4. Boshqaruv psixologiyasining predmeti va vazifalari.
Ko‘rib o‘tganimizdek, boshqaruv psixologiyasi boshqaruv maqsadi
va vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv subyekti va obyekti
o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi. Mazkur munosabat
tizimining tashkiliy qismlari o‘zaro itoatdaligi bilan xarakterlanadi.
Tizim ichida amal qiluvchi itoat tamoyili boshqaruv fanida
subordinasiya deb ataladi va bu ibora orqali tizimning markazlashganligi
1
Базаров Т.Ю. Управление персоналом. М., 2002
15
nazarda tutiladi. Subordinasiyadan kelib chiquvchi munosabatlar tashkilot
xodimlari xulqida itoat va ijro etish shakllarini nazarda tutadi. Ammo,
boshqaruv amaliyoti nafaqat rahbariyat va itoatdagi xodimlar munosabati,
balki bir darajada turuvchi va toifasi jihatidan barobar tashkilot a’zolari
o‘rtasidagi munosabatlarni ham o‘rganadi.
Tizimning bunday qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zaro
muvofiqlashtirish, ular o‘rtasidagi hamjihatlik shakllarini yanada
mukammallashtirish koordinasiya tadbirlarida namoyon bo‘ladi.
Boshqaruvdagi subordinasiya va kordinasiya munosabatlari tashkilot
miqyosidagi vertikal va gorizontal aloqalarni ajratish zaruratini tug‘diradi.
Demak, vertikal aloqalar o‘zaro itoatdagi xodimlar o‘rtasida yuzaga
keluvchi munosabatlardan iborat bo‘lsa, gorizontal aloqalar o‘zaro
koordinasiyani, ya’ni tizimning teng va mustaqil qismlari o‘rtasidagi
munosabatlarni nazarda tutadi. Bundan tashqari, boshqaruv munosabatlari
o‘zining rasmiy va norasmiy ko‘rinishiga ham ega.
Rasmiy munosabatlar xizmat majburiyatlariga asoslanadi, norasmiy
munosabatlar esa tashkilot miqyosida xizmat qiluvchi xodimlar o‘rtasidagi
ixtiyoriylik va o‘zaro xohishga tayanadi. Shu munosabat bilan, boshqaruv
psixologiyasinig asosiy vazifalaridan biri yuqorida ta’kidlangan
munosabatlarni yanada mukammallashtirishdan iboratdir.
Boshqaruv psixologiyasining boshqa turkum vazifalari boshqaruv
metodlarini shakllantirish bo‘lib, ushbu tadbir tashkilotning samarali
faoliyatini ta’minlash maqsadidagi ta’sir etish imkoniyatlarini ishlab
chiqishdan iboratdir Tashkilot personaliga ta’sir etish uslublarini uch
guruhga bo‘lamiz: ma’muriy, moddiy va ma’naviy shakllarda ta’sir etish.
Bularning har birida ma’lum psixologik mazmun namoyon bo‘ladi va
boshqaruv psixologiyasi, fan sifatida, bu choralarning xodimga
ta’sirchanlik imkoniyatini tadqiq etadi.
Bunday ta’sir etish tadbirlari orasida xodimlarni motivasiyalash,
ya’ni bajaradigan mehnatga ishtiyoq uyg‘otish masalasiga katta e’tibor
qaratiladi. Boshqaruv obyektiga ta’sir etish uslublariga ko‘ra, uning
bevosita va bavosita ta’sir shakllari ajratiladi.
Boshqaruv psixologiyasi fanidagi asosiy tushunchalardan biri,
boshqaruv subyekti va obyekti masalasidir. Bevosita boshqaruv jarayonini
ko‘z oldimizga keltirsak, boshqaruv subyekti sifatida rahbarni, obyekt
tarzida esa xodimni va mehnat jamoasini tasavvur etishimiz mumkin.
Biroq, rahbar o‘z faoliyatini tashkil etishi va o‘z-o‘zini boshqarishi
uni nafaqat boshqaruv subyekti, balki obyekt sifatida ham tushunish
zaruratini qo‘yadi. Rahbarning kasbiy mukammallashuvi, o‘z-o‘zini
16
boshqarish malakalarini egallashi, tashkilot va xodimlar boshqaruvidagi
asosiy mavzulardan biriga aylanadi.
Yuqoridagi
fikrlardan
kelib
chiqqan
holda,
boshqaruv
psixologiyasining predmeti sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati
qabul qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |