Ekskursantlaming harakatlanishi tartibi (avtobusdan obyekt
tomonga, obyektdan avtobus tomonga, obyektlar oralig ‘ida).
Ekskursantlar guruhi harakatlanayotganda gidning o‘mi ulaming o‘rtasida bo‘lib, bir nechtasi oldinda, bir nechtasi yonidan, qol-ganlari orqadan yurishadi. Muhimi, ekskursantlaming tarqalib ket-masligi va gumh boshiyu oxiridagi masofa 5-7 metrdan oshmas-ligi kerak. Gid ekskursantlaming jipslashuvini ta’minlashi zamr. Agarda ular tarqalib ketsa, gidning hikoyasini eshitmay qolishi, mavzuning mohiyatini anglay olmasligi mumkin. Tajribali gidlar marshrutda ekskursantlar harakatini boshqarishni ham eplaydi20.
Ekskursantlaming bir maromda harakatlanishi ulaming tarkibi-ga (bolalar, yoshlar, o‘rta yoshlilar, qari kishilar) Joyning relyefiga (tog‘ zonasi, yo‘llar holati, zavodlarda va h.k.) bogiiqdir. Piyoda ekskursiyada obyektlarninig bir-biriga yaqin joylashganligi sababli ekskursantlaming harakati ham sekin, bir maromda bo‘ladi. Avto-busli ekskursiyada ekskursantlar harakatini bir maromda ushlash qiyinroq kechadi. Shuning uchun, gid avtobusdan tushishi bilan birdaniga harakatlanmasdan, barchaning tushishini kutadi (ayniq sa, ko‘riladigan obyekt uzoqroqda joylashgan bo‘lsa).
20 Емельянов Б.В. «Экскурсоведение» Уч.пос. М. 2006
128
Gid marshrut jarayonida ekskursantlaming mustaqil harakatlarini ham boshqaradi. Masalan, ekskursantlar obyektdagi yozuvlami mus taqil o'qiydilar, me’moriy jozibadorligini tahlil qiladilar, cho‘qqiga uning balandligini ko‘rish uchun chiqadilar, minoralarga uning «g‘aroyib zinalari» bo‘ylab ko‘tariladilar. Bunday harakatlar ular ning taassurotlarini boyitadi, qo‘shimcha maiumotlar olishiga ham da obyektning betakror xususiyatlarini his qilish imkoniyatini beradi.
Ekskursantlaming avtobusga qaytishL Ekskursantlaming av tobus torrron harakatlanishini gid boshqaradi va eshikning o'ng to-monida turib ulami bildirmay sanaydi. Ekskursantlaming hammasi yig‘ilganiga ishonch hosil qilganidan so‘ng, avtobusga chiqib, ha rakatlanish uchun haydovchiga ishora beradi. Avtobusda o‘z joyini egailab bo‘lgan ekskursantlami sanab o‘tirishning hojati yo‘q.
Gidning o ‘rnL Gid avtobusda shunday joyni egallashi lozimki, hikoya qilinayotgan obyektlar unga yaxshi ko‘rinib tursin. Qoi-daga muvofiq haydovchining yonidagi maxsus o'rindiq gid uchun mo‘ljallangandir. Avtobus harakati vaqtida gidning tik turishi (ekskursantlaming ham) xavfsiziik yuzasidan mumkin emas.
Piyoda harakatlanadigan ekskursiya xizmatida gid obyektga nisbatan yonbosh turishi maqsadga muvofiqdir, chunki qarshisida turgan obyektni ко'rib tahlil qiladi va o‘z taassurotlarini hikoya qiladi. Avtobusli ekskursiya xizmatida gid ekskursantlarga orqasi bilan o‘tirib, oynadan ko‘rinayotgan yoki ko‘rinishi kutilayotgan obyektlarni hikoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |