Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 4,19 Mb.
bet1/19
Sana27.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#611792
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2 5215581050427676356


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI

“Buzg’unchi g’oyalar, din niqobidagi oqim va guruhlar ta’siriga tushib qolishning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy asoslar” maxsus kursi bo’yicha


O’quv qo’llanma

Samarqand – 2021

UO’K: 291 (075.8)
KBK: 86.2 R 33


Tuzuvchi: A.Azizqulov

“Buzg’unchi g’oyalar, din niqobidagi oqim va guruhlar ta’siriga tushib qolishning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy asoslar” maxsus kursi Oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2021 yilda ishlab chiqilgan o’quv dasturi asosida tayyorlangan. Mazkur o’quv qo’llanma talaba yoshlarga ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini o‘rgatish hamda ularda ushbu harakatlarga nisbatan g‘oyaviy immunitetni yanada kuchaytirishga qaratilgan.


O‘quv qo‘llanmadan mustaqil izlanuvchilar, o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari foydalanishlari mumkin.


Mas’ul muharrir:
F.f.d., professor SH.S.Qo‘shoqov
Taqrizchilar:
SamISI “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dosenti, falsafa doktori, dos. X. Samadov
SamDChTI Gumanitar va axborot texnologiyalari
kafedrasi dosenti, falsafa doktori Yu. Xoliqov

Mazkur o’quv qo‘llanma Samarqand iqtisodiyot va servis institutining O‘quv-uslubiy kengashining 26.11.2021 yildagi № 4-sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.


©A.A.Azizqulov, 2021
©Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. 2021


SO‘Z BOSHI

Bugungi murakkab globallashuv sharoitida talaba yoshlarni intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni turli ma’naviy tahdidlar va axborot xurujlaridan, ayniqsa, diniy estremistik va aqidaparastlik g‘oyalaridan himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. “Buzg’unchi g’oyalar, din niqobidagi oqim va guruhlar ta’siriga tushib qolishning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy asoslar” maxsus kursi o‘quvchi va talaba-yoshlarni hozirgi davrdagi buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga berilish, diniy sohadagi huquqbuzarliklar sodir etishlarining oldini olishga qaratilgan, ta’qiqlangan oqim va guruhlarga kirib qolishning huquqiy javobgarlikka sabab bo‘lishini tushuntirish, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini o‘rganish hamda ularda ushbu harakatlarga nisbatan g‘oyaviy immunitetni yanada kuchaytirishdan iboratdir.


Mamlakatimizdagi ko‘pkonfessiyalilik sharoitida diniy munosabatlarda barqarorlik taminlash, turli millat, elat va din vakillari orasidagi totuvlikni ta’minlash, jahonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga munosib hissa qo‘shish har bir fuqaroning, ayniqsa, oliy ma’lumotli ziyolining muqaddas burchidir. Respublikamiz Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan ta’kidlanganidek, «Jamiyatimizda diniy konfessiyalar o‘rtasida hamjihatlik va fuqarolar totuvligini mustahkamlashni biz bundan buyon ham eng dolzarb va ezgu vazifamiz deb bilamiz»1 .
Dunyo miqyosida millatlararo va konfessiyalararo hamkorlik, hamjihatlikni mustahkamlash ko‘p jihatdan jamiyat hayotiga bag‘rikenglik tamoyillarining samarali joriy etilishiga bog‘liq. Jahondagi murakkab va ziddiyatli kechayotgan jarayonlar turli din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, hamkorlik va hamjihatlik ruhidagi aloqalarni mustahkamlash tarixiy zaruriyat ekanini ko‘rsatmoqda. SHuning uchun hamma mamlakatimizda qabul qilingan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»ning beshinchi bandida «xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat» mamlakatimizda asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi. Respublikamiz Prezidenti tomonidan 2017 yil 19 sentyabrkuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilishi ham turli konfessiyalar o‘rtasidagi ham jihatlikka davlatimizda xalqaro ahamiyatga ega masala sifatida qaralayotganining yorqin ifodasidir2. O‘zbekistonda davlat va din masalalarini bilish jamiyatimizning har bir ilg‘or fuqarosining burchidir. Davlat va din o‘zaro munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha respublikamizd mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar hatto butun jahon miqyosida ham e’tiborga loyiq. O‘quv-uslubiy qo‘llanmada davlat va din munosabatlariga oid taqdim etilgan ma’lumotlar kelgusida Vatan taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish niyatida bo‘lgan yoshlarimizning amaliy faoliyatida dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi. Oliy ta’limning bakalavr bosqichi talabalari dinning mohiyati, uning falsafiy talqinlari, unga berilgan turli ta’riflar haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim. SHuning uchun ham ushbu uslubiy qo‘llanmadadinnio‘rganishdagiyondashuvlar, dinshunoslik maktablari, asosiy namoyandalari haqida etarlicha ma’lumot berilgan.
Bugungi kundagi globallashuv jarayonlari faol kechayotgan bir vaqtda, ming afsuski, dindan o‘z g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishda foydalanishga intilayotgan kuchlar ko‘plab topilmoqda. Diniy ekstremizm, mutaassiblik, missionerlik, tarixda o‘tgan hamda yangi paydo bo‘layotgan destruktiv sekta va oqimlar harakatlari shular jumlasidandir. Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanmada ularning namoyon bo‘lish turlari, o‘z-o‘zini niqoblash usullari va ularga qarshi «jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida kurash olib borish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Ayniqsa, hozirda ommaviy axborot vositalari orasida eng faol vosita bo‘lib qolgan internet va kibermakondagi diniy-mafkuraviy xurujlar, ularga qarshi yoshlarda immunitet hosil qilish masalalariga keng o‘rin ajratilgan. Maxsus o’quv kursida talabalar din niqobidagi ekstremizm va terrorizm tarixi va mohiyati haqida, bu harakatlarning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida tushuncha, bilim, va malakaga ega bo‘ladilar. Din niqobidagi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqimizning ma’naviy merosining g‘oyaviy va mafkuraviy ahamiyati, terrorizmning mohiyati, kelib chiqish sabablari, sof islom dinining ma’naviy merosini, ularni yoshlarni eng insoniy fazilatlar egasi qilib tarbiyalash, insonparvarlik, xalqparvarlik, adolat, halollik kabi olijanob axloqni targ‘ib etish to‘g‘risida tasavvur, ko‘nikma va malakaga ega bo‘ladilar.
Maxsus kursni o‘rganishda talabalar yekstremizm va terrorizm, diniy soxadagi xuquqbuzarlik va qonunbuzarliklar sodir etganlik uchun Xalqaro xuquq, O‘zbekiston Respublikasining qonun xujjatlarida belgilab qo‘yilgan xuquqiy normalar bilan tanishib chiqadilar.

1-ma’ruza Mavzu: “Buzg’unchi g’oyalar, din niqobidagi oqim va guruhlar ta’siriga tushib qolishning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy asoslar” kursini o’rganishning ahamiyati


Reja

  1. XX asr oxirida dunyoning mafkuraviy manzarasi

  2. Mustaqillik va diniy qadriyatlarga erkinlikning berilishi

  3. “Buzg’unchi g’oyalar, din niqobidagi oqim va guruhlar ta’siriga tushib qolishning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy asoslar” kursini obyekti va predmeti

  4. “Buzg’unchi g’oyalar, din niqobidagi oqim va guruhlar ta’siriga tushib qolishning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy asoslar” kursini vazifalari va amaliy ahamiyati

1. XXI asr boshida dunyo bo’yicha globallashuv jaryoni sodir bo’layotgan hozirgi sharoitda bir tomonda insoniyatning mushtarak bo’lgan ko’pchilik manfaatlarini ko’zlab, yangicha ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy munosabatlar qaror topayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa insoniyat tor doiradagi manfaatlar bo’lgan diniy va milliy ruhdagi ekstremizm, narkobiznes va halqaro terrorizm tushunchalari va ularning mudhish hodisalariga duch kelmoqda. Shu nuqtai nazardan qarab, ekstremizmning mazmuni va mohiyati to’g’risida fikr yuritilsa, aytish mumkinki, jamiyatda qabul qilingan va faoliyat ko’rsatayotgan qonun - qoidalarga mos kelmaydigan va ularga zid bo’lgan g’oyalar «ekstremistik» hisoblanadi. Dinning qandaydir bir yo’nalishini buzgan holda talqin etib, siyosiy maqsadni ko’zlovchi harakat diniy ekstremizmga olib keladi. Diniy ekstremizm qanday nomlanmasin yoki qanday ko’rinishga ega bo’lmasin, uning asosiy maqsadi jangari guruhlarni shakllantirish orqali hokimiyatni qo’lga olishdan iboratdir. Bunday havfli illatdan O’zbekiston mamlakati ham to’ligicha holi bo’lmaganligini muhtaram yurtboshimiz Islom Karimov Konstitusiyamizning 13 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida ta’kidlaganidek: «Yana bizga shunisi ham yaxshi ma’lumki, qo’lga kiritayotgan yutuqlarimiz g’animlarga, bizga o’zini hayrihoh ko’rsatuvchi aslida esa erishgan yutuqlarimizdan g’ashi kelayotgan ba’zi do’stlarimizga yoqmaydi. Hayotimizdagi yangilanishlar ularning asablarini buzadi, halovatini ug’irlaydi. Ayrimlar bu holatni mevali daraxtga tosh otiladi degan naql bilan izohlashar, lekin mamlakatimiz tomon «otilayotgan» goh mafkuraviy, goh axborot xuruji tarzidagi bu toshlar, tassufki oddiy emas. Bu «tosh» g’araz, hasad, adovat, xusumat, yovuzlik, hudbinlik singari irqiy illatlardan tashkil topgandir. Shuning uchun ham u xavflidir, zulmatga eltuvchidir».


Xo’sh, ekstremizm va uni keltirib chiqaradigan omillar nimalardan iborat? Ekstremizm – lotincha (extremus – o’ta,keskin degan mazmunni beradi) jamiyatdagi ijtimoiy – siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda o’ta keskin chora-tadbirlar, fikr va qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotdir.
Ekstremizm mazmuniga ko’ra – diniy va dunyoviy bo’lishi yoki namoyon bo’lishiga ko’ra – hududiy, mintaqaviy, halqaro shakllarga bo’linadi. Ekstremistlar qarashlari juda chuqur ildizlarga ega bo’lib, ular hyech qachon chegara bilmagan yoki din, millat, biron bir mamlakat hududini tan olmagan. Dunyoviy ekstremizmning siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy ko’rinishlari mavjud bo’lsa, diniy ekstremizm barcha dinlar doirasida rivojlangan. Ular xristian dinida, katoliklar, protestantlar, provaslavlar orasida ham mavjud.
Diniy ekstremizm islom olamida ham keng tarqalgan bo’lib, ular qayerda faoliyat ko’rsatmasin, asosiy maqsadi islom diniy «xalifalik» davlatini barpo qilishdir. Bu maqsadga o’zaro nizolar, ixtiloflar keltirib chiqarib qurolli to’qnashuvlar orqali ya’ni qon to’kish, zo’rlik bilan erishishni ko’zlaydilar. Bu esa har bir millatning mustaqilligiga, jamiyat taraqqiyotiga katta g’ov hisoblanadi.
Ekstremizm turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin – bolshevizm, fashizm, diniy ekstremizm kabi turlarga bo’linadi. Ular o’zlarini g’oyalari, harakatlari, tashkilotlari, moddiy ta’minlash va tashkiliy tuzilmalari faoliyatlari kompleksi (yigindisi) dan iborat bo’ladi. Ekstremistik tuzilmalar qanday ko’rinishda bo’lishidan qat’iy nazar, uning asosiy maqsadi jangarilik yo’li bilan hokimiyatni qo’lga olishdir. Yoki siyosiy hokimiyatga erishish orqali jamiyatni to’la islom shariati qonun-qoidalari asosida qayta tashkil qilish va boshqarish lozim deb hisoblaydilar.
Islom diniy ekstremizmi o’zining ikki xususiyati bilan boshqa ekstremistik guruhlardan ajralib turadi. Birinchisi, ularning aqidalariga ko’ra, go’yo barcha hozirgi zamon islomga e’tiqod qiladigan davlatlardagi musulmonlar jamoalari islomiy tuslarini yo’qotgan bo’lib, joxiliya (islom kelib chiqishidan avvalgi arablardagi ma’naviy buzilish davri) jamiyatlariga aylanib qolgan deb hisoblaydi. Bunday yondoshuv faoliyatdagi hukumat va uning olib borayotgan siyosatini tanqid qilishga asos qilib olinadi. Ikkinchidan, ular go’yo, «haqiqiy» musulmonlar bo’lib, o’zlarini hokimiyatga kelishlari uchun barpo qiladigan «islomiy tartibni» qaror toptirishning yagona yo’li keskin va jangarilik yo’li bilan agressiv harakat qilish lozim deb hisoblaydilar.
Aslida esa islom ekstremizmi g’oyalarining Markaziy Osiyoga kirib kelishidan ko’zlangan asosiy maqsad – diniy qadriyatlarni qaytadan tiklash emas, balki ana shu g’oyalardan faqat vosita va niqob sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va millatlararo nizolarni vujudga keltirish, iqtisodiyotni turli yo’llar bilan (diversiya qilib) izdan chiqarish, iqtisodiy inqirozni keltirib chiqarish orqali hukumatni kuchsizlantirib obruyini to’kishdir.
Bunda turli ommaviy axborot vositalari yordamida go’yo «mamlakatda fuqarolarning vijdon erkinligi borasidagi huquqlari buzilmoqda va diniy e’tiqod poymol etilmoqda» kabi da’volar bilan ham konstitusion hukumatga ishonchsizlikni keltirib chiqarishdir. Shuningdek, mamlakatimizdagi kam sonli diniy tashkilotlarga hujum uyushtirib, diniy adovatni kuchaytirib, millatlararo adovatni keltirib chiqarib beqaror vaziyatni vujudga keltirishdir.
Islom ekstremizmi o’zining shunday g’arazli harakatlarida muqaddas Qur’oni Karim oyatlaridan foydalanib, islomning sof g’oyalarini jamiyatga tadbiq etish emas, balki yurtdoshlarimizning e’tiborlarini chalg’itib islom omili orqali xokimiyatga intilishdan boshqa narsani ko’zlamaydi. Shu o’rinda Prezidentimiz I. Karimovning fikriga e’tiborni qarataylik. «Oq-qorani, do’st-dushmanni taniydigan xalqimiz din nimayu soxta aqidalar nimaligini, kim pok niyatli xudojuy insonu, kim munofiq, riyokor ekanini yaxshi biladi. Taassufki, ba’zan islom dini va islom fundamentalizmi haqida gapirganda bu ikki tushunchani bir-biriga aralashtirib yuborish xollari uchramoqda... Muqaddas islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan allaqanday mutaassib kuchlar, tabiiyki, yer yuzidagi barcha musulmonlarning ruhiy olami va dunyokarashini belgilay olmaydi»,- deb qayd etadi yurtboshimiz. Darhaqiqat, islom dinining ma’rifiy-ma’naviy mohiyati va mazmunini xalqimiz yaxshi biladi.
2. Mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining tamal toshi «vijdon erkinligi» tushunchasi bilan chambarchas bog’liqdir. Fuqaroviy erkinliklar ichida insonning ichki ma’naviy dunyosiga va uning ruhiyatiga bevosita aloqador bo’lgan vijdon erkinligi demokratik dunyo bo’ylab umume’tirof etilgan inson huquqlarining eng asosiylaridan biridir.
Fuqarolik jamiyati kishilar o’rtasidagi munosabatlarning yuksak madaniy saviya va teran ma’naviy zaminga asoslangani bilan ajralib turadi. Bunday jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy hayotida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, ularning mo’tabar va hatto, muqaddas sanalishi barqaror bo’lmog’i shart. Muayyan insonning qadr-qimmati, odamlar orasidagi mehr-oqibat, samimiylik, axloqiy poklik, insofu adolat va insonparvarlik kabi eng ezgu umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik jamiyati hayotining haqiqiy mezonlaridir. Shuning uchun ham, O’zbekistonda kechayotgan davlat va jamiyat qurilishi jarayonida tom ma’nodagi vijdon erkinligini ta’minlashga alohida urg’u berilmoqda.
Davlatimizning vijdon erkinligiga munosabati – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida mustahkamlab qo’yilgan “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hyech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega”, degan qoidada o’zining aniq huquqiy-qonuniy ifodasini topgan. Demak, «vijdon erkinligi» degan tushunchaning mazmun-mohiyati xohlagan dinga e’tiqod qilish huquqidan tashqari, hyech qanday dinga e’tiqod qilmaslik ixtiyorini ham qamrab oladi. Har bir fuqaro haqli bo’lgan bunday huquqning buzilmasligi uchun mazkur modda “diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi” degan muhim qoida bilan to’ldirilgan. Buning zamirida vijdon erkinligiga nisbatan har qanday tahdidni bartaraf etish istagi yotadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq belgilab qo’yilgan davlat va jamiyat qurilishining bosh maqsadlardan biri – inson farovonligi ta’minlangan, ijtimoiy adolat va qonuniylik ustuvorlik qiladigan, barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lgan, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar, qonun oldida tengligiga asoslangan jamiyatni barpo etishdir. Bu, eng avvalo, yuksak ma’naviyat va hurfikrlilikka asoslangan, vijdon erkinligi amalda barqaror bo’lgan jamiyatni barpo etish demakdir. Bunday jamiyatni qurish esa, birinchi navbatda, keng ma’nodagi vijdon erkinligi, jumladan, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashni taqozo etadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ushbu hayotiy masalaga umume’tirof etilgan demokratik tamoyillardan kelib chiqib yondashilgan.
Tom ma’nodagi vijdon erkinligi huquqini kafolatlash va amalda ta’minlash uchun O’zbekistonda to’laqonli huquqiy tizim yaratilgan. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririga (1998 yil, 1 may) ko’ra, «vijdon erkinligi» fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. Shu ma’noda, huquqiy kategoriya sifatida – vijdon erkinligi, bir tomondan, e’tiqod erkinligini, ikkinchi tomondan esa, hyech bir dinga e’tiqod qilmaslik huquqini ifoda etadi.
Axloqiy nuqtai nazardan vijdon erkinligi – bu muayyan insonning fikrlash tarzi va shaxsiy ma’naviy e’tiqodiga mos xatti-harakat qilish huquqidir. Dunyoning turli-tuman mamlakatlarida, uzoq tarixiy davrlar davomida, olamning yaratilishi va rivojlanishi, ko’pincha, diniy tasavvurlarga asoslangan tarzda izohlab kelingani yaxshi ma’lum. Biroq ilm-fan taraqqiyoti mazkur hodisalarning dunyoviylikka asoslangan tushunish tamoyilini tadrijiy ravishda kuchaytirib borgan. Har bir shaxs erkin fikrlash va qonun doirasida harakat qilish imkoniyatiga ega bo’lishi natijasida umumiy taraqqiyot jadallashgan.
Shunday qilib, vijdon erkinligi uch jihatni anglatadigan huquqiy kategoriyaga aylanib qoldi:
Birinchisi – muayyan shaxs xudoga ishonishi, xohlagan diniga e’tiqod qilishi mumkin.
Ikkinchisi – xudoga va dinga ishonmasligi, ularga nisbatan betaraf bo’lishi mumkin.
Uchinchisi – dahriy, ya’ni hyech bir dinga e’tiqod qilmasligi yoki ularni inkor etishi mumkin.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni har bir fuqaroga sanab o’tilgan uch imkoniyatdan xohlaganini, ongli ravishda tanlab olishni kafolatlaydi.
O’zbekiston Respublikasi qonunlarida voyaga etmagan yoshlarning vijdon erkinligini ta’minlashga alohida e’tibor berilgan. Buning sababi – tushunarli. Chunki hali etarli hayotiy tajriba va bilimlarga ega bo’lmagan yoshlarga ta’sir o’tkazish, ayniqsa, muayyan diniy dunyoqarashni ularning ongiga singdirish oson. Dunyo, jumladan, mamlakatimiz tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, ayrim nosog’lom kuchlar bundan o’zlarining g’arazli maqsadlari yo’lida foydalanishga intilmoqda. Shuning uchun ham, Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonunga “voyaga etmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek, ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o’qitishga yo’l qo’yilmaydi”, degan muhim qoida kiritilgan. Qonunga xilof ravishda bunday faoliyat bilan shug’ullanganlik uchun O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida jinoiy javobgarlik ham belgilangan.
Demak, davlat vijdon erkinligini huquqiy kafolatlash va amalda ta’minlash tadbirlarini ro’yobga chiqarish bilan bir qatorda, ularga nisbatan har qanday tahdidning oldini olishga ham intiladi. Qonun ustuvorligi eng oliy mezon bo’lgan fuqarolik jamiyatining har bir a’zosi ushbu qonuniy talabga to’g’ri munosabatda bo’lib, uning hayotga tatbiq etilishiga hissa qo’shishi lozim. Chunki eng muhim konstitutsiyaviy huquqlardan bo’lgan vijdon erkinligi huquqining amalda ro’yobga chiqarilishi fuqarolik jamiyatining ma’naviy-madaniy rivojlanganlik darajasining muhim ko’rsatkichidir.
3. O’zbekiston Respublikasida diniy ekstremizm va terrorizm xavfini oldini olishning huquqiy asoslari. “Jaholatga qarshi ma’rifat” kontseptsiyasi.
O’zbekistonliklar jahonda shu jumladan, Markaziy osiyo mintaqasida terrorchilik bilan bog’liq qaynoq nuqtalar borligini juda yaxshi biladilar. O’zbekiston Respublikasi bilan chegaradosh Afg’oniston va bir mintaqada joylashgan Pokiston kabi davlatlar hududida jonoyatshi-terrorchilar harbiy tayyorgarlikdan o’tib, O’zbekistonga kirishishga harakat qilayotganliklari hyech kimga sir emas. Ularning maqsadi kimyoviy, bioogik qurollardan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanib harbiy harakatlarini boshlashdir.
O’zbekiston hududida sodir etilgan bir necha terrorchilik harakatlari bunday umumiy havfga qarshi kurash markazlari ishlab turibdi. Shuningdek, ko’pgina davlat idoralari, ayniqsa, mudofaa, favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar vazirligi, milliy xavfsizlik xizmati, chegara, bojhona va prokuratura idoralarining terrorchilikka qarshi kurashdagi faoliyati jadallashdi, bu boradagi imkoniyatlardan samaraliroq foydalanilayapti. Aholi o’rtasida hushyorlik ogohlik mazmunida tushuntirish ishlari, ommaviy tadbirlar o’tkazilayapti, ommaviy axborot vositalari orqali targ`ibot ishlari olib borilmoqda, ta`lim muassasalarida mashg’ulotlar olib borilyapti.
O’zbekiston respublikasi terrorchilikni bartaraf qilish bilan bog’liq ishlarga dunyo jamoatchiligini jalb etmoqda.
Afg’oniston va boshqa musulmon davlatlari hududidagi harbiy lagerlarda terrorchi uyushmalar bemalol tayyorgarlik ko’rayotganligidan tashvishlangan O’zbekiston davlatining rahbari xalqaro terrorizmga qarshi kurash Markazini tuzish zarurligi to’g’risidagi taklifini Yevropa xavfsizlik harakati tahskilotiga a’zo davlat va hukumatlarga MDH davlatlariga, Markaziy Osiyoda , Qirg`iziston, Tojikiston davlati rahbarlariga yetkazadi. Bu taklif Rossiya, AQSh, Xitoy kabi yirik davlatlar tomonidan xam e`tirof etildi. Terrorchilikning har qanday ko’inishlariga zarba berish, terrorchilikni qo’llab quvvatlayotganb davlatlarga qarshi kurash olib borish jahon hamjamiyati bilan birgalikda davom ettirilmoqda.
O’zbekistonda 2000 yil 15 dekabrda “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi qonun bilan qabul qlingan. Shuningdek, O’zbeksiton Respublikasi jinoyat kodeksining
Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki havfsizlikka ham daxldor masaladir. Chunki diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari jangarilik usullari bilan hokimiyat uchun kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama rag’batlantirish va qo’llab quvvatlashga intiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari uchun diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning xavfi 1990 yilda Namangan va Andijonda, 1990-1996 yillarda Tojikistondagi fuqarolik urushi va mojarolar davomida, 1999 yilda Toshkent shahrida, 1999 yil 19- fevralda Toshkent shahrida , 1999-2001 yillari Qirg’izistonning Bodken, Ozbekistonning Surxondaryo va Toshkent viloyatida, 2004 yil mart-aprel oylarida Toshkent shahri va Buxoro viloyatida 2005 yil 12-13 may kunlari Andijon shahrida amalga oshirgan terrorchilik xarakatlari timsolida o’zini ko’rsatdi.
Qzbekiston Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan 1998 yilda tashkil topgan 62 guruhining Afg’oniston masalasini hal qilishda va Toshkent Deklaratsiyasining ahamiyati juda katta.
2001 yil 28-sentyabrda BMT ning Havfsizlik Kengashi 1373-sonli rezolyutsiyasini qabul qilib,terrorizmga qarshi kurash komitetini tuzdi.
BMT ning terrorizm va unga qarshi kurashga qaratilgan 13 ta xujjati (11 ta konvensiya va 2 ta protokol) mavjud. O’zbekiston 12 ana shunday halqaro shartnomalarni ratifikatsiya qildi. Ular qatorida:
1971 yildagi fuqaro aviatsiyasining havfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash:
1973 yildagi xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, shu jumladan diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlar uchun jazolash va ularni bartaraf etish:
1979 yildagi garovga olish xarakatlariga qarshi kurash:
1980 yildagi yadroviy materiallarning himoyasi:
1988 yildagi dengiz kemalari xarakati havfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash:
1997 yildagi bombaviy terrorizmga qarshi kurash:
1999 yildagi terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash xalqaro konvensiyalari borligini ko’rish mumkin.
O’zbekiston Yevropa Kengashi doirasida ham terorizmga qarshi 7 ta xalqaro shartnomani imzolagan.
Jamiyatning barqaror rivojlanishida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tadrijiy va tizimli ravishda amalga oshiriladigan islohotlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, tub, sifatiy o’zgarishlarning asosini tashkil etadi.
Huquqiy davlat qurish borasida respublikamizda keng miqyosli ishlar amalga oshirilib, bu yo’nalishda katta yutuqlarga erishildi. Halqaro andozalarga javob beradigan va milliy o’zligimzini aks ettiradigan Konstitutsiya qabul qilindi. O’zbekiston inson huquqlarini ta`minlashga qaratilgan, jahon miqyosida e`tirof etilgan ko’plab halqaro dekloratsiya, konvensiya va hujjatlarga qo’shildi va shundan kelib chiqadigan siyosiy va huquqiy qoidalar respublikamizning siyosiy taraqqiyotida va huquqiy me`yoriy tizimni rivojlantiish jarayonida inobatga olinmoqda. Lekin bu borada hali muayyan muammolar mavjud. Chunki qisqa vaqt mobaynida bunday har tomonlama va chuqur o’zgarishlarni amalga oshirish uda qiyin. Ayni paytda, inson huquqlari va erkinliklarining qamrov doirasi kengayib, rivojlanib borayotganini va har bir mamlakatda o’zoga xos tarzda namoyon bo’layotganini ta`kidlash lozim.Tolerantlik (bag’rikenglik) munosabati barcha ijtimoiy guruhlar va shaxslar orasida amalga oshirilgan taqdirdagina dunyoviy davlat va jamiyat barpo etishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga binoan milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar hamda jaomat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlangan. Jahon huquqshunoslik fani tajribasi asosida qabui qilingan bu qoida davlatimizda milliy va diniy asosda nizo paydo bo’lishining oldini olish uchun xizmat qiluvchi konstitutsiyaviy kafolatdir.
Jamiyat barqarorligiga to’siq bo’luvchi illatlarning yana biri terrorizmdir. Nega inson uni dunyoga keltirgan Ona Yurti, Vatani, millatiga qarshi chiqadi? Nega g’ayriinsoniy faoliyat yuritib, o’z yurtdoshlarini o’ldiradi, butun xalq mehnati bilan yaratilgan binolarni, inshootlarni vayron qiladi? Bunday vahshiyona faoliyat ko’pincha siyosiy maqsadlarda –hokimiyatni egallash uchun amalga oshiriladi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, bozor iqtisodiyotini shakllantirishda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, dunyoviy demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishga qaratilgan siyosiy-huquqiy hamda vatanparvarlik, milliy istiqlol g`oyasi va komil insonni shakllantirishga yo’naltirilgan ma`naviy-ma`rifiy islohotlar-yuqoridagi kabi holatlarning oldini olish, barqaror riovojlanishining asosiy omillari hisoblanadi.

2-MAVZU DIN NIQOBIDAGI EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARShI KURAShNING XALQARO SIYoSIY – HUQUQIY ASOSLARI


Reja

  1. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari.

  2. Xalqaro vaziyatni barqarorlashtirishda Sh.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqidagi ustuvor g‘oyalar.

  3. Terrorizmga qarshi kurashning mafkuraviy hamda ma’naviy-tarbiyaviy asoslari.



Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish