Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


§ 5.4. Tijorat banklarining likvidliligini boshqarish usullari



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/165
Sana09.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#649289
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   165
Bog'liq
fayl 2019 20211007

§
5.4. Tijorat banklarining likvidliligini boshqarish usullari 
Bank likvidligini boshqarishning asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi: 
1.
Lahzalik, joriy va uzoq muddatli likvidlilikni taʻminlash va holatini tahlil 
qilib borish; 
2.
Qisqa muddatli likvidlilik bashoratini amalga oshirish; 
3.
Bankning likvidligiga salbiy taʻsir qilishi mumkin boʻlgan holatlarni 
tahlil qilish (mahalliy va xorijiy moliya bozorlaridagi holatni oʻrganish, 
bank omonotchilari va qarzdorlarining moliyaviy holatlarini doimiy tahlil 
etib borish va boshqalar); 
4.
Bank likvidlilik mablagʻlari ortiqchaligi
/
taqchilligini aniqlash; 
5.
Xorijiy valyutalar bilan bogʻliq operatsiyalarning bank likvidlilik 
darajasiga taʻsirini oʻrganish. 
Banklarda likvidlilikni boshqarishda uchta iqtisodiy (lahzalik, joriy va uzoq 
muddatli) meʻyordan foydalaniladi. Ular bank aktivlari va passivlarini muddatlari, 
summalari, turlari va boshqa jihatlari nuqtayi nazardan likvidlilikni taʻminlashda 
qoʻllaniladi.
Yuqori likvidli mablagʻlar bankning majburiyatlarini toʻxtovsiz, toʻliq va 
zudlik bilan bajarish imkoniyatini beradi. Biroq, ushbu mablagʻlar (hukumat va 
Markaziy bankning qimmatli qogʻozlariga joylashtirilgan mablagʻlar bundan 


51 
istisno) bankka qoʻshimcha daromad keltirmaydi, aksincha saqlash, tashish va 
xavfsizligi taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni talab etadi.
Banklarning past likivdli aktivlari zarur boʻlganda zudlik bilan bankning 
majburiyatini qondirish imkoniyatini bermaydi, shuningdek, ularni yuqori likvid 
mablagʻlar (naqd pul)ga aylantirish jarayoni ancha qiyin boʻlib, hatto, har doim 
ham buning imkoniyati boʻlavermaydi. Banklarning past likvidli aktivlari tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 
1)
Boshqa banklardagi mablagʻlari; 
2)
Berilgan kreditlar; 
3)
Investitsiya, lizinga va ijarga joylashtirilgan mablagʻlar; 
4)
Bino va inshoatlar. 
Bankning boshqa banklardagi mablagʻlari va berilgan kreditlarni yuqori 
likvidli aktivlarga aylantirish boʻyicha ikkilamchi moliya bozorlari amal qilmaydi, 
depozitlarga joylashtirilgan va berilgan kreditlarning muddatlari tugagandan soʻng 
bankka qaytariladi. Shundagina bank ulardan yuqori likvidli mablagʻlar sifatida 
foydalanishi mumkin, ayrim hollarda berilgan kreditlar va unga hisoblangan foiz 
toʻlovlari oʻz vaqtida qaytmasligi oqibatida bankning moliyaviy holatini battar 
ogʻirlashtiradi. 
Agar bank majburiyatlarni bajarish uchun yetarli darajada yuqori likvidli 
mablagʻlarga ega boʻlsa, u likvidligi taʻminlangan hisoblanadi. Biroq bu juda 
murakkab jarayon hisoblanadi, buning murakkabligi shundaki, birinchidan, jalb 
qilingan mablagʻlarning asosiy qismi likvid aktivlarga joylashtirilishi bankning 
likvidligini oshirishga xizmat qilsada, uning foyda darajasini pasayishiga sabab 
boʻladi.
Ikkinchidan, bank mijozlarning naqd pul va pul oʻtkazmalari boʻyicha 
ehtiyojlarini toʻliq aniqlash imkoniyati mavjud emas, shuningdek, bankning 
vakillik hisobvaragʻiga likvid aktiv sifatida kelib tushadigan mablagʻlar hajmini
aniq summasini rejalashtira olmaydi. 
Banklar likvid mablagʻlarni aktivlarni boshqarishning fond va taqsimlash 
usullari orqali taʻminlab borishlari mumkin, biroq jamiyatda roʻy beradigan koʻzda 


52 
tutilmagan holatlar unga bevosita va bilvosita taʻsiri natijasida likvid mablagʻlar 
bilan bogʻliq turli muammolar vujudga keladi. Xususan, moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozlar, mijozlarning bank tizimiga boʻlgan ishonchi va milliy valyutaning sotib 
olish qobiliyatini pasayishi, bank mijozlari moliyaviy barqaroroligining zaiflashuvi 
va boshqa holatlar shular jumlasidandir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank likvidligini taʻminlash uchun zarur 
boʻlgan mablagʻlar hajmini aniqlash juda qiyin. Bank likvid mablagʻlarga boʻlgan 
ehtiyojini baholash uchun juda yuqori aniqlikdagi bashorat koʻrsatkichlariga ega 
boʻlishi lozim. Ayniqsa, banklar kredit portfeli talab qilib olinguncha saqlanadigan 
depozit mablagʻlari hisobidan shakllantirilgan boʻlsa bankning likvidligini 
taʻminlash masalasi yanada murakkab boʻladi. 
Bu jarayonni quyidagi shartli misol yordamida koʻrib chiqamiz. Misolning 
tushunarli boʻlishi uchun bankning shartli bitta mijozining hisobvaragʻi boʻyicha 
amalga oshiriladigan operatsiyalarni olamiz
9
.
1. Bankning ―A‖ mijozi tomonidan sotilgan tovar moddiy qimmatliklari 
uchun bankdagi hisobvaragʻiga 100 mln. soʻm mablagʻ kelib tushdi va quyidagi 
buxgalteriya yozuvi amalga oshirildi: 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish