6. Sotishni rag‘batlantirish – bu ... a) tovar sotishni tezlashtirish uchun tashkil etiladigan maxsus ko‘rgazma va yarmarkalar.
b) ma’lum bir muddatda sotish hajmini oshirish maqsadida turli rag‘batlantirish vositalaridan foydalanish hisoblanadi.
c) iste’molchilarga tovar sotishni tezlashtirish uchun qo‘shimcha servis, sotuvdan keyingi servisni tashkil etish.
d) yilning turli mavsumiy vaqtlarida tashkil etiladigan maxsus tadbirlar majmui.
7. Siljitish tizimida marketing kommunikatsiyalarini amalga oshirish turlari qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? a) to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita.
b) shaxsiy va noshaxsiy.
c) bilvosita, shaxsiy.
d) to‘g‘ridan-to‘g‘ri
8. PRning asosiy maqsadi nimadan iborat? a) jamoatchilik bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish
b) sotishni tashkil etish
c) tovar va xizmatlar haqida axborot berish
d) ommani yig‘ish va fikrini o‘rganish
9. PRda seminarlar va simpozumlar, auksionlar, prezentatsiyalar, ochiq eshiklar kuni, rassomchilik ko‘rgazmalari, bayramlar, yubileylar, modalar namoyishi, konsert dasturlari qanday amalga oshiriladi? a) maqsadli auditoriyalar orqali
b) davlat organlari orqali
c) jamoatchilik tashkilotlari orqali
d) ommaviy axborot vositalari orqali
10. PRda brifinglar, press-konferensiyalar o‘tkazish, prezentatsiyalar tashkil qilish qanday amalga oshiriladi? a) ommaviy axborot vositalari orqali
b) maqsadli auditoriyalar orqali
c) davlat organlari orqali
d) jamoatchilik tashkilotlari orqali
12.2-amaliy mashg‘ulot: Marketing kommunikatsiyasu kompleksi
Amaliy mashg‘ulot uchun reja-topshiriq:
12.2.1. Reklama haqida tushuncha.
12.2.2. Reklamani tarqatish vositalari.
12.2.3. Reklama samaradorligini aniqlash.
Amaliy mashg‘ulot darsida muhokama uchun savollar: Reklamaning maqsad va vazifalarini aytib bering.
Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda reklamaning rivojlanish xususiyatlarini tavsiflab bering.
Reklama vositalarining turlarini sanab bering va respublika iqtisodiyotida ularning qo‘llanilishiga doir misollar keltiring.
Reklama dasturini ishlab chiqish ketma-ketligini keltiring.
Milliy va xorijiy kompaniyalarning sizning nazaringizda muvaffaqiyatli bo‘lgan reklama murojaatlarini ayting.
Mahalliy korxonalarimizning bir nechta reklama e’lonlari matnini o‘rganing, mazmunini tavsiflang.
Mahalliy korxonalarimiz foydalanayotgan bosma reklama vositasining tavsifini keltiring.
Radio reklamaning afzallik va kamchiliklarini aytib bering.
Mehmondo‘stlik industriyasida qanday reklama suvenirlaridan foydalaniladi?
Sizning shaharingizda joylashgan mehmonxona va restoranlarning reklama shitlarini tahlil qiling.
AMALIY TOPSHIRIQLAR: 1-Topshiriq Tashkilot foydasining o‘sishi 1230 ming so‘mni tashkil qildi. Reklama harajatlari quyidagi tartibda amalga oshirildi. Matbuotda reklamani joylashtirish 1 sm2 gazeta maydoni– 198 so‘m; reklama maydoni 120 sm2. Televizion reklama: 1 minut efir uchun– 7500 so‘m. Efir 5 kun mobaynida 4 minutdan uzatildi. Pochta reklamasi: 100 000 reklama varaqalari tayyorlanib jo‘natildi: tayyorlash– 0,1 so‘m/dona: jo‘natish– 6 so‘m/dona. Reklamaning samaradorligini aniqlang