Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


-mavzu (6-soat): Tovar siyosati



Download 1,52 Mb.
bet91/236
Sana05.04.2023
Hajmi1,52 Mb.
#924905
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   236
Bog'liq
Маркетинг-2020

9-mavzu (6-soat): Tovar siyosati


19-ma’ruza: Marketingda tovar siyosatini shakllantirish
Ma’ruzaning rejasi:

1. Marketingda tovar tushunchasi va klassifikatsiyasi.


2. Tovar assortimenti, uning ko‘rsatkichlari.
3. Tovarlar guruhlari va turkumlari.


1. Marketingda tovar tushunchasi va klassifikatsiyasi
Oddiy bozorda tovar ishlab chiaruvchi korxonaning bozor va butun xo‘jalik siyosati bo‘yicha taqdirini belgilaydi. Shu sababli ham tovarni yaratish, ishlab chiqarish, takomillashtirish, sotish, sotilgandan keyingi xizmat ko‘rsatish, reklama tadbirlarini ishlab chiqish, shubhasiz, tovar ishlab chiqaruvchining butun faoliyatida markaziy o‘rinni egallaydi. Mana shu kompleks tadbirlar tovar siyosati deb ataladi. Aynan shu sababli, ishlab chiqaruvchida iste’molga qaratilgan sifatli tovar bo‘lmasa, unda hech narsa yo‘q! – bu marketingning qat’iy qoidasi hisoblanadi.
Tovar – butun marketing kompleksining asosidir. Agar tovar haridorning talabini qondirmasa, u holda marketing tadbirlari uchun hech qanday qo‘shimcha harajatlar raqobatli bozorda uning mavqeini yaxshilay olmaydi. Endi esa marketingda tovar qanday ta’riflanishini keltiramiz.
Tovar deb ma’lum bir ehtiyojni qondirish maqsadida bozorga sotib olish, foydalanish va iste’mol qilish uchun taklif etilayotgan mahsulot tushuniladi. Mahsulotga narx belgilanishi va bozorga taklif etilishi bilanoq tovarga aylanadi. Shuning uchun ham «tovar» atamasi «mahsulot» atamasi bilan teng ma’noda ishlatiladi.
Marketing nuqtai nazaridan tovar ma’lum bir iste’mol qiymatga ega bo‘lishi kerak. Tovarning iste’mol qiymati esa, inson ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan xususiyatlarining majmuidan tashkil topadi.
Amerikaning taniqli olimi, marketolog F.Kotlerning (F.Kotler. Osnovi marketinga. – M., 1990) tasnifiga ko‘ra tovarning uch darajasi mavjud (20-chizma).



20-chizma. Kotler bo‘yicha tovarning uch darajsi
F. Kotler bo‘yicha tovarning uch darajasini o‘rganib quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
1. Tovarni yaratish g‘oyadan boshlanadi. Bu g‘oyada yaratiladigan tovar iste’molchining qanday muammosini hal qilishi va undan qanday asosiy foyda olinishi o‘z aksini topadi.
2. Tovarning texnik tasnifi, dizayni, narxi, o‘rab-joylanishi, sifati, markasi qanday bo‘lishi, ya’ni real bajarilishini o‘ylab ko‘rish zarur hisoblanadi.
3. Tovarni sotish, yetkazib berish va o‘rnatish, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish, kafolatlar, kreditlash, rag‘batlantirish, ya’ni tovarni qo‘llab-quvvatlovchi omillar haqida ham o‘ylash kerak bo‘ladi.
Tovar yaratishdagi yana bir muhim qoida shundan iboratki, tovarni loyihalashtirish «o‘rtastatistik» iste’molchilarga emas, balki potensial iste’molchilarga mo‘ljallab loyihalashtirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Tovarlarga baho berishda uning sifati asosiy o‘rinda turadi. Tovarning sifati – maqsadiga ko‘ra bu iste’molchilarning talabini qondirishi mumkin bo‘lgan foydali xususiyatlarning majmuidan iboratdir.
Quyidagi 21-chizmada tovarning sifatini ifodalovchi aynan shu xususiyatlar ko‘rsatilgan.


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish