1. Tovar harakati deb nimaga aytiladi?
a) ishlab chiqarilgan tovarlarni iste’molchilarga yetkazib berish faoliyatidir.
b) tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchilarga bo‘lgan makon va zamonda tovar harakatini amalga oshirish va mulk huquqini o‘z zimmasiga oladigan tashkilotlar, korxonalar, shaxslar to‘plami.
c) tovarlarning ishlab chiqarilgan joydan iste’mol qilinadigan joygacha jismoniy harakati bo‘lib, ularni joylashtirish, saqlash, jo‘natish, tashish, yuklash, tushirish, zahiralarini shakllantirish jarayonidir.
d) tovar haqidagi ma’lumotlarni iste’molchilarga yetkazish va singdirish, iste’molchilar bilan aloqa o‘rnatish faoliyatidir.
2. Tovar harakati tizimining boshlang‘ich bosqichi nima hisoblanadi?
a) tovar zahirasi hosil qilish.
b) tovarlarni omborlashtirish.
c) tovarlarni tashish.
d) buyurtmalarga ishlov berish.
3. Mahsulot transportirovkasida pirovard iste’molchi uchun eng qulay bo‘lgan transport vositasi qaysi?
a) suv transporti.
b) temir yo‘l transporti.
c) avtomobil transporti.
d) havo transporti.
4. Ulgurji savdoning vazifalarini tanlang.
a) aholiga keng assortimentdagi tovarlarni taklif etish va savdo xizmati ko‘rsatish.
b) chakana savdoga ishlab chiqarish korxonalarining tor assortimentini kengaytirib taklif etadi.
c) ishlab chiqaruvchi va chakana sotuvchilarga logistik servis ko‘rsatish.
d) ishlab chiqarishni uzluksizligini ta’minlash.
5. Chakana savdo deb nimaga aytiladi?
a) iste’molchilarning pul daromadlariga ayirboshlash yo‘li bilan tovar sotish va xizmat ko‘rsatishdagi oxirgi bo‘g‘in.
b) tovarlarni sotib oladigan, saqlaydigan, ularni savdoga chiqaradigan yoki boshqa korxonalarga sotadigan faoliyat turi.
c) tovarlarni sotishga, bitim tuzishga ko‘maklashadigan vositachilik turi.
d) iste’mol tovarlarini davlat muassasalari, tashkilot va korxonalarga sotadigan faoliyat turi.
6. Sotishni rag‘batlantirishning vazifasi nimadan iborat?
a) tovar sotish hajmini oshirish, foydani ko‘paytirish, tovar aylanishini tezlashtirish, korxona brendining mashhurligini oshirish.
b) mazkur tovarning keyingi harid qilinishiga, katta partiyalarni sotib olishga, firma va haridor o‘rtasida muntazam tijorat aloqalarini rag‘batlantirishga qaratilgan.
c) tovar ishlab chiqarishni rivojlantirish, sotishni tezlashtirish, mijozlarga kafolatlar berish orqali servis ko‘rsatishni tashkil qilish.
d) korxonaning bozor ulushini oshirish, bozorni keng qamrab olish, tovar sotishni oshirish, tovar aylanishini tezlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |