Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 4,19 Mb.
bet12/19
Sana27.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#611792
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
2 5215581050427676356

Jaholatga qarshi ma’rifat.
Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb masalaga aylandi. Shu jumladan, bizning yurtimizda ham begunoh kishilarning qoni to’kilishi, obod joylar vayron bo’lishi, aholi o’rtasida vahima, parokandalik kelib chiqishining oldini olish maqsadida bu kabi ishlarni amalga oshirmoqchi bo’lganlarga qarshi qat’iy kurash olib borilmoqda. Bu kurashning mohiyati, jumladan, Prezidentimizning “Hozirgi vaqtda ko’z o’ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikasiya manzarasida chuqur o’zgarishlar ro’y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etmoqda”,- degan fikrlarida o’zining yorqin ifodasini topgan. Xo’sh, jaholatning o’zi nima? U qanday ko’rinishlarda namoyon bo’lmoqda? Jaholat – arabcha “jahila” fe’lining o’zagi bo’lib, bilmaslik ma’nosini anglatadi. Islom dinidan oldingi davrni “johiliyat davri” deb atalishining sababi ham shunda. Kishilar bilimsizligi, johilligi tufayli qiz bolalarni tiriklay ko’mganlar, ayollarni odam o’rnida ko’rmaganlar, ularning hyech qanday haq- huquqlari bo’lmagan, jamiyat jinoyat botqog’iga botgan zamon bo’lgan. Islom dini kelgach, jaholat o’rnini ma’rifat egalladi. U ayol-qizlar sha’nini ko’klarga ko’tardi, uch qiz tarbiyalab, ularni turmushga bergan ona jannatiy bo’lishi, jannat onalar oyog’i ostida ekanini baralla aytdi. Kishilar ma’rifatli bo’la boshladilar. Afsuski, bugungi kunda ham jaholat turli ko’rinishlarda o’zligini namoyon qilmoqda. Shulardan biri, diniy bilimsizlikdir. Diniy savodi past bo’lgan kishilar o’zlarini islom dinining jonkuyarlari qilib ko’rsatuvchi, aslida esa, hokimiyatni egallashni maqsad qilib qo’ygan turli oqim vakillarining quruq va’dalariga aldanib qolmoqdalar, hatto, o’zlarini qurbon qilishgacha yetib bormoqdalar. Bunday mudhish oqibatlarni keltirib chiqaruvchi bilimsizlikning oldini olishga davlatimiz katta e’tibor qaratayotganini ta’kidlash zarur. Haqiqiy diniy bilim olaman deganlarga keng imkoniyatlar yaratilgani – o’rta maxsus islom bilim yurtlari, Toshkent islom istituti va Toshkent islom universiteti kabi o’quv yurtlari faoliyat ko’rsatayotgani ham jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish borasida aniq amaliy ishlar qilinganining yorqin ifodasidir. Johillik ham mutaassib oqimlarning g’arazli niyatlarini amalga oshirishiga zamin yaratadigan omillardandir. Respublikamiz hududiga yashirin tarzda olib kirilayotgan ekstremistik ruhdagi adabiyotlar, tarqatilayotgan varaqalardan ta’sirlanayotgan va to’g’ri yo’ldan adashayotganlarning borligi ham buni tasdiqlaydi. Buning oldini olishda, Prezidentimiz qayd qilganlaridek, “... bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo’nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta’sirini o’rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo’lgan zararli g’oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog’lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi”. Shu bilan birga davr fuqarolarimizning ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish uchun qilayotgan ishlarimizni muntazam asosda takomillashtirishib borishni talab etayotganini ham alohida qayd etish lozim. O’zini portlatish orqali begunoh kishilarning halok bo’lishiga, qanchadan-qancha bolalarning yetimga aylanishiga sabab bo’ladigan jafokorlik ham jaholatning o’ziga xos ko’rinishidir. Bunday jafokorlik eng og’ir gunohlardan hisoblanadi. Qur’oni karimning “Kimdakim qasddan bir mo’minni o’ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga Alloh g’azab qilgay, la’natlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qo’ygay”, – degan oyati ham fikrimizni tasdiqlaydi. Yuqorida qayd etilgan holatlar ham jaholat og’ir oqibatlarni keltirib chiqarishini ko’rsatadi. Shunday ekan, odamlar ongi va qalbida ma’rifatning mutlaq ustuvor bo’lishiga erishish, kishilar tafakkurini boyitish, ularda sog’lom va sobit e’tiqodni shakllantirish uchun kurash, bu yo’ldagi nazariy va amaliy ishlarning hozirjavobligini ta’minlash, ta’sirchanligini oshirish dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolaveradi. Zero, Yurtboshimiz o’rinli ta’kidlaganlaridek, odamning o’z mustaqil fikriga, sobit e’tiqodiga, o’zi tayanib yashaydigan hayotiy-milliy qadriyatlar, shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo’lishi har turli mafkuralarning bosimi, ularning goh oshkora, goh pinhona ko’rinishdagi tazyiqlariga bardosh berishining asosiy sharti hisoblanadi.

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish