6. Marketing tadqiqoti bosqichlarining ketma-ketlik darajasi aniq keltirilgan qatorni toping. a) tadqiqot konsepsiyasini ishlab chiqish, xulosa tayyorlash.
b) birlamchi axborotlarni yig‘ish va ularni tahlil qilish.
c) aholini guruhlarga bo‘lib o‘rganish va toifalarga ajratish.
d) muammoni aniqlash, tadqiqotni rejalashtirish, ikkilamchi va birlamchi axborotlarni olish, ma’lumotlarni kompleks tahlil qilish.
7. Marketing axborotlari hosil bo‘lish joyiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? a) hisobli va rejali.
b) birlamchi va ikkilamchi.
c) o‘zgaruvchi va o‘zgarmas.
d) ichki va tashqi.
8. Marketing axborotlari hosil bo‘lish davriga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? a) hisobli va rejali.
b) ichki va tashqi.
c) o‘zgaruvchi va o‘zgarmas.
d) birlamchi va ikkilamchi.
9. Ikkilamchi axborot – bu ... a) eksperimental tadqiqotlar natijasida olingan yangi ma’lumotlar.
b) korxonaning moliyaviy, buxgalteriya hisobotlari va bozordan to‘plangan ma’lumotlar yig‘indisi.
c) qachonlardir korxonada tadqiq qilinayotgan aniq muammo yechimi bilan bog‘liq bo‘lmagan qandaydir maqsadlar uchun kimdir tomonidan to‘plangan ma’lumotlar to‘plami.
d) aniq marketing muammosini yechish uchun maxsus dala tadqiqotlari natijasida hozirgina olingan ma’lumotlar yig‘indisidir.
10. Dala tadqiqotlari nima? a) Bozorni borib o‘z joyida o‘rganish.
b) Rasmiy bosilib chiqqan ma’lumotlardan foydalanish.
c) Tovarni sinash sharti bilan sotuvga chiqarish.
d) O‘zaro uchrashuvlar asosida to‘planadigan aborotlardan foydalanish.
5-amaliy mashg‘ulot (6 soat): Marketing tizimi va sohasi Amaliy mashg‘ulot uchun reja-topshiriq:
5.1. Marketing muhiti haqida tushuncha.
5.2. Marketingni ichki muhiti va unga ta’sir qiluvchi omillar.
5.3. Marketingni tashqi muhiti va unga ta’sir qiluvchi omillar.
5.4. Korxona marketing imkoniyatlarini aniqlash.
5.5. SWOT tahlilning mazmuni.
5.6. Marketing boshqaruvi va uni amalga oshirish tartibi.
Amaliy mashg‘ulot darsida muhokama uchun savollar: 1. Korxonaning ichki muhitini tahlil qilish qanaqa vazifalarni hal qiladi?
2. Korxona madaniyatini qanday mezonlar tavsiflaydi? Yuqori korporativ madaniyatli mahalliy korxonalarga misolar keltiring.
3. Qanday omillar tashqi muhitga tegishli?
4. Firma stili qanday marketing muhitiga tegishli? Aniq misollar keltiring.
5. Mahalliy korxonalarga qanday demografik o‘zgarishlar ta’sir etishi mumkin?
6. Korxona marketing faoliyatiga iqtisodiy omillar ta’sirini tushuntirib bering.
7. Korxonaning marketing imkoniyatlari qanday aniqlanadi?
AMALIY TOPSHIRIQLAR:
1-Topshiriq: Marketing tizimining rivojlanish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar ichki va tashqi omillarga ajratiladi. Quyida keltirilgan ko‘rsatkichlarni ichki va tashqi omillarga ajratib jadvalni to‘ldiring.
Firmaning moliyaviy imkoniyatlari;