0 ‘zbekiston Respublikasi staudartlariga ko‘ra o‘rganish, dam olish, ekskursiya maqsadida kelgan necha na far sayohatchilar turistik guruh hisoblanadi?
10 nafar;
4 nafar;
2 nafar;
5 nafar.
64
0 ‘zbekiston Respublikasi standartlariga ko‘ra m i s turlardagi marshrutlarda necha nafar sayohatchilar turis-lik guruh hisoblanadi?
4 nafar;
10 nafar;
2 nafar;
5 nafar..
Gid ishidagi tashkiliy ishlar necha bosqichdan iborat?
7 bosqichdan;
3 bosqichdan;
2 bosqichdan;
5 bosqichdan.
4-mavzu. EKSKURSIYA XIZMATINI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
4.1. Yangi ekskursiyani tayyorlash jarayoni.
4.2. Ekskursiya xizmatining maqsadi, vazifasi va mavzusini aniqlash.
4.3. Ekskursiya xizmati ma’Jumotlari uchun manbalar izlash.
4.4. Ekskursiya xizmatining asosiy va individual matnini tay yorlash.
4.5. «Gid portfeli» ni taxlash.
4.1. Yangi ekskursiyani tayyorlash jarayoni
Yangi mavzudagi ekskursiya xizmatini tayyorlash murakkab jarayon boiib, butun bir ishchi jamoaning faol ishtirokini ta lab qiladi. Bo‘lajak ekskursiya xizmatining mazmuni, uning il miy ahamiyati uslubchi va gidlaming bilimi, salohiyati, ularning pedagogika va psixologiya asoslarini amaliy o‘zlashtirganlik da-rajasiga, auditoriyaga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali usullarini tanlay olish ko‘nikmalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.
Ekskursiya xizmati - bu ikki muhim jarayon, ya’ni uni tayyorlash va o‘tkazish natijasi bo‘lib, o ‘zaro bir-biri bilan bogliq, bir-birini to‘ldiruvchidir. Puxta tayyorgarHksiz ekskursiya xizmatini yuqori sifatda o‘tkazib bo‘lmaydi. Yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash-da ikkita asosiy yo‘nalishni ajratish mumkin:
yangi mavzudagi ekskursiya xizmatini ishlab chiqish;
endigina o‘z ishini boshlayotgan gidni tayyorlash (yoki ush bu mavzu bu gid uchun yangi bo‘lishi mumkin).
Yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash ijodiy guruhga top-shirilib, uning tarkibi da mavzuning murakkabligigaqarab 3-7 nafar gidkiradi. Ko‘pinchamaslahatchi sifatida turli sohamutaxassislari, muzey ilmiy xodimlari, OTM va o‘rta maktab o‘qituvchilari, shu-ningdek, boshqa mutaxassislar ham taklif etilishi mumkin. Odatda
ijodiy guruhning har bir qatnashchisiga ekskursiya xizmatining bir bo'limi, biron-bir mavzusi yoki mavzuning bir nechta kichik mav-zularini tayyorlash topshiriladi. Mazkur ijodiy guruh ishining-nazorati esa mas’ul rahbarga topshiriladi.
Odatda yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash 3 bosqichda amalga oshiriladi:
Dastlabki ishlar, ya’ni yangi ekskursiya xizmati mavzusi bo‘yicha ma’lumotlar to"plash, ekskursiya xizmati maqsad va vazifalarini aniqlash, shu bilan bir vaqtda ekskursiya obyektlarini tanlash,
Bevosita ekskursiya xizmatini tayyorlash, ya’ni ekskursiya xiz mati marshrutini tuzish, ma’Iumotlarga ishlov berish, ekskursiya xizmatining asosiy matnini yozish, uni o‘tkazish uslubini aniqlash, ekskursiya obyektini ko‘rsatish va hikoya qilishning eng samarali usullarini tanlash, gidlar tomonidan individual matnni tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi.
Yakuniy bosqich, ya’ni sinov ekskursiyasini o‘tkazish. Ekskur siya muassasasi rahbari tomonidan yangi ekskursiya xizmatini tas-diqlash, mavzuni himoya qilgan gidlarga ushbu ekskursiya xizma tini o‘tkazishga ruxsat berish jarayonlari kiradi.
Ekskursiya xizmatini o'tkazish tartibi uning mavzusi, turi va o‘tkazish shaklidan qat’i nazar bir xil bo‘ladi: tanishuv qismi, asosiy qism va yakuniy qism.
Do'stlaringiz bilan baham: |