1-Topshiriq:
Uyali aloqa operatori Beeline, Ucell, UMS, Perfectum, Uzmobile uchun “tovar-bozor” matritsasi bo‘yicha imkoniyatlarni shakllantiring.
Bozor / Tovar
|
Mavjud
|
Yangi
|
Mavjud
|
1. Bozorga chuqurroq kirish strategiyasi
|
3. Diversifikatsiya
|
Yangi
|
2. Tovarni rivojlantirish strategiyasi
|
4. Innovatsiya
|
Bozorga chuqurroq kirish – raqobatchilardan mijozlarni jalb qilish va takror sotib olishni oshirish, mavjud bozorda tovar taqsimotini kengaytirishni nazarda tutadi.
Tovarni rivojlantirish - mavjud bozorda mahsulot modifikatsiyalari, sifatni yaxshilash, servisni rivojlanishi, shuningdek savdo markasining rivojlanishidir.
Diversifikatsiya - turli xil foyda olish manbalarini yaratishdir.
Innovatsiya - yangi bozor uchun yangi mahsulotni yaratish, bo’sh bozor nishasini to’ldirish.
2-Topshiriq:
Quyidagi keltirilgan ma’lumotlar asosida “Asl Nafis” MCHJning tovar siyosatini ishlab chiqishda BKG strategik matritsasidan foydalang. Quyidagi savollarga javob bering.
1. Qaysi tovar ishlab chiqarishdan olib tashlanishi kerak?
2. Qaysi tovarni ishlab chiqarish uchun investorlik qilish kerak?
3. Investitsiyalarni jalb qilish uchun qaysi tovarning foydasidan foydalaniladi?
|
Tovarlarning nomi
|
2016 yilda sotuv hajmining oshishi, ming dona
|
2017 yilda sotuv hajmining oshishi, ming dona
|
Sotuv hajmining o‘sish sur’ati, %
|
Umumiy sotuv hajmidagi ulushi, %
|
1
|
Sho‘rva vazasi
|
60
|
145
|
|
|
2
|
Piyola
|
590
|
750
|
|
|
3
|
Likopcha
|
260
|
460
|
|
|
4
|
Taqsimcha
|
115
|
80
|
|
|
5
|
Kosa
|
550
|
580
|
|
|
6
|
Choynak
|
470
|
710
|
|
|
7
|
Salatdon
|
65
|
155
|
|
|
8
|
Serviz
|
700
|
750
|
|
|
9
|
Sapol idishlar
|
90
|
200
|
|
|
10
|
Sharbat idishi
|
100
|
70
|
|
|
|
Jami
|
|
|
|
|
3-Topshiriq:
Porterning strategik modeli quyidagi muqobil strategiyalarga asoslangan: harajatlar bo‘yicha ustunlik, bozorda mahsulot differensiatsiya va konsentratsiyasi. Ularning har biriga keng miqyosda berilgan tavsiflarni aniqlang.
1 ? – bu strategiya ishlab chiqarishning strategik konsepsiyasiga mos keladi. Ushbu strategiyani amalga oshirish minimal harajatlar va jozibador narxlar yaratish yo‘li bilan sotish hajmining o‘sishini ta’minlaydi.
2 ? - noyoblik, ishonchlik, sifat, innovatsion jihatlari, savdo markasi, dizayn yordami bilan bozorda tovar taklifini amalga oshirilishi.
3 ? – muayyan kompaniya qulay joyni band qilishda bozorni bir qismini yoki mahsulot tanlovi asosida ish ko‘radi. Tovar konsentratsiyasi yoki segmentga yo‘naltirilgan. Bozorda o‘xshash tovarlar o‘rtasida kuchli raqobat (B&B bozori bilan tavsiflanadi) mavjud.
4-Topshiriq:
“Artel” kompaniyasining maishiy elektr tovarlar ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyat turlari portfeli besh turdagi biznes yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Quyidagi jadvalda “Artel” kompaniyasining sotish hajmi va raqobatchilar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |