Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Marketing psixologiyasining maqsadi va vazifalari nimalardan
iborat?
2. Bozorni segmentlash deganda nimani tushunasiz?
3. Reklamaning paydo bo‘lishi bo‘yicha qanday ma’lumotlarni
bilasiz?
4. Reklamaning qanday turlarini bilasiz?.
Topshiriqlar:
1. Marketing psixologiyasiga oid adabiyotlarni to‘plang.
2. Marketingning asosiy tamoyillari va vazifalarini tahlil qiling.
3. Marketing (A.Soliyev, A.Usmanovlar tahriri ostida. – Т., 1997)
o‘quv qo‘llanmasi bilan tanishing.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
G’ulomov S.S. Menejment va biznes asoslari. Darslik. Toshkent.
1997. 352 b.
2.
Hayitov O, Ochilova G. Tadbirkorlik psixologiyasi. O‘quv
qo‘llanma. Toshkent. 2008. 144 b.
3.
Nosirov P, Abdullayeva Sh. Bozor iqtisodiyoti asosi. O‘quv
qo‘llanma. T.1994. 239 b
4.
Soliyev A, Usmanov A. Marketing. O‘quv qo‘llanma. T.1997. 167
b.
5.
G’ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. O‘quv qo‘llanma.
T.2002. 365 b.
111
XULOSA
Boshqaruvchilik yo‘nalishlariga e’tibor so‘nggi yillarda alohida
ahamiyat kasb etmoqda. Shu boisdan boshqaruvchi rahbar shaxslardan
mavjud sifatlarning umumlashmasiga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Universal boshqaruv sifatlariga ega bo‘lgan rahbar (ko‘p qirrali,
ko‘pyoqlama, keng ixtisosli, keng profilli) tashkilotlarda faoliyat
ko‘rsatadi. Bu ish uslubiga undan komillik hislatlarini talab qiladi, faqat
o‘z sohasinigina emas, balki borliq to‘g’risida bilimlarni, tushunchalarni
egallash taqozo etiladi. Ishlab chiqarishga oid bilimlardan tashqari, siyosat,
ma’naviyat, iqtisod, diniy ta’limot, yangi texnologiya yuzasidan muayyan
fikrga egalik uning universalligidan dalolat beradi. Xulq faoliyati va
muomalaning motivasion, emosional, irodaviy, kognitiv, regulyativ
jabhalarini egallash tufayli yuksak darajaga erishishi mumkin. Faqat mana
shundagina ideal timsol, nodir siymo sifatida qo‘l ostidagi kishilar
tomonidan idrok qilinadi. Hayajon, faxr, g’urur tuyg’ulari shakllanganligi
obektiv baholanishning ramzidir.
Boshqaruvda rahbarning biryoqlama, tor ixtisosli toifaga ega
bo‘lishi, uning o‘z sohasi, ixtisosi bilimdoni ekanligini gavdalantiradi. O‘z
mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilim, ko‘nikma, malakalarga ega
bo‘lishlik rahbarlik uslubini egallashga puxta negiz hozirlaydi. Tashkilot
faoliyatini takomillashtirish, jipslashlikni yuksaltirish, samaradorlikni
oshirish imkoniyati yetarli darajada bo‘lishi boshqaruvchi rahbar nufuzi
uchun yetarli emas. Har sohada fikr almashish va qo‘l ostidagilarga tavsiya
berish salohiyati unga qo‘shimcha obro‘-e’tibor keltiradi.
Boshqaruvning turli-tuman toifalari, ishlash uslublari mavjud bo‘lib,
ularning har qaysisidan unumli va maqsadga muvofiq ravishda foydalanish
jamoa a’zolari o‘rtasida shaxslararo munosabatni yuksaklikka ko‘taradi va
iliq ruhiy muhitni shakllantiradi.
Rahbarlarni
jamiyatimiz
ertangi
kunida
turli
sohalarda
boshqaruvchilik faoliyati bilan shug’ullanishlarida shart va lozim
bo‘ladigan sifatlarni shakllantirishga erishish lozim. Zero, jamiyatimizni
o‘z salohiyati bilan barchaga namuna rahbarlar boshqarsin.
Boshqaruvchilik
faoliyatining
muhim
sifatlarini
rahbarlarda
bugundanoq shakllantirish maqsadida ularning qiziqish, qobiliyat, layoqat
va imkoniyatlarini hisobga olgan holda turli mashg’ulotlar olib borish
lozimligi aniqlandi. Natijada rahbarlar kelajakda o‘z boshqaruvchilik
faoliyatini aniq rejalashga erishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Har bir
bo‘lg’usi rahbar boshqaruvchilik faoliyatini boshlashidan oldinoq o‘z
112
kelajagini rejalashtira olsa, demak faoliyatning samarali bo‘lishini
kafolatlash mumkin.
Shu o‘rinda boshqaruvchilik faoliyati bilan shug’ullanishni istagan
rahbarlarga quyidagi qobiliyat va sifatlarni o‘zlarida shakllantirishlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |