Samarqand davlat universiteti voris ahrorov menejment va marketing



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/77
Sana18.07.2022
Hajmi1,14 Mb.
#824573
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77
Bog'liq
33e6251e383d2a7e3c37cb88db94a0bb MENEJMENT VA MARKETING PSIXOLOGIYASI

Liberal uslubda
jamoada demokratik tamoyillar hukm suradi
xodimga butkul erkinlik beriladi, u o‘z xizmat vazifalarini belgilaydi va 
ijro etish vositasini tanlaydi, guruhda xulqni nazorat etish deyarli 
kuzatilmaydi. Bunday uslub yuqori ijodiy kuchga ega bo‘lgan va ishlab 
chiqarish jarayoni benuqson yo‘lga qo‘yilgan jamoada qo‘llanilishi 
mumkin. Ammo, bunday uslub noo‘rin qo‘llanilganda guruhning har bir 
a’zosi tashabbuskor bo‘lishi bilan birga, ularni ma’lum maqsad sari 
yo‘naltiruvchi kuch jamoada bo‘lmaydi, qabul qilingan qarorlar nazorati 
sust bo‘lgani uchun ular bajarilmay qolib ketishi ham mumkin. Natijada 
xodimlar o‘z mehnatidan va rahbariyatdan qoniqmaydi, ish samaradorligi 
past, jamoada hamkorlik yo‘q, bir-biri bilan kirishmaydigan guruhlarga 
bo‘linish ehtimoli ko‘payadi va guruhlararo ochiq yoki yashirin nizo 
yuzaga keladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan rahbarlik uslublari har bir rahbar faoliyatida 
u yoki bu darajada namoyon bo‘ladi va ayrim rahbarda bu uslublarga xos 
belgilar aniq ko‘rinsa, ikkinchisida sust ko‘zga tashlanadi. Ba’zi bir rahbar 
biron uslubga moyilligini anglasa, ikkinchisi o‘z xulqida aniq bir uslub 
belgilarini ajrata olmaydi. Shunga muvofiq ravishda psixologik 
tavsiyalarda rahbar shaxs sifatida uslubdan o‘zini ajrata olishi va uslubdan 
foydalanishni ixtiyoriy darajaga olib kela olishi maslahat beriladi. Aynan 
shunday qobiliyatga ega bo‘lmagan ayrim toifa rahbarlariga «tartibsiz 
(mantiqsiz)» boshqaruv uslubi xos deb aytish mumkin. Bunday rahbar bir 
uslubdan ikkinchisiga, ikkinchisidan uchinchisiga va aksincha harakatlarni 
pala-partish amalga oshiradi va o‘z xulqi bilan guruhdagi ziddiyatni 
yanada kuchaytiradi.
Zamonaviy 
yondoshuvlar.
Boshqaruv 
uslubiga 
an’anaviy 
yondoshuvdan tashqari qator zamonaviy g‘oyalar ham kirib keldiki, ularni 
bilish rahbarlik uslubini yanada ixtiyoriy idora etish imkoniyatini beradi. 
Shu munosabat bilan situativ, ya’ni vaziyatga oid rahbarlik uslubi haqida 
ma’lumot berib o‘tishni lozim deb topamiz. Bu g‘oya boshqaruv 


58 
sohasidagi olimlar P. Xersi va K. Blanded tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, 
boshqaruvning u yoki bu uslubini qo‘llash xodimlar va jamoaning 
psixologik rivojlanganligiga, kasbiy barkamolligiga bog‘liqdir.
Mualliflarning fikricha, mutaxassisning kasbiy malakasi qanchalik 
yuqori bo‘lsa rahbar uni shunchalik kamroq boshqarishi va hissiy jihatdan 
qo‘llab quvvatlashi talab etiladi va aksincha. Xodim qanchalik yuqori 
malakaga va ruhiy yetuklikka erishgan bo‘lsa, rahbarning nazorati va 
aralashuviga shunchalik kamroq zarurat tug‘iladi. Bunday yondoshuv 
asosida to‘rt darajali boshqaruv vaziyatlari farqlanadi va bu vaziyatlarning 
har biriga o‘ziga xos rahbarlik uslubi talab etiladi. 1-jadvalda mana shu 
darajalar tavsifi va ularga mos keluvchi rahbarlik harakatlari keltirilgan. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish