Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi



Download 1,52 Mb.
bet63/236
Sana05.04.2023
Hajmi1,52 Mb.
#924905
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   236
Bog'liq
Маркетинг-2020

«Kurs bo‘yicha borish» — o‘zining yechimlarini raqiblar yechimi bilan moslashtirgan, kunikuv xatti-harakatni tanlagan, bozorning katta bo‘lmagan qismida faoliyat olib boruvchi raqobatchining strategiyasidir. Bunday firmalar «tinch birga yashash» va bozorni oldindan belgilab o‘ylab bo‘lib olish maqsadini ko‘zlaydilar.
«O‘rab olish» — yetakchining zaif joylarini bilib olish asosida mos ustunlikni jamlab, shu bilan raqobatchining turli tomonlaridan o‘tishga shartsharoit yaratish.
«Manfaatli maydonlarga kuchlarni to‘plash» — faoliyat hajmi katta bo‘lmagan firma o‘zining xabardorligini yaxshiroq ro‘yobga chiqarishi yoki asosiy raqobatchilar bilan to‘qnashuvdan saqlanib qolishi mumkin.
«O‘rinni saqlash» — raqobatchilarning e’tiborini olmagan bozor faoliyatida doimiylikni saklash.
«Aylanib chiqish» — raqobatchilar bilan to‘g‘ri to‘qnashuvdan saqlanish. Shu bilan birga firma raqobatga chidamagan tovarlarni ishlab chiqarib servis xizmatlarini yaxshilamay, raqobatchilar nuqtai nazaridan jozibasiz bo‘lgan sotish kanallari va rag‘batlantirishdan foydalanish va boshqalar.
Marketingning funksional strategiyasiga birinchi navbatda maqsadli bozor strategiyasi, segmentatsiya va mavqelashtirish kiradi. Maqsadli bozor — bu aniq bozor, unda firma marketing imkoniyatlarini to‘laroq ro‘yobga chiqarish uchun o‘zining faoliyatini tashkil etadi. Maqsadli bozorlarni aniqlash jarayoni amaliy marketingda eng mas’uliyatli payt hisoblanadi. Bu yerda uchta yondashish aniqlangan: ommaviy, differensiallashgan va konsentrlashgan.
Ommaviy marketing hamma iste’molchilarning umumiy ehtiyojlarini afzal ko‘rgan holda butun bozor ahvolidan xabardorlikni uyushtiradi va bu borada kuchini ommaviy talabli bo‘lgan tovarlar sotish hajmini ko‘paytirishga qaratadi. Bu yerda potensial iste’molchilarning ahamiyatli sonini jalb qilishga qaratilgan marketing strategiyalari ishlab chiqiladi. Chuqur marketing izlanishlarini olib borish zarurati yo‘qolgani sababli marketingga bo‘lgan harajatlar ham nisbatan kam bo‘ladi. Bir vaqtlar McDonald's hammaga bir xil yoqishiga umid qilib, barcha bozorlar uchun bir xil gamburgerlar ishlab chiqarar edi. Buning yaxshi tomonlari ular eng kam harajat va past narxlar bo‘lishiga olib keladi va eng katta qulay bozorning vujudga kelishiga olib keladi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish