REJA: - Publisistik uslub - OAV tili
- Publisistik janrlar
- Publisistik uslubda gazeta tilining o`ziga xos o`rni va xususiyatlari
Publitsistik uslub - Davrning eng muhim, dolzarb masalalari o`quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazetajurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilar ning ongiga atrofda sodir bo`layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
- Ommaviy axborot vositalarida (gazetajurnal, radio, televideniye), Oliy majlis yig`inlarida, turli xil anjumanlarda qo`llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi.
Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton - Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton
Va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayot gan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir. Publitsistik uslub ikki xil shaklda namoyon bo`ladi: Ayrim hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik hikoyalar, romandan parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qo`shilib ketadi. Ommabop uslub kundalik Ayrim hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik hikoyalar, romandan parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qo`shilib ketadi. Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot ko`zgusidir. Ommabop uslubni shakllantiruvchivositalar ijtimoiysiyosiy atama va birikmalardan iborat o`ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi va b. Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir. Publitsistik uslubning o`ziga xos xususiyati -muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo`lish, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so`zlar ko`proq qo`llaniladi. Tilshunoslik va jurnalistikada "publisistika janrlari", "gazeta janrlari" terminlari hozirgi vaqtda kam ishlatilmoqda. Adabiyotshunoslikda ham "publisistika janrlari" terminining qo`llanishi mustahkam o`rnini egallagan. - Tilshunoslik va jurnalistikada "publisistika janrlari", "gazeta janrlari" terminlari hozirgi vaqtda kam ishlatilmoqda. Adabiyotshunoslikda ham "publisistika janrlari" terminining qo`llanishi mustahkam o`rnini egallagan.
Lekin o`zbek tilshunosligida "gazeta janrlari" termini hozirgacha o`zining aniq ifodasini, obyektini topgan emas, u "publisistika janrlari" termini bilan birga parallel qo`llanmoqda. Yana bir muammo shundaki, gazeta materiallari janrlar bo`yicha aniq o`z tasnifiga ega emas. O`zbek tilshunosligi va jurnalistikasidagi mavjud adabiyotlarda ular turlicha miqdorda umumiy tarzda sanaladi, xolos. Gazeta materiallarini janrlar bo`yicha guruhlarga ajratish e’tibordan hamon chetda qolib kelmoqda. - Lekin o`zbek tilshunosligida "gazeta janrlari" termini hozirgacha o`zining aniq ifodasini, obyektini topgan emas, u "publisistika janrlari" termini bilan birga parallel qo`llanmoqda. Yana bir muammo shundaki, gazeta materiallari janrlar bo`yicha aniq o`z tasnifiga ega emas. O`zbek tilshunosligi va jurnalistikasidagi mavjud adabiyotlarda ular turlicha miqdorda umumiy tarzda sanaladi, xolos. Gazeta materiallarini janrlar bo`yicha guruhlarga ajratish e’tibordan hamon chetda qolib kelmoqda.
A.Abdusaidov tadqiqotlarida gazeta tili quyidagicha tasnif asosida o`rganilgan: - 1. xronika-xabar, axborot-xabar, tanqidiy yoki satirik xabar, maxsus sarlavhalar ostidagi qisqa xabarlar, kengaytirilgan xabarlar.
- 2. Reportaj: shu kungi voqealar haqidagi reportaj, mavzuli reportaj, muammoli reportaj.
- 3. Hisobot: oddiy hisobot, tahliliy hisobot, mavzuli hisobot, muammoli hisobot, ilmiy hisobot, sud hisoboti, rasmiy voqyealar haqidagi hisobot.
- 4.Intervyu: intervyu-monolog, intervyu-dialog, intervyu-lavha, portret-intervyu, davra-suhbat, matbuot konferensiyasi .
E’tiboringiz uchun rahmat! - E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |