59
VI-BOB. KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL G„OYALAR
MOHIYATI
6.1. J.B.Sey iqtisodiy qarashlari
XIX asrning boshida mumtoz siyosiy iqtisod
AQSH va Evropada keng
tarqalib alohida mustaqil fan darajasiga erishdi va universitetlarda o`qitila
boshlandi. Shu bilan birgalikda yetakchi Evropa davlatlari Angliya va Frantsiyada
ishlab chiqarish inqilobi yuz berib, xo`jalik yuritishning kapitalistik shakllari qaror
topa boshladi, va buning natijasida mo„ayyan ijtimoiy o`zgarishlar yuz berdi.
Burjuaziya va yer egalari bo`lmish dvoryanlar orasida
jamiyatda hukmronlik uchun
kurash tugayotgan edi va Shu bilan birgalikda, sobiq uchinchi
tabaqa vakillari va
burjuaziya orasidagi munosabatlar doirasida qarama - qarshiliklar kuchaya bordi.
Bir tomondan burjuaziya va kichik ishlab chiqaruvchilar, va boshqa tomondan esa
ishchilar, kichik ishlab chiqaruvchilar, yirik kapitalistik
ishlab chiqarish
korxonalari bilan raqobatchilikka bardosh berolmay, xonavayron bo`lishar edi.
Ishchilar sinfi, miqdoran oshar, ammo mo„ayyan huquqlarga ega bo`lmagan holda
yashash darajasi past va og`ir ish sharoitlariga ega edi. Ijtimoiy bo`linishning
Yangi shakllari mumtoz siyosiy iqtisodni bo`linishiga
olib keldi, ya`ni burjua,
kichik burjua va ijtimoiy guruh.
Mumtoz siyosiy iqtisodning umumiy belgilarini saqlab qolgan holda
(predmet,
ishlab chiqarish sohasi, narx boshlang`ich toifasi, narxning o`zi esa
ishlab chiqarish miqdori bilan belgilanadi), ular qator masalalar bo`yicha turli
fikrlarga ega edi (narx talqini mehnat yoki kapitalist xarajatlari bilan belgilanadi,
daromadlar talqini davlat iqtisodiy roli va realizatsiyadan
kelib chiqib talqin
etiladi). Bundan tashqari alohida iqtisodchilar nazariyasida ham, mo„ayyan farqlar
mavjud bo`lib, bu xol ular o`rtasida munozarali masala edi.
Frantsiyada Smit nazariyasi tarafdorlaridan birinchisi va mashhuri Jan Batist
Sey edi (1767-1832). Uning hayoti buyuk frantsuz inqilobi davriga to`g`ri kelib, bu
inqilob, frantsiyada kapitalizm rivojlanishi uchun keng yo`l ochib berdi. Sey
qalamiga mansub, ayniqsa, yirik asarlariga «Iqtisodiy siyosat traktati yoki boylik
shakllanishi, bo`linishi va iste`mol qilinish usulining sodda talqini» (1803),
«Siyosiy iqtisod katexizisi» (1817), va olti tomdan iborat bo`lgan «Siyosiy iqtisod
kursi» (1828-1830)larini kiritish mumkin. Ularda Sey
asosan Smit nazariyasiga
tayanib, ma`lum qo`shimchalar kiritdi. Bundan tashqari, mo„ayyan vaqt davomida
to`qimachilik fabrikasi hamkori bo`lib, amaliy tadbirkorlikdan ham xabardor edi,
va Shu sababli siyosiy iqtisodiyot bilan bir qatorda ilk marotaba sanoat iqtisodiyoti
kursidan dars ham o`tgan. Sey maktabi tarkibiga mashhur iqtisodchilar, F. Bastian,
F. SHeval`e, SH. Dyunuaelar ham kirgan.