologi G.G.Lettau tomonidan bozor segmentatsiyasi uchun taklif etilgan mezonlardan foydalanamiz. U 8-jadvalda keltirilgan:
8-jadval Bozor segmentatsiyasi
Geografik (regional)
Firma-demografik
Tarmoqli
Texnik-amaliy
Geografik (regional)
Ijtimoiy-demografik
Ijtimoiy-iqtisodiy
Iste’mol turiga mo‘ljallangan
Yakka iste’molchi yoki foydalanuvchiga sotishga mo‘ljallanganlik
Ommaviy kommunikatsiya vositalariga mo‘ljallangan
Psixologik
«Hayot tarzi»ga mo‘ljallangan
Tanlangan bozor strategiyasi
Mahsulot bilan belgilanadigan
Narxlarga mo‘ljallangan
Sifatga mo‘ljallangan
Sotish strategiyasi bilan belgilanadigan
Mohiyatiga ko‘ra, bu yerda biroz niqoblangan ko‘rinishda segmentatsiyaning ikki guruhi mavjud - birinchisi, tovarning xususiyati muayyan iste’molchilar guruhlari uchun mo‘ljallanganligi bo‘yicha va ikkinchisi - iste’molchilarning turlari bo‘yicha segayentatsiyalash. Mamlakatimizdagi amaliyotga tadbiq etilganda korxonalarga sotish uchun mo‘ljallangan bozor segmentatsiyalari chizma ko‘rinishida yuqoridagicha tasvirlanishi mumkin.