Mavzu: Hamid Olimjon --mohir publisist.
Reja:
I.Kirish.
II. Asosiy qism:
Hamid Olimjon hayot yo’li.
Hamid Olimjonning ijodidagi mahorati.
Adibning publisistika sohasidagi o’rni.
III. Xulosa.
Hozirgi zamon o’zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Hamid Olimjon, adabiyotimizning maydoniga Oybek, G’afur G’ulom, Uyg’un,Abdulla Qahhor, Komil Yashinlar bilan bir qatorda kirib keldi. Shoir o’zining ajoyib asarlari bilan adabiyotimiz xazinasiga salmoqli hissa qo’shdi.
Hamid Olimjon ijodi 20-yillardayoq adabiy tanqidchilik va adabiyotshunoslikning diqqatini o’ziga jalb etdi. Shoir ijodi haqida qator maqolalar va taqrizlar yuzaga keldi.Keyinchalik Hamid Olimjonshunoslik o’zbek adabiyotshunosligining o’ziga xos bir tarmog’i sifatida shakllandi. U yildan yilga o’sib, jiddiy yutuqlarga erishdi.Shu bilan birga, fanning bu tarmog’ida ayrim xato va kamchiliklarga ham yo’l qo’yildi.
Ma’lumki Hamid Olimjonning she’riyati 20-yillardayoq adabiy tanqidchilikda ijobiy baholandi.Shoirning birinchi to’plami—“Ko’klam”ga yozilgan so’z boshida “Nafis adabiyotimiz yana bir “Ko’klam” bilan bezaldi…”Ko’klam’’ asosan mazmun, qisman shakl bilan hozirning qo’shig’I bo’lishga haqlidir.Shoir mana shu hayotning vakili bo’lib maydonga chiqadir”,deb qayd etildi. Moskvalik tanqidchi V.Ermilov 1934-yilda “O’zbek nasri va nazmining o’sishi G’.G’ulom, G’ayratiy,Hamid Olimjon, Uyg’un, Oybek, Oydin, Hasan Po’lat va boshqalar bilan bo’ldi”, deb yozgan edi.
Biroq, 20-yillarda, xususan, 30-yillarda shoir asarlarini noto’g’ri talqin qilish, Hamid Olimjonni mayday burjua ta’siridagi ijodkor deb nohaq ayblash hollariga ham yo’l qo’yildi.Anqaboy Hamid Olimjon ijodida “mafkuraviy chatoqliklar” mavjud deb yozdi.R.Majidiy va A.Sa’diy uni mayday burjua ta’siridagi shoir sifatida xarakterladi.Oxir-oqibatda 1937-yil 2-noyabrda shoir millatchilarning “dumi” sifatida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zoligidan chiqarildi.Lekin haqiqat qaror topdi Hamid Olimjon yana uyushma a’zoligiga tiklandi.
Hamid Olimjon qisqa,lekin mazmunli va ibratli hayot kechirdi. U 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida tug’ildi.O’tmish hayotning achchiq qismatini boshidan o’tkazdi.
Hamid Olimjonning unib o’sishida pedakademiyaning(hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining) roli katta bo’ldi.Hamid Olimjon pedakademiyada Uyg’un, Oydin, Mirtemir, Jalol Ikromiy kabi yosh shoirlar bilan birga o’qidi.Dorulfunundagi adabiy muhit Hamid Olimjonning ijodiy takomilida katta ahamyatga ega bo’ldi.
Hamid Olimjonning ilk she’riy to’plami-“Ko’klam” talabalik chog’larining mahsuli bo’lib, unda zamon ruhi ufirib turadi.
Hamid Olimjon ijodiy ishini doimo faol jamoatchilik ishi bilan qo’shib olib bordi. Pedakademiyani bitirgandan so’ng, u 30-yillarda avvalgi gazeta va jurnallarda so’ngra O’zbekiston madaniy qurilish institutida ishladi. Badiiy asarlar yozish bilan birga ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi.Hamid Olimjonning 30-yillarda yozilgan “O’qish va o’rganish qiyinchiliklari”,”Yozuvchining saviyasini ko’taraylik”,”Adabiyotimizning tikka ko’tarilish davrida”, “Adabiyot va xalq”, “O’zbek xalqining adabiyoti” singari maqolalarida yangi adabiyotimizning nazariy va amaliy masalalari tekshirilib, hozirgi o’zbek adabiyotining taraqqiyot yo’llari va yo’nalishlari haqida bahs yuritilgan.
Hamid Olimjon sinchikov tadqiqotchi va iste’dodli olim sifatida 30-yillarda o’zbek mumtoz adabiyotini va xalq og’zaki ijodini tadqiq etishga ham alohida e’tibor berdi. “O’zbek xalqining ulug’ shoiri Navoiy”, “Navoiy va zamonamiz”, “Mardlik,muhabbat va do’stlik dostoni”, “Farhod va Shirin”, “O’zbek xalqining o’lmos shoiri haqida”, “Muhammad Amin Muqimiy” kabi jiddiy maqolalar yozdi.Bu maqolalarda mumtoz adabiyot va xalq og’zaki ijodining bebaho boylilari tahlil atilib, milliy qadriyatlarimizning o’ziga xos xususiyatlari va ibratli tomonlari adolatli ravishda ochib berilgan.
Hamid Olimjon jahon adabiyotni o’rganish va tashviq etish sohasida ham ancha ishlar qilgan. Uning “V.V.Maykovskiy haqida”, “Tolstoy va o’zbek xalqi”, “Salom Pushkin”, “Buyuk san’atkor”, “Jambulva xalq”, “Taras Shevchenko” kabimaqolalari turli millat adiblari ijodini teran bilishi va tahlil qila olishini namayon etdi.Bundan tashqari 30-yillarning ikkinchi yarmida uning “Daryo kechasi”, “Chirchiq bo’ylarida”, “O’lka”, “Baxt” to’plamlari maydonga keldi. Bu to’plamlarga kirgan poetik asarlarning aksariyati g’oyasining muhimligi, obrazlarning yorqinligi, tilning ravonligi va jozibadorligi bilan she’riyatimizda yangilik bo’ldi. Bu asarlar shoir ijodida yangi voqelik tasviri toboro chuqurlashib, obrazlilik, originallik va ta’sirchanlik kuchaya borganligidan dalolat beradi va she’rlarida yangi qurilish va mehnat mavzuini publisistik ko’tarinkilik va jo’shqinlik bilan kuylaydi.
Yangi hayot va yangi ahloqni kuylash Hamid Olimjonning 30-yillardagi ijodining asosiy g’oyaviy mazmunini tashkil etadi. Shoirning “O’lka”, “O’rik gullaganda, “Kuychining hayoli”, “O’zbekiston” singari she’rlarida ham yangi hayot zavqi mohirona ifodalangan, Shoir “Kuychining xayoli” she’rida zo’r iftixor bilan shunday deydi:
Endi qo’shiq hurdir, yuraklar bedog’,
Qaddini ko’tardi o’lka va odam.
Qo’shiqlar mo’l bo’lsin, tetik va quvnoq,
Ota, zamonimiz g’azalxon bir dam.
Hamid Olimjon “O’zbekiston” she’ridaaniq va tipik detallar, rang-barang tasvir vositalari yordamida quyoshli diyorimizning yaxlit obrazini yaratib, asar g’oyasini she’rning mag’zi-mag’ziga singdirib yuboradi. Mavzuni yoritishda tabiat manzaralari tasviridan mohirona foydalanadi. Darhaqiqat, “O’zbekiston” she’ri peysaj lirikasining nodir namunasi bo’lib, unda manzara asar g’oyasini badiiy yo’l bilan ochishga to’laligicha xizmat qiladi:
O’xshashi yo’q bu go’zal bo’ston,
Dostonlarda bitgan guliston.
O’zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
Chiroylidir go’yo yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin.
Qorli tog’lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida.
Chor atrofda yoyganda gilam,
Aso yo’qdir bundayin ko’klam...
Bu shundayin ajib daryodir.
Shoir O’zbekiston obrazini yaratar ekan, mavzuga xalqlar do’stligi nuqtai nazaridan yondashib, o’zbek diyorining tinchligi va obodligi xalqlar do’stligi va hamkorligining samarasidir, degan g’oyani asarning umumiy ruhiga singdirib yuboradi. Shunisi muhimki, Hamid Olimjon O’zbekiston mavzuini tasvirlashda asosiy e’tiborni, haqli ravishda, o’z mehnati bilan O’zbekistonning shuhratiga shuhrat nqo’shgan, uni baxtlar vodiysiga aylantirgan oddiy insonlarning ta’rifiga, ularning ajoyib fazilatlarini tasvirlashga qaratadi. Shoir O’zbekiston mahnatkashlari haqida dil so’zlarini izhor etar ekan, uning tilidan bol-shakar tomadi:
Botirlari kanal qazadi,
Shoirlari g’azal yozadi.
Kuychilari o’qiydi yalla,
Juvonlari aytadadi alla.
Pazandasi yopadi shirmon, qarilari kutadi mehmon.
Hamid Olimjonning “Baxtlar vodiysi”, “Chirchiq bo’ylarida”, “Daryo tiniq, osmon beg’ubor”, “Chimyon esdaliklari”, “O’rik gullaganda” kabi she’rlarida ham ota-Vatan obrazi o’z xalqiga muhabbat tuyg’ulari bilan uzviy birlikda namayon bo’ladi. Shoir lirikasining bunday namunalari “Qozog’iston” she’rida ham ochiq ko’rinadi.
Hmid Olimjon qaysi bir asarida Vatanimiz haqida qalam tabratmasin, doimo vatan go’zalligidan zavqlanib, hayajonlanib, yayrab va erkalanib yozadi.Shoir she’rlarining misralari g’oyat ravon, so’lim qo’shiq singari o’zi oqib kela beradi. Shoir she’rning har bir misrasiga, misraning har bir so’ziga shunday yoqimli ohang beradiki, o’qilganda go’yo xushxon hofiz ijrosida dilrabo, so’lim qo’shiq tinglaganday bo’lamiz. Shoir lirikasida bo’rtib ko’rinuvchi bu fazilat uning liro-epik asarlariga ham xos xususiyatdir. Masalan, shoirning “Ikki qizning hikoyasi”, “Zaynab va Omon” singari asarlarida lirik xususiyatlari bilan epos xususiyatlari uzviy qo’shilib ketgan va zo’r mahorat bilan ifodalangan.
Hamid Olimjon ertak-dostonlari kitobxonlarga estetik zavq berish bilan birga, yosh avlodni qahramonlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalaydi.
Shunday qilib, 20-yillarning ikkinchi yarmida izlanish va o’rganish davrini o’tagan Hamid Olimjon 30-yillarning ikkinchi yarmiga kelib poetik mahorat cho’qqisini zabt etdi. Lekin, bu ijodiy o’sish oson va silliq bo’lmay, murakkab tarzda kechdi. Shoir bu yo’lda turli g’ovlarga duch keldi.Darhaqiqat, Hamid Olimjon yashab ijod etgan davr—shaxsga sig’nish holati hukmronlik qilgan davr edi. Bu “ Davr adabiyot va san’atda madhiyabozlik, tantanavorlik, hayotning ko’proq yorug’ tomonlarini kuylash, hatto uni bo’yab ko’rsatish hukmron tendesiya bo’lgan payt edi”.Ana shu dardli, notinch davr, shubhasiz, Hamid Olimjon ijodiga ham salbiy ta’sir etdi. U ham hayotni ba’zan bir tomonlama, bo’yab-bezab, ortiqcha maqtab tasvirlashga majbur bo’ldi.
Umuman olganda, Hamid Olimjon 30-yillarda ham hayot haqiqatini real aks ettirish yo’lidan bordi, g’oyaviy-badiiy go’zal asarlar yozdi. Natijada 30-yillarning oxirida yirik shoir va jamoat arbobi sifatida tanildi. 1939-yilda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasining raisi qilib saylandi va bu mas’uliyatli lavozimda umrining oxirigacha hormay-tolmay va nihoyatda faol ishladi.
Vatan urushi davruda Hamid Olimjon ijodio’z taraqqiyotining yangi-yuqori bosqichiga ko’tarildi. Vatanparvar shoir jangavor davr talablariga hozirjavoblik ko’rsatib, bosqinchi yovlarga qarshi kurashga otlandi. O’z ijodinik ona-Vatan mudofaasi manfaatlariga bo’ysundirib, davr ruhi bilan sug’orilgan yetuk asarlar yaratdi.”Ona va o’gil” (1942), “Qo’lingga qurol ol”(1942), “Ishonch” (1943), she’rlar to’plamlarini nashr ettirdi.
Bu to’plamga kiritgan she’rlrning aksariyati harbiy vatanparvarlik lirikasining ajoyib namunasidir.
Shoir urushning birinchi kunida yozilgan “G’alaba qo’shig’i” she’rida fashistlar Germaniyasining mamlakatimizga qarshi boshlagan bosqinchilik urushini qattiq qoralaydi.Shu bilan birga, xalqimizning dushman ustidan g’alaba qozonishi muqarrar ekanligini ifodalaydi.Shoir xalq maqol va iboralaridan ustalik bilan foydalangan.
Hamid Olimjon lirikasida g’alabaga ishonch tuyg’ulari kurashga chaqiriq g’oyalari bilan uzviy birlikda namayon bo’ladi. Zotan, shoir gitlerchi bosqinchilarga qarshi olib borilayotgan hayot-mot urushining tub mohiyatini ochish bilan birga, xalqlarini bir tan, bir jon bo’lib yovga qarshi mardonavor jang qilishga chaqiradi.
Hamid Olimjonning urush davridagi ijodida Vatan obrazi o’zining butun borlig’i va to’laligi bilan yorqin ifodalangan.
Hamid Olimjonning harbiy lirikasi badiiy mahorat jihatidan ham yuksak darajada yozilgan. San’atkor she’rlarining lirizmning kuchliligi va bo’yoqdorligi bilan ajralib turadi. “Qamal qilingan shahar teppasidagi oy” she’rida shoir lirik qahramonni tabiat (to’lin oy)ga bevosita murojat qildirib, u bilan so’zlashtiradi. Shu orqali xalqimizning urush davridagi jangavor hayotini, orzu-istaklarini, g’alabaga ishonchini obrazli tasvirlaydi.Shoir she’rni:
Go’zal oy, senga bir gap
Demakka ko’p hayronman.
Bemahal to’lganingdan
Toza ham pushaymonman,
Deb boshlaydi. Voqae davomida shu pushaymonlikning sabablari ochib beriladi. Bunda shoir urush davridagi qiyinchiliklarni ro’yirost ko’rsatish yo’lidan boradi:
O’yin -kulgu bizda yo’q,
Yurakka dard yutganmiz,
Boshimizga g’am tushib,
Shodlikni unutganmiz.
Shoirning urush davridagi voqelikni bo’yab-bezab o’tirmasdan bor haqiqatni, elimiz bezovtaligi sabalarini ochiq yozishi asar realizmini ta’minlab, she’rning estetik ta’sir kuchini oshirgan. Ana shuday bor haqiqatni ro’yirost aks ettirish kayfiyati “Sharqdan G’arbga ketayotgan do’stimga”,”Qo’lingga qurol ol”, “Shinel” kabi she’rlarida ham ochiq ko’rinadi. “Shinel” she’rida dabdabali gaplar va ritorik so’roqlar yo’q. Shoir lirik qahramonning ichki kechinmalarini, uning shinel haqidagi dil so’zlarini soda va ta’sirli qilibv ifodalaydi. Shinel obrazi misolida uushni qoralovchi katta poetic mazmun yaratadi. Asarning g’oyaviy xulosasi zamon ruhiga mos. U o’quvchi qalbidaurushga qarshi nafrat uyg’otadi:
Agarda urushda o’lmay,
Uyimga qaytsam omon,--
Baribir, seni tashlab
Xo’rlamayman hech-qachon…
Urush davridagi hayot haqiqati va o’sha jangavor davr ruhi shoirning “Roksananing ko’z yoshlari”, “Jangchi Tursun” balladalarida ham yorqin aks etgan.
Ma’lumki, har bir adib ilk ijodini publisistikada faoliyat yuritish bilan boshlaydi. Hamid Olimjon ham ana shunday adiblardandir.
Hamid Olimjon 30-yillarda o’zbek mumtoz adabiyotini va xalq og’zaki ijodini tadqiq etishga alohida e’tibor bergan.Umuman olganda, Hamid Olimjon qaysi asrida O’zbekiston yoki qardosh o’lkalar haqida yozmasin, doimo hayot go’zalliklaridan zavqlanib, hayajonlanib, yayrab-yashnab va erkalanib yozadi.Shoir she’rlarining misralari g’oyat ravon, so’lim qo’shiq singari o’zioqib kelavergandek bo’lishi ham bejiz emas.U o’zining mana shunday asarlari bilan jangavor davr talablariga hozirjavoblik ko’rsatib, bosqinchi yovga qarshi kurashga birinchilardan bo’lib otlandi.Fashizmga qarshi uyushtirilgan mitinglarda yorqin nutqlar so’zladi O’zbekiston delegatsiyasi tarkibida Komil Yashin, Mirtemir va Zulfiya bilan birga Markaziy frontga bordi, dahshatli jang manzaralarini o’z ko’zi bilan ko’rib keldi.Va jangchilarga madad bo’lish, hamda vatanga bo’lgan muhabbat Hamid Olimjon lirikasida g’alabaga ishoch tuyg’ulari kurashga chaqiriq g’oyalari bilan uzviy birgalikda namayon bo’ldi.
Olov qalbli otashin shoir va yozuvchi Hamid Olimjon ayni zamonda zabardast olim- atoqli tanqidchi va adabiyotshunos edi.U Samarqandda Bilim yurtida o’qish yillaridayoq iste’dodli shoir, puplisist- journalist va adabiy tanqidchi bo’lib yetishdi. Bilim yurtining “Yosh tarbiyachi” devoriy gazetasi, oylik “Uchqun” jurnali va oblast gazetasi “Zarafshon” sahifalarida ilk she’rlari bilan bir qatorda publisistik va adabiy maqolalari bilan maydonga chiqdi. Pedagogika akademiyasida tahsil olish kezlarida esa Zarafshon gazetasi Komsomol bo’limini boshqardi va O’zbekiston milliy partiyasi Komiteti rahbarligi asosida tuzilgan birinchi o’zbek yozuvchilari uyushmasi—“Qizil qalam” jamiyatida ham badiiy ijodi bilan, ham jamiyat majlislaridagi munozaralarda aktiv qatnashishi, o’zbek adabiyoti yangiliklarini qattiq himoya qilishi, adabiyotdagi yot nazariyalarga qarshi kurashi bilan adabiy jamoatchilikka tez tanildi.
Hamid Olimjon oily ma’lumot olgandadan so’ng o’zbek adabiyoti tarixi va xalq og’zaki-poetik ijodini o’rganish yuzasidan jiddiy ilmiy-tadqiqotishlari olib bordi. U avvalo O’zbekiston madaniy qurilish ilmiy tadqiqot institutida o’zbek adabiyoti bo’limining mudiri va katta ilmiy xodim vazifasida; mazkur institute qayta tashkil etilib ,O’zbekiston fanlar komiteti qoshida Til va Adabiyot ilmiy tekshirish institute tuzilgandan so’ng, shu institute derektorining o’rinbosari va ilmiy xodim vazifasida ishladi.
O’z tanqidiy va ilmiy faoliyatining bu bosichida olim adabiyotdagi idealistic va formalistic qarashlarni uzil-kesil fosh etishda, o’zbek adabiy tanqidchiligi va adabiyotshunosligida davom etib kelayotgan vulgar sotsialistik xatolarni bartaraf etishda, adabiyot realizmning g’oyaviy-estetik prinsiplarini mustahkamlashda katta hissa qo’shdi.U “Yozuvchining saviyasini ko’taraylik”, “Sotsialistik realizmni egallash yo’lida”, “Adabiyotimizning tikka ko’tarilish davri” ,”Adabiyot va xalq” va hokazo maqolalarida materalistik estetika prinsiplarini propaganda qiladi; sotsiaiistik realism adabiyotining partiyaviyligi, xalqchilligi , haqqoniyligi, tarbiyaviy ahamyatini amaliy va nazariy jihatlarini asoslaydi; o’zbek adabiyotida bu prinsiplarning yuqori badiiy formada ifoda etilishi uchun kurashadi; adabiy asarlarni davrimiz talablariga qanchalik javob berishi, hayot haqiqatini porloq kelajak nurlari bilan yoritishi tomonidan baholaydi; sotsialistik hayot haqiqatini qizg’in qo’llab-quvvatlaydi. U “o’bek adabiyotining yo’li sotsialistik realism yo’li” ekanini “u kundan-kun turmushdagi haqiqatni to’g’ri va chuqur anglashga yaqinlashayotganini” isbotlatdi.
Hamid Olimjon yot mafkura qoldiqlariga va adabiy tanqiddagi har xil mexanistik qarashlarga qarshi o’t ochishi, “O’qish va o’rganishning qiyinchiliklari to’g’risida”, “Fosh qilish emas, xas-po’slash” (Uyg’un bilan birga yozilgan), “Fitratning adabiy metodi haqida” kabi asarlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu ishlarda adabiyotdagi turli—tuman yot qarashlarning sarqitlari fosh qilindi, badiiy obrazning sotsialistik voqelikka, yangilikning eskilik ustidan g’alaba qozonishga ta’sir etish kuchi ko’rsatib berildi, ayniqsa adabiy ijodini aql tarozisi bilan sira o’lchab bo’lmaydigan, onglilikka mutlaqo bo’ysinmaydigan, demakki partiya siyosatidan tashqarida bo’lgan hodisa deb tushinuvchi munaqqidlar marhamatsiz fosh etiladi; adabiyotdagi ekletik (qurqma) yo’nalishlarga, undagi men’shevistik ko’rinishlarga; vulgar sotsializmni oziqlantiruvchi, adabiyotning bavosita ishlab chiqarish jarayonidan, yozuvchi mansub bo’lgan sinfiy muhitdangina o’sib chiqishini, sinfiy psixika doirasini yorib chiqish imkoniyatidan yozuvchi mahrum ekanligini da’vo qiluvchi pereverzevchilik asoslariga zarba beriladi. Hamid Olimjon shaxsan o’lmas ilmiy tadqiqotlar barobarida tanqidchi va ilmiy kadrlar yetishtirish ishiga katta g’amxo’rlik qildi.
“Hamid Olimjon Uyg’un ijodiyoti bo’yicha qilgan ishim yuzasidan O’zbekiston yozuvchilar uyushmasida qilgan ishim yuzasidan O’zbekiston yozuvchilar uyushmasida qilgan dokladimni adabiy tanqid sohasidagi yutuqlar qatorida baholashi ko’nglimni tog’day ko’tarib , ilmiy ish bilan yanada jiddiy shig’ullanishga ruhlantirdi. “Bizning yutuqlarimiz,-- deb yozgan edi Hamid Olimjon bu haqda 1934-yilda, ayniqsa tanqid sohasida bo’lgan o’lik nuqtaning uo’qolishi va tanqidchilikdagi kattakon burilish bilan ham xarakterlanadi.
Hamid Olimjon, xuddi badiiy adabiyot singari, adabiy tanqid va adabiyotshunoslik oldida ko’ndalang bo’lib turgan dolzarb vazifalar nimaligini va qanday muommolarni hal qilish zarurligini tez payqab olar edi. U urushning eng og’ir yillarida ilmiy-ommobop, “o’zbek adabiyoti ocherki” yozishni menga ishonib topshirganida boshim osmonga yetib, undan benihoyat minnatdor bo;lgan edim. Afsuski, bu broshyura hajmi kattalashib ketib, o’sha vaqtda nashr etishdagi qiyinchiliklar sababli bosilmay qoldi”- deb yozgan edi, Homil Yoqubov.
Hamid Olimjon qisqa umri davomida publisistika sohasida ham ulkan ishlarni amalgam oshirgan desa xato bo’lmaydi.
Xulosa
Shunday qilib, Hamid Olimjon adabiyotimiz xazinasiga salmoqli hissa qo’shdi.
Hamid Olimjonning adabiyot sohasidagi xizmatlari munosib baholangan. Shoir 1939-yildayoq “Hurmat belgisi” ordeni bilan mukofotlandi.1943-yilda O’zbekiston fanlar akademiyasi tashkil etilishi bilanoq unga muxbir a’zo qilib saylandi.
Respublikamizda Hamid Olimjon nomini abadiylashtirish sohasida qator tadbirlar amalgam oshirildi. Ko’pgina maktablar, o’quv yurtlari, ko’cha va xiyobonlar Hamid Olimjon nomi bilan atalmoqda. Qarshi Davlat universitetiga, Toshkent metrosi bekatlaridan biriga, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasidagi adabiyotchilar uyiga Hamid Olimjon nomi berildi. Bu uyushma Hamid Olimjon nomida mukofot ta’sis etdi.Hamid Olimjon ijodi o’rta va oily maktablarning, shuningdek bi nech xorijiy tillarga tarjima etildi. Demak, Hamid Olimjonning serma’no va serjilo asarlari turli millatga mansub million-million kitobxonlar tomonidan o’qilmoqda.Shu bilan birga, uning hayot haqiqatini to’lib-toshib, samimiy muhabbat bilan tarannum etish sohasidagi ilhombaxsh an’analari Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripoiv, Omon Matjon, Oydi Hojiyeva, Usmon Azimov va boshqa iste’dodli shoirlar tomonidan muvaffaqiyatl bilan davom ettirilmoqda, ijodiy rivojlantirmoqda. Hamid Olimjonning baxti ham mangu tirikligi ham ana shunda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Mirzayev S, Shermuhammedov S. Hozirgi zamon oz’bek adabiyoti tarixi. T.:1993.
2.Karimov N. Hamid Olimjonning poeti maxorati. T.: 1964.
3.Karimov N. Hamid Olimjon. T.: 1980.
4.Azimov S.Abadiyat (saylanma 2-tom) T.: 1988.
5. Sen elimning yuragida yashaysan (Hamid Olimjon haqida esdaliklar)T.: 1973.
6.Mirzayev S. XX asr o’zbek adabiyoti.Toshkent. 2005.
7.Nafosat chashmasi (maqolalar) T. 1970.
Do'stlaringiz bilan baham: |