Ekskursiya mavsumi: yi! davomida
GIDNING INDIVIDUAL MATNI NAMUNASI
1-obyekt: AMIR TEMUR MAQBARASI (1404-yillar)
Hurmatli ekskursantlar! Siz ko‘rib turgan obyektingiz Amir Temur maqbarasi bo‘lib, jahonga mashhur va 0 ‘rta Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida e’tirof etiladi.
Majmua «qo‘sh>> uslubidagi bosh peshtoq, ikki tomonlama ketuvchi to‘rtburchak shakldagi hovlini hosil qiluvchi va bizgacha aksariyat qismi saqlanmagan devorlar, 4 ta minora shulardan 2 tasi saqlangan, ikki tomonlama qarama-qarshi shaklda Muhammad Sulton farmoniga binoan qurilgan madrasa va xonaqoh poydevor-lari va asosiy maqbara majmuasidan tashkil topgan.
Endi majmua bilan yaqindan tanishishni boshlasak! Marhamat! Amir Temur maqbarasi peshtoqi. Muhammad Sulton ansam-blidan faqat peshtoqigina yaxshi saqlangan. Bu peshtoq mohirlik bilan ishlangan bo‘lib, turli-tuman koshinlari bilan devor fonida yaqqol ko‘rinib turadi. Koshinlar orasiga binoni qurgan usta-Mu-hammad binni Mahmud Isfahoniyning nomi va «Dini jannat dili poklarnikidir» deb jimjimador qilib yozib qo‘yilgan. G‘ishtli us-
139
tunlar bezagida “girih” deb ataluvchi geometrik shakllarga asos-lanib, nafis qilib ishlangan kompozitsiya asosiy o'rinni egallaydi.
Madrasa va xonaqoh qoldiqlari. E’tiboringizni madrasa va xonaqoh qoldiqlariga qaratmoqchiman! Ba’zi ma’lumotlarga qa-raganda, XVII asrda madrasa ishlab turgan, xonaqoh binosidan esa vayronalargina saqlangan. XVIII asrning 20-yillaridagi ijtimoiy va iqtisodiy inqiroz davrida huvillab qolgan Muhammad Sulton mad-rasasi xarobaga aylana boshlagan. Muhammad Sulton xonaqohi va madrasasidan devor qoldiqlari va koshin parchalarigina saqlangan. Lekin bu qoldiqlar ham asrlar bo‘yi pinhon bo‘Iib kelgan inshoot sirini bilishga imkon berdi.
Hovlining sharq tomonidagi devor ortida Muhammad Sulton madrasasining qoldiqlari ko‘rinib turadi. Chorsu hovlining atrofiga ikki qavatli hujralar tushgan. Hujralar boshqa madrasalardagi sin-gari bo‘yi uzun, eni tor bo‘lib eshik tepasidagi darchalardan yorug1 tushib turgan. Madrasaning burchaklarida gumbazli darsxonalar boigan. Xonaqoh o‘rtasida katta gumbazli keng zal, zalning atro-fida ikki qavatli, biridan ikkinchisiga o'tiladigan xonalar bo‘lgan, bu xonalarning ba’zilarida kishilar yashagan, ba’zilari muzokara o‘tkaziladigan joy bo‘lgan.
Hovli atrofini o‘rab turgan devorlar ikki qavatli bezakli ravoq-larga bo‘lingan. Hovlining tashqi burchaklarida to‘rtta minoralar bo'lgan. Yuqoriga ko‘tarilgan sari ingichkalashib borgan minora Registon maydonidagi Ulug‘bek madrasasi minoralari kabi shara-fa bilan bezatilgan. Minoraning asosi bilan tepasi orasidagi tafovut koshin plitalar terishda ustalik bilan bartaraf qilingan. Koshinlar har bir qatoriga bir xil miqdorda koshin plitalar terilgan holda, ular orasidagi choklar yuqoriga ko‘tarilgan sari torayib boradi va tepa-siga yetib tugaydi. Saqlangan 2 minoralarning birida «banda tad-bir etar, Alloh taqdir etar» deb yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |