Bog'liq Ekskursiya xizmatini tashkil qilishю Tuxliyev I Amriddinova R
E kskursiyani olib borish texnikasini aniqlash. Ekskursiyani
olib borish texnikasi ekskursiya jarayonining barcha tasiikiliy ma-
salalarini o‘z ichiga oladi. Masalan, avtobusli ekskursiya muallif-
lari ekskursantlar qachon va qayerda obyektni ko‘rishga tushadilar,
obyektlar oralig‘ida qanday harakatlanadilar, «gid portfeli»dagi
ko‘rgazmali vositalami qanday va qachon namoyish etilishini ob-
don o ‘ylab ko‘rib, zaruriy m a’lumotlarni texnologik xaritaning
«tashkiliy ko‘rsatmalar» grafasida yozadilar (avtobusni qayerda
to‘xtatish, obyektni oynadan kuzatish maqsadida qayerda sekinroq
haydash, salonda tartib saqlash va sh.k ).
Tanaffuslardan foydalanish, vaqtni unumli sarflash (mavzu
ostilami yoritishda, savol-javobda), «gid portfeli»dagi vosi-
talami ko‘rsatish texnikasi, diniy obyektlarga kirish tartibi,
obyektni ko‘rsatishda gidning o ‘rni, avtobus harakatida obyektni
92
ko‘rsatish va shu kabi muhim masalaJarda tavsiyalar ishlab chi
qish muhimdir.