Скобельцына А. С., Шарухин А. П. Технологии и организация экскурсионных услуг. Учебник - 2-е изд., перераб. — М. :Издагельский центр «Академия», 2013
24
loydalaniladi. Bunday ekskursiyalar turli xil obyektlarni ko‘rsatish ncgi/.ida tuziladi (tarixiy va madaniy yodgorliklar, bino va inshoot-lar, tabiat obyektlari, mashhur voqea joylari, shaharsozlik, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari va shu k.).
Ko‘p rejali ekskursiyada voqealar batafsil yoritiladi va sha har, o‘lka, viloyat, respublika, davlat haqida umumiy tasavvumi beradi. Bunday ekskursiyada xronologik tartibda shaharning ilk paydo boMishi tarixidan boshlab to kelajakdagi rivojlanishi haqida ma’lumotlar beriladi.
Ko‘p rejali ekskursiyalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, mavzuli ekskursiyadan farqli ravishda uning mavzusini belgilash murakkabroq. Tayyorlash va o‘tkazish joyidan qat’i nazar ular tarkibiy jihatdan bir-biriga deyarli o‘xshashdir. Ulaming har birida bir necha mavzular mavjud (shahar tarixi, ishlab chiqarishning qisqacha tarixi, fan, madaniyat, xalq ta’limi haqida). Ekskursiyada aniq bir shahar, viloyat, o'lka o‘ziga xos tarixiy rivojlanishiga qa-rab hikoya qilinadi. Masalan, harbiy-tarixiy mavzudagi ekskursi-yalarda urushlar, qo‘zg‘olonlar boiib o‘tgan Buxoro xonligidagi o'zaro nizolar kabi shaharlar kiritiladi. Adabiy mavzudagi ekskur-siyalarda esa yozuvchi, shoirlar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq shahar, qishloq, ko‘chalar kiritiladi.
Mavzuli ekskursiyalar bitta mavzuning yoritilishiga bag‘ishlanadi. Agar bu tarixiy ekskursiya bo‘lsa, uning negizida yagona mavzuda birlashtirilgan bir yoki bir necha voqealar yotadi. Agar bu me’morchilik mavzusidagi ekskursiya bo‘lsa, unda sha har, ko‘cha va maydonlarida joylashgan qiziqarli san’at asarlari, o‘tgan asrlar me’moriy ansambllari kiritilishi mumkin.
Mavzuli ekskursiyalar tarixiy, ishlab chiqarish, tabiiy (ekologik), san’atshunoslik, adabiy, me’moriy - shaharsozlik ekskursiyalariga boMinadi.
0 ‘z mazmuniga ko‘ra tarixiy mavzudagi ekskursiya xizmatlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
25
tarixiy - о ‘Ikashunoslik (masalan, «Sarnarqand shahrining ming yillik tarixi», «Moviy gumbaz ostidagi shahar» va h.k.);
arxeologik (masalan, Surxondajryo viloyatidagi Kampirte-pa qadimiy shahri; Sarnarqand viloyatidagi Afrosiyob arxeologik majmuasidagi tarixiy qazilmalami ko‘rsatish);
etnografik, turli millat va elatlaming urf-odatlari haqidagi ekskursiya;
tarixiy muzeylarda ekskursiya.
Ishlab chiqarish mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi:
tarixiy- ishlab chiqarish;
iqtisodiy- ishlab chiqarish (masalan, bank, birja faoliyati);
texnik- ishlab chiqarish;
ekskursantlami kasbga yo'naltiruvchi.
San 'atshunoslik mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi-larga bo‘linadi:
teatral - tarixiy (masalan, «Sarnarqand shahri teatri hayoti», «A.P.Chexov nomli rus drama teatri tarixi» va h.k.);
musiqiy - tarixiy (masalan, «Hamid Olimjon teatriga bir kunlik sayohat» va h.k.);
xalq amaliy san ’ati (masalan, O‘zbekistondagi kulolchilar, zardo‘zlar va boshqa usta hunarmandlar faoliyati bilan tani-
shish);
madaniyat arboblari hayoti va faoliyati bilan tanishtiruvchi joylar/
kartinalar galereyasi, ho ‘rgazma zallari, muzeylar, rassom-
lar va haykaltaroshlar ustaxonalarida va h.k
Adabiy mavzudagi ekskursiya xizmatlari odatda quyidagi gu ruhostilarga bo‘linadi:
adabiy biografik. Bunday ekskursiyalar shoir, yozuvchi, dramaturglar yashab ijod etgan joylarda o‘tkaziladi (masa lan, «Sadriddin Ayniy muzey uyi», «Andijon - Bobur yurti» va h.k.).
26
adabiy - tarixiy, o‘zbek adabiyotining rivojlanishining ma’lum davrini ochib beradi (masalan, «XX - asrda Buxoro adabiyoti», «Adabiy Toshkent» va h.k.).
M e’moriy - shaharsozlik mavzusidagi ekskursiya xizmat lari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi:
mazkur shahaming me’moriy qurilishini ko‘rsatuvchi ekskursiya;
ma’lum tarixiy davrning me’moriy yodgorliklarini ko‘rsatuvchi ekskursiya;
bitta me ’mor ij odiyoti haqida ma’lumot beruvchi ekskursiya;
zamonaviy me’moriy namunalami ko‘rsatuvchi ekskur
siya.
Shuni ta’kidlash joizki, u yoki bu mavzuli ekskursiya xizmati bir-biridan kamdan-kam alohida mavjud bo‘ladi. Masalan, tarixiy ma’lumotni me’moriy-shaharsozlik mavzusidagi ekskursiya xiz matida ham foydalanish mumkin. Tabiatshunoslik ekskursiyalari-ning elementlarini qariyib barcha ekskursiyalarda uchratish mum kin boMib, ekskursiyani o‘tkazish sharoiti, shahar yoki hududning resurslariga bog‘liqdir.
Qatnashuvchilar tarkibiga ko'ra ekskursiyalar quyidagilarga boMinadi:
kattalar va bolalar uchun;
mahalliy aholi va turistlar uchun;
shaharliklar va qishloq aholisi uchun;
guruhli va individual bo‘lishi mumkin.
Har bir guruh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ekskursiya ma’lumotlari, uslubi va texnikasi, davomiyligiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
‘tkazish joyiga ko ‘ra: shaharda, shahar tashqarisida, ishlab chiqarish korxonalarida, muzeyda, majmuali bo‘lishi mumkin.
Harakatlanish vositasiga ко ‘ra: piyoda yoki turli harakatla-nish vositasida bo‘lishi mumkin. Piyoda ekskursiya xizmatlari-
27
ning afzallik tomoni shundaki, unda harakatlanishning zaruriy tezligini ta’minlab, obyektlarni ko‘rsatish va hikoya qilishda qulay sharoit yaratish mumkin.
Transportli ekskursiya xizmati (asosan avtobusli) ikki qismdan iborat bo‘ladi: to‘xtash joyida ekskursiya obyektlarining tahlili(asosiy obyektlar) va obyektlar ora!ig‘ida tarixiy joylar va yodgorliklar tavsifi bilan bog'liq hikoyalardan iborat. Ba’zida ekskursiya xizmati amaliyotida suv va havo transportidan ham foydalanishadi. Ekskursiya xizmati davomiyligi bir akademik soatdan(45 daqiqa) bir sutkagacha bo‘ladi. Qisqa muddatli turlar-ni(l kundan 3-4 kungacha) dam olish kunlari marshruti ham deyi-shadi va uning tarkibida bir necha ekskursiya xizmatlari nazarda tutilishi mumkin.
0 ‘tkazilish shahliga ko‘ra ekskursiya xizmatlari quyidagicha bo‘iishi mumkin:
- ommaviy ekskursiya. Bunday ekskursiya xizmatlari qat-nashuvchilari odatda 10-15 ta avtobuslarda (har bir avtobusda alo-hida gid) bitta marshrut bo‘ylab bir vaqtda harakatlanadilar. Bun day ekskursiyalar ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar, folklor bayramlami o‘z ichiga olishi mumkin;
ekskursiya-sayr. Bunday ekskursiya xizmati odatda o‘rmonda, daryo va dengiz bo‘ylab o‘tkaziladi, o‘rganish va dam olish elementlarini o‘zida mujassamlaydi;
ekskursiya-konsert. Bunday ekskursiya xizmati musiqali mavzuga bag‘ishlanib, avtobus salonlarida musiqali asarlar ham
eshitiladi;
- ekskursiya-spektakl. Bunday ekskursiya xizmati adabiy-badiiy ekskursiya xizmatini o‘tkazishning shakli bo‘lib, badiiy adabiyotning aniq bir asari bo'yicha tayyorlanadi va h.k.
To‘g‘ri tasniflangan ekskursiya xizmati gidning ekskursant lar bilan ishlashini yengillashtiradi, uslubiy 1:o‘garaklar faoliyati uchun asos hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |