Samarqand davlat universiteti voris ahrorov menejment va marketing


 Tashkilot hayotining xodim motivasiyasiga ta’siri



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/77
Sana18.07.2022
Hajmi1,14 Mb.
#824573
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
Bog'liq
33e6251e383d2a7e3c37cb88db94a0bb MENEJMENT VA MARKETING PSIXOLOGIYASI

9. Tashkilot hayotining xodim motivasiyasiga ta’siri.
 
 
Tayanch iboralar: 
motivatsiya, ichki, tashqi, ehtiyojlar, tashkilot, 
shasiy, fiziologik, xavfsizlik, ijtimoiy, X nazariya, Y nazariya. 
Dars o‘tish vositalari:
o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, 
ma’ruza matni) bilan bir qatorda kompyuter va axborot texnologiyalari. 
Dars o‘tish usullari:
ma’ruza, muammoli ta’lim, aqliy hujum, blits-
so‘rov.

 
1. Boshqaruvda motivasiya tushunchasi. 
 
Xodimlarni motivasiyalash boshqaruv psixologiyasida katta o‘rin 
egallagan mavzulardan biridir. Afsuski, motivasiya so‘zining o‘zbek tilida 
to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjimasi mavjud emas va bu so‘z kundalik muloqotda 
kam ishlatiladi. Shu munosabat bilan motivasiya so‘zining psixologik 
mazmuni va boshqaruv amaliyotida qo‘llanish imkoniyati haqida 
gaplashamiz. Motivasiya motiv so‘zidan kelib chiqadi va biron harakat 
sababi ma’nosini anglatadi. Faoliyat asosi sifatida avval odamda u yoki bu 
ehtiyoj paydo bo‘ladi, shundan so‘ng ehtiyoj qondirilishi uchun harakat 
amalga oshiriladi. Aynan shu harakatga turtki bo‘luvchi ichki kuch motiv 
va ehtiyojni qondirish davomida ishga tushuvchi qator motivlar majmuasi 
motivasiya deb, ataladi. Boshqaruv sohasiga oid motivasiya - xodim yoki 
mehnat jamoasini tashkilot maqsadlari sari faoliyatga undash ma’nosini 
anglatadi.
Motivasiyaning ikki shakli farqlanadi:
1. Tashqi motivasiya
– xodimlarni ishga jalb etish va faoliyatga 
undash maqsadidagi tashkilot tomonidan amalga oshiriluvchi tadbirlar.


18 
2. Ichki motivasiya
– odamning biron yo‘nalish bo‘yicha faoliyatini 
ta’minlovchi o‘z xohishi, ehtiyoji va manfaatlari.
Albatta, 
samarali 
boshqaruv 
amaliyoti 
nuqtai 
nazaridan 
motivasiyaning ikkinchi shakli anchagina unumli va maqbul ko‘rinish kasb 
etadi. Xodimning biron faoliyatni o‘zi tanlashi, bu faoliyatga faollikni o‘zi 
qabul qilishi va maqsad sari yo‘nalishi har qanday rahbar uchun xavas 
qilishiga arzigulik tashkiliy masaladir.
Rahbar o‘z itoatidagi xodimni biron ishga qanday jalb etish, maqsad 
sari intilishini ta’minlash va boshlagan ishini oxirigacha yetkazish haqida 
o‘ylar ekan, bu yo‘nalishda turli uslublarga murojaat etadi. Kimdir 
xodimni motivasiyalovchi omil sifatida pul, moddiy mablag‘ degan 
tushuncha bilan yashasa, boshqa bir rahbar xodimning lavozimda
mansabda o‘sishi asosiy turtki deb qarashi, yana bir rahbar esa xodimni 
faollikka undash asosi sifatida ish shart-sharoitini yaxshilash va xodimga 
munosabatni ijobiylashtirish deb tushunishi mumkin. Albatta, ushbu sanab 
o‘tilgan omillarning hammasi turtki beruvchi kuch sifatida ishtirok etadi.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish