Samarqand iqtisodiyot va servis instituti k. M. Ibodov



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/210
Sana24.06.2022
Hajmi2,98 Mb.
#700533
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   210
Bog'liq
Маркетинг дарслик Ибодов

Axborot uchrashuvi
– maqsadli auditoriya vakillarini turoperator faoliyatidan 
shunchaki xabardor etish maqsadida tashkil etiladi. Bunday uchrashuv chog‘ida turli 
korxona vakillari tomonidan yangiliklar ma’lum qilinadi, ammo muhokama etilmaydi. 
Faqat bitta masala uchrashuv mavzui bo‘lishi mumkin. 
Davra suhbati
– muhokama qilinishi talab etiladigan muammoning borligi bilan 
ajralib turadi va unda turli mutaxassislar va korxonalar vakillari bilan bir qatorda PR 
bo‘yicha mutaxassislar ham ishtirok etadi. 
Taqdimot 
– korxonaning muayyan maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini yoki u hal 
etish va muhokama qilish niyatida bo‘lgan muammoni yoritib berishdir. PR bo‘yicha 
mutaxassis taqdimot davomida hatto erkin muloqot chog‘ida ham o‘z materiallari 
uchun ma’lumot yig‘ishlari mumkin. 
Press-tur
– oldindan rejalashtirilgan va maqsadli auditoriya vakillari uchun 
maxsus mo‘ljallangan tadbir bo‘lib, u xolis chiqishlarni OAVda e’lon qilish uchun 
uyushtiriladi. Press-turlar bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin. 
Press-turni uyushtirish uchun turoperator bevosita ishtirok etadigan har qanday 
ahamiyatli voqea sabab bo‘lishi mumkin. 
Press-reliz (press-release)
– maqsadli auditoriya uchun tayyorlangan axborot 
bo‘lib, dolzarb mavzudagi, muhim yangilik yoki foydali ma’lumotdan iborat yoki 
aholi keng qatlami uchun mo‘ljallangan foydali xabar. Unda turoperatorning biror 
masala bo‘yicha nuqtai nazari bayon etiladi va matbuotda chop etish uchun yuboriladi. 
Odatda, korxonaning u yoki bu axborot sababiga javob ko‘rinishidagi rasmiy 
pozitsiyasi press-relizda aks ettiriladi. 
6.
Elektron biznes (E-business), elektron tijorat (E-commerce) va elektron 
marketing (E-marketing)
atamalari 1990 yillardan e’tiboran internetning 
tijoratlashuvi natijasida kirib keldi. Axborot texnologiyalarining jadal suratlar bilan 
rivojlanishi inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab oldi. Internetdan tijorat 
maqsadlarida foydalanish jahon bozorlarida iqtisodiy rivojlanishning yangi 
paradigmasini vujudga keltirdi. Elektron marketing jarayon sifatida bozor 
sub’ektlarining elektron muhitdagi marketing faoliyatidir. Biznes amaliyotda elektron 
marketing va Internet marketing aksariyat sinonim sifatida ishlatiladi. Ammo, elektron 
marketing bevosita Internet tarmog‘i orqali amalga oshganligi bois, bu xato 
hisoblanmaydi. Axborot texnologiyalari kompaniyalar faoliyatini tashkil etish, 


220 
boshqarish amaliyotini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Ular boshqaruv faoliyatidan tortib 
mahsulotni tarqatishgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi. Bundan tashqari, u 
mahsulotlar shaklini ham o‘zgartirib yuboradiki, tovar va xizmatlar o‘rtasidagi 
umumiy tafovutlar o‘zaro uyg‘unlashib, yo‘qolib ketadi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish