3. Kattaqoʼrgʼon shahar hokimligi boshqaruv apparatining vazifalar
Shahar hokimi Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimligi qabul qilgan hujjatlar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari oʼrtasidagi aloqalarni, aholini shaharni boshqarishga jalb etishni taʼminlaydi;
- oʼziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy boʼlgan qarorlar qabul qiladi;
Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimligining hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari viloyat, shahar Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;
- jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bogʼliq chora-tadbirlar koʼradi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
Samarqand viloyat hokimligi bilan kelishilgan holda shahar hokimining oʼrinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qabul qilgan qarorlarini shahar Kengashining tasdigʼiga kiritadi;
- hokimlik tarkibiy boʼlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
- berilgan vakolatlari doirasida shahar tashkilotlari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va amaldagi tartibga asosan shahar Kengashi tasdigʼiga kiritadi. Shuningdek, tegishli boshqarma, korxona va tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlash boʼyicha viloyat idoralariga takliflar kiritadi;
- rahbarlari tegishli xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati tuzilmasi boʼlinmalarining ishini nazorat qiladi;
- xalq deputatlari shahar Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish toʼgʼrisida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
- davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;
- respublika va xorijda shaharning rasmiy vakili sifatida ish koʼradi;
- qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar boʼyicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsientlarni kiritadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |