228
jarayonlarini boshqarish bilan bog‘liq alohida strategiyalar ishlab chiqilishi talab
etilmaydi.
O‘rinli savol tug‘iladi? Bu ta’minotchilar, iste’molchilar va haridorlar uchun
qanday naf keltirishi mumkin? Ta’minotchilar uchun integratsiyalashgan marketing
kommunikatsiyalari
iste’xmolchilarning
fikri,
xulq-atvori
haqidagi
tushunmovchiliklarni bartaraf etishga imkon beradi va potensial mijozlarni aniqlab
ular bilan aloqa o‘rnatishni ta’minlaydi. Iste’molchilar esa turli kommunikatsiya
vositalari orqali korxona va uning mahsulotlari, ta’minotchilari to‘g‘risida ishonchli
ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Integratsiyalashmagan marketing kommunikatsiyalari esa
reklama, sotishni rag‘batlantirish, pablik rileyshnz tadbirlarining turli yo‘nalishda
amalga oshirilganligi bois, o‘zaro uyg‘unlashmasligi mumkin.
Marketing
kommunikatsiyasi
vositalarining
integratsiyalashgan
holda
qo‘llanilishi bir necha yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1. Reklama agentliklari tashkil qilinib, uning tarkibiga mijozlar bilan ishlash
bo‘yicha menejerlar, tadqiqotchilar, reja bo‘limi xodimlari, ijodiy guruhlar, OAV
bo‘yicha mutaxassislar, nashriyotlar va buyurtma bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar
keng jalb qilinadi.
2. Sotish bo‘limlari nafaqat yakuniy iste’molchilarga, balki ulgurji savdo
korxonalarini ham qamrab olishga qaratilgan maxsus siljitish va sotish dasturlari ishlab
chiqiladi. Ya’ni chakana va ulgurji iste’molchilarga ta’sir qilishning integrallashgan
mexanizmi yaratiladi.
3. Direkt-marketingni joriy etish orqali marketing jarayoni tovarlarni yetkazib
berish va iste’molni qondirish bilan bog‘liq turli usullarning integrallashuvini
ta’minlaydi
va
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
marketing
munosabatlarining
o‘rnatilishini
rag‘batlantiradi.
4. O‘tkazilayotgan marketing tadbirlarining jamoatchilik bilan aloqalar,
marketing bo‘limlari, konsalting korxonalari va mustaqil tadqiqotchilar tomonidan
ishlab chiqilgan va tavsiya qilingan konsepsiyalarga uyg‘unlashtiriladi.
5. Tovarlarni siljitish, ishlab chiqarish, qadoqlash, taqdimotlar o‘tkazish, savdo
belgisi tufuzini oshirish va ijodiy guruhlar (qadoqlash va dizayni bo‘yicha
mudaxassislar, imijmeyker, brendmeykerlar va boshq.) faoliyatining umumiy
muammoni hal etish usun integrallashuvi ta’minlanadi.
Bularning barchasi marketing jarayonida ishtirok etayotgan turli manfaatli
guruhlar, bo‘lim va bo‘linmalar, Shuningdek, yuqori tashkilotlarning faoliyatini
integrallashtirishga xizmat qiladi [9,46-47].
Do'stlaringiz bilan baham: