10-MAVZU. MARKETING TIZIMIDA NARX SIYOSATI (2-soat)
1. Narx tushunchasi va uning moxiyati.
2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari.
3. Tovarlarning yashash davri mobaynida narxlarning o’zgaruvchanligi.
1. Narx tushunchasi va uning moxiyati
Narx bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jixatdan olganda tovar kiymatining puldagi ifodasi, kiymatining bozordagi kurinishidir.
Narx bamisoli barometr kabi bozor xolatini kursatib turadi, narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yulikkan buladi, tovar nafsiz bo’lib, uni boshka tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga kuyiladi. Narxning iktisodiy mazmunini uning funksiyalari kursatib beradi. Narx nimaga tegishli bulishidan kat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:
bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi
xisob-kitob, ulchov funksiyasi
iktisodiy regulyator funksiyasi
rakobat vositasi funksiyasi
ijtimoiy ximoya funksiyasi
Bozor iktisodiyoti sharoitida narxning kuyidagi turlari mavjud:
demping narx
nufuzli narx
milliy narx
arzonlashtirilgan narx
jaxon narxi
yashirin narx
erkin narx
standart narx
kontrakt (ulgurji) narx
chakana narx
uzgaruvchan narx
limit narx
muvozanat narx
Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo uzgarib turish kobiliyatidir. Narxlar xech kachon sababsiz uzgarmaydi. Yukori narxlar esa yukori sifatli, yangi iste’mol kobiliyatiga ega bulgan tovarlarga urnatiladi. Narx darajasiga tovarning rakobatbardoshligi va bozordagi urni boglikdir.
Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini kupaytirish, kiska vakt ichida eng kup foyda olish, yukori foyda normasini uzok muddat saklab kolishdan iborat.
Birlamchi narxni aniklashga vakt buyicha narx darajasini anik xisoblash ta’sir kiladi. Bu xisoblash bozor segmentiga, tovarning yashash davriga, talab va taklifning potensial mikdoriga boglik buladi. Marketingda tovar siyosati ijtimoiy tovar ishlab chikarishning barcha bosqichlari, yangi ishlab chikarishning, taksimlashning, almashuv va iste’molchining uziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda yuritiladi.
Narx bajaradigan ba’zi bir vazifalarni kurib utamiz: avvalo narxlar ishlab chikarish va iste’moldagi o’zgarishlardan xabar beradi.
Narxlar fakat iste’moldagina emas, balki ishlab chikarishdagi o’zgarishlardan xam darak beradi.
Narxlarning boshka muxim vazifasi – ishlab chikaruvchilar va iste’molchilarni ragbatlantirishdir.
Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan maxsulot mikdorini kupaytirishgina emas, balki ishlab chikarishning eng tejamli usullarini ishlashni xam ragbatlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas boglik. Bu daromadlarnig taksimlanishiir. Tovar ishlab chikarish sharoitida xujalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular uz shaxsiy yoki ishlab chikarish iste’mollarini kuplab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita boglik buladi.
Narxlarning turtinchi vazifasi aloxida korxonalarga va xujalik soxalariga ishlab chikarish omillarini taksimlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |