I. Fanning mazmuni
Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarning yangi alifbo imlo qoidalari, davlat tilida ish yuritish va mutaxassisligiga oid terminlarni bilishining ilmiy – nazariy asoslarini, hamda ularni ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qo‘llay olishni, ilmiy va ta’lim jarayoniga tatbiq qilishning ilmiy-metodik imkoniyatlarini yoritishdan iborat.
Fanning vazifasi – Talabalarni imlo qoidalari, ish yuritish hamda mutaxassislik terminologiyasi bilan tanishtirish.
II. Amaliy (seminar yoki laboratoriya) mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Amaliy mashgʻulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Davlat tili haqidagi qonun, va uning ijrosi. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlo qoidalari. O‘zbek adabiy tili, uning me’yorlari. Nutq uslublari.
2-mavzu. Ixtisoslik terminlari ustida ishlash.
3-mavzu. Ish yuritish tili va uslubi. Hujjat turlari va xususiyatlari: tarjimayi hol, ariza, bildirishnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma ma’lumotnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari.
4-mavzu. Hujjat turlari va xususiyatlari: tushuntirish xati, tilxat, hisobot, majlis bayoni, dalolatnoma, shartnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari.
IV. Mustaqil taʼlim va mustaqil ishlar
Mustaqil taʼlim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1-mavzu. “Davlat tilida ish yuritish“ fanining maqsad va vazifalari.
2-mavzu. O‘zbek adabiy tili me’yorlari.
3-mavzu. Nutqning uslubiy shakllari.
4-mavzu. Matn turlari va tarkibi.
5-mavzu. Hujjatchilikning tarixi va rivojlanishi.
6-mavzu. Ish yuritish hujjatlari va ularga qo‘yiladigan talablar.
7-mavzu. O‘zbekiston Respublikasida hujjatchilikning takomillashuvi.
8-mavzu. Hujjat turlari va ish yuritish asoslari.
9-mavzu. Ish yuritish tili va uslubi.
10-mavzu. Tashkiliy hujjatlar va ularni rasmiylashtirish.
11-mavzu. Farmoyish hujjatlari va ularning turlari.
12-mavzu. Ma’lumot-axborot hujjatlari.
13- mavzu. Shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi.
14-mavzu. Ish yuritishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari.
15-mavzu. Qadimgi turkiy til davri terminologiyasi.
16-mavzu. “Temur tuzuklari” asarida harbiy terminlarning qo‘llanilishi.
17-mavzu. Temuriylar davri terminologiyasi.
18-mavzu. Xonliklar davri terminologiyasi.
19-mavzu. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari terminologiyasi.
20-mavzu. Jadidlar davri terminologiyasi.
21-mavzu. Sho`rolar davri terminologiyasi.
22-mavzu. Mustaqillik davri terminologiyasi.
23-mavzu. Ruscha baynalmilal terminlar xususida.
24-mavzu. Arabcha terminlar haqida.
25-mavzu. Forscha-tojikcha terminlarga doir.
26-mavzu. Umumturkiy terminlar xususida.
27-mavzu. Atamashunoslik qo‘mitasi faoliyati haqida.
28-mavzu. Termin tanlash mezonlari.
29-mavzu. O`zbek terminshunoslari faoliyati haqida.
30-mavzu. Kalka –termin hosil qiluvchi vosita.
31-mavzu. Yozuv. O‘zbek xalqi foydalangan yozuvlar.
32-mavzu. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlo qoidalari.
33-mavzu. O‘zbek adabiy tili, uning me’yorlari.
34-mavzu. Ixtisoslik terminlari ustida ishlash.
35-mavzu. Hujjatchilik tarixi. So‘g‘d hujjatlari. Vasiqalar.
36-mavzu. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida harbiy terminlarning qo‘llanishi.
37-mavzu. Hujjat turlari va xususiyatlari: majlis bayoni, shartnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari.
38-mavzu. Hujjat turlari va xususiyatlari: dalolatnoma, Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari.
39-mavzu. Hujjat turlari va xususiyatlari: buyruq, farmoyish, ko‘rsatma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari.
40-mavzu. Hujjat turlari va xususiyatlari: e’lon va reklama, nizom, yo‘riqnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari.
41-mavzu. So‘z va termin. Terminologiya fani va uning rivojlanishi. Terminologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.Terminlar va ularni o‘rganish masalalari.
|