4
1-mavzu. «EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH» FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
1.1 «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanining maqsadi va vazifalari.
1.2 Ekskursiya xizmatining mazmuni va mohiyati.
1.3 Ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida.
1.4 Ekskursiya xizmati pedagogik jarayon sifatida.
1.1. «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanining maqsadi va vazifalari
Turizm iqtisodiy sohalar ichida daromad keltirishi bo‘yicha ye-takchi sohalardan biridir. Mamlakatimizda ham ushbu sohani rivoj-lantirish bo‘yicha ko‘pgina ishlar olib borilmoqda. Turizmning asosiy xizmatlaridan biri ekskursiya xizmati hisoblanadi. Mam-lakatga tashrif buyurgan turist eng awalo uning tarixi, madaniyati, ijtimoiy hayoti, tabiat resurslari bilan tanishishni, tomosha qilishni xohlaydi. Ekskursiya o‘zining ko‘rgazmaliligi, sermazmunligi, da-romadliligi, hissiyotliligi bilan insonlaming ruhiy qiyofasi shakl-lanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
«Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fani turizm sohasida ta’lim olayotgan talabalar uchun mutaxassislik fani sifatida ahami-yatlidir. Ushbu kursdan talabalar turizm sohasida ekskursiya xiz matlarini sifatli tashkil etishning texnika va texnologiyasi haqida zaruriy ma’Iumotlarga ega bo‘ladilar.
«Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanini o‘qitishdan maqsad-talabalami mamlakatimizning boy tarixiy merosi, ekologik-rekreatsion maskanlari, ishlab chiqarish obyektlari, ziyoratgohlar-da sifatli, xavfsiz ekskursiya xizmatlarini tashkil etish hamda ulardan turizm sohasida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar berishdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun fanning oldida quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
5
Ekskursiya xizmatining mazmun-mohiyatini tushuntirish. Ekskursiya xizmatining funksiyalari, xususiyatlari va ekskur
siya xizmatini tasniflashni o‘rgatish.
Ekskursiya rahbari - gidga qo‘yiladigan talablami o‘rgatish.
Ekskursiya xizmatini tayyoriash texnologiyasini o‘rgatish.
Ekskursiya obyektlarini tanlash va baholash.
Ekskursiya xizmati marshrutini tuzish va sinov ekskursiyasini o‘tkazish tartibini o‘rgatish.
Ekskursiya xizmatida obyektlarni ko‘rsatish usullarini aniqlash; Ekskursiya xizmatida obyektlarni hikoya qilish usullarini
aniqlash.
Ekskursiya xizmatining tashkiliy masalalari.
O‘zbekistonning tarixiy- arxitektura yodgorliklariga ekskursiya xizmatini tashkil qilishni o'rgatish.
O'zbekistonning ekologik hududlariga ekskursiya xizmatini tashkil qilishni o‘rgatish.
Turizmning maxsus turlariga ekskursiya xizmatini tashkil qi lishni o‘rgatish.
Ekskursiya xizmatida ekskursantlaming xavfsizligini ta’minlash.
Ekskursiya xizmatida birinchi tibbiy vordamni ко‘rsatish qoi-dasini o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |