Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


-chizma. Tovar harakati elementlarining umumiy harajatlardagi hissasining foizlardagi ifodasi



Download 0,95 Mb.
bet70/84
Sana31.03.2023
Hajmi0,95 Mb.
#923890
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

11-chizma. Tovar harakati elementlarining umumiy harajatlardagi hissasining foizlardagi ifodasi

Tovar harakati harajatlari bir-biri bilan teskari proporsional bog‘liqlikka egadir. Masalan, tovar-ekspeditsiya boshqaruvchisi tovarni ko‘pchilik hollarda samolyot bilan emas, arzon transport vositasi – temir yo‘l orqali jo‘natishga harakat qiladi. Bu albatta firmaning transport harajatlarini kamaytiradi. Lekin, mijozning yetkazib berilgan tovar uchun hisob-kitob ishlari uzoq muddatga cho‘ziladi va ikkinchidan bu holat mijozlarni tovar yetkazib berishning qisqa muddatini taklif etuvchi sub’ektlar bilan ishlashga majbur etadi. Yoinki, tovar zaxiralari xizmati boshqaruvchisi kam miqdordagi tovar zaxiralari bilan ishlashni afzal ko‘radi, chunki bunday yondashuv albatta tovar zaxiralarini saqlash bilan bog‘liq harajatlarni kamaytiradi. Lekin, bunday holatda mijoz so‘raganda tovar mavjud bo‘lmay qolish ehtimoli katta, ikkinchidan hujjatlarni rasmiylashtirish harajatlari oshib ketadi. Demak, bajarilmaydigan buyurtmalar sonining ortishi, firmaning o‘z mijozlaridan ajralib qolish xavfini keltirib chiqaradi.


Yuqorida keltirilgan fikrlardan shuni anglash mumkinki, tovar harakatini tashkil etish bilan bog‘liq faoliyat juda murakkab hisoblanadi va bu yerda biron bir qaror qabul qilganda ishni kelishuv asosida, sistemali yondashuv tamoyilidan foydalanib amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.


2.Tovarlarning tarqatish tarmoqlari xususiyatlari va ularni tuzilishi.

Tovarni iste’molchilarga yetkazib berishda har-xil tovarlar uchun, ba’zan marketing kanali deb ataladigan tovar tarqatish kanallari tipini tanlash muhim masalalardan biri hisoblanadi.


Tovar tarqatish kanallari deganda tovarlarni iste’molchilarning talabiga mos qilib tayyorlab berishda ishtirok etuvchi har xil tashkilotlar va ayrim olingan shaxslar tushuniladi. Tovar tarqatish kanallari quyidagi vazifalarni bajaradilar:

  1. Muomalaning oson yechimini topish uchun zarur bo‘ladigan axborotlarni yig‘ish va qayta ishlash.

  2. Tovar sotishni rag‘batlantirish.

  3. Potensial ahamiyatli tovar sotuvchilar bilan aloqalar o‘rnatish.

  4. Tovarlar assortimentini shakllantirish.

  5. Muzokaralar olib borish. Vositachilar bilan tovarlarning bahosi va boshqa masalalar haqida kelishish.

  6. Tovar harakatini oqilona tashkil etish.

  7. Kanallarning faoliyati uchun zarur bo‘ladigan moliyaviy resurslarni izlab topish.

  8. Kanalning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘ladigan hamma javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

Tovar tarqatish kanallari kanallar darajasi soni bilan harakterlanadi. Kanal darajasi-tovarni iste’molchiga yetkazib berish jarayonida ishtirok etuvchi va tovarga egalik qiluvchi har qanday vositachilar soni bilan aniqlanadi. Eng oddiy kanal bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing kanali hisoblanadi. Bunda tovar ishlab chiqaruvchidan vositachilar ishtirokisiz iste’molchiga sotiladi.
Quyidagi 11-chizmada tovar tarqatish kanallarida vositachilardan foydalanish zaruriyati asoslangan. Hatta ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar bir shaharda joylashgan taqdirda ham tovar sotishning samarali usulini vositachisiz tasavvur qilish qiyin. Keltirilgan 11-chizmadagi ma’lumotlardan shu narsa ko‘rinib turibdiki, agar 5 ta ishlab chiqaruvchi va 5 ta haridor mavjud bo‘lganda 25 ta o‘zaro aloqalar qilish kerak bo‘ladi. Agar bitta vositachidan foydalanilsa, unda o‘zaro aloqalar 10 tagacha qisqaradi (b).

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish