Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Daromadning taqsimlanishi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/170
Sana31.01.2023
Hajmi1,88 Mb.
#905685
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   170
Bog'liq
d1c0a909228ef2039cb1a023dfc722fd IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI

Daromadning taqsimlanishi
. Mazkur muammo talqini sifatida Rikardo 
qiymatning mehnat nazariyasi tanlanishi sabablaridan biri sifatida tushuntiradi. 
Agarda qiymat mehnat tomonidan yaratilib, keyinchalik daromadlarga 
bo`linadigan bo`lsa, ulardan birining oshishi, boshqasining kamayishiga olib 
keladi. Agarda, qiymat xarajatlardan kelib chiqgan holda belgilanadigan bo`lsa, 
daromadlardan birining oshishi, boshqasiga ta`sir ko`rsatmaydi, ammo uning 
summasi, ya`ni bahosini oshirishi mumkin. Demakki, mehnat qiymatining 
daromadlarga bo`linishi sinflar orasidagi qarama- qarshilik asosida yotib, uni 
Rikardoning fikricha, siyosiy iqtisodning asosiy muammosi deb qabul qilish lozim. 
Mahsulotning qaysi qismi ish xaqi sifatida to`lanishi, daromad 
o`rganilishidagi nihoyatda muhim masaladir deb yozgan edi u. Bu holat, ish 
haqining katta yoki kichik bo`lishiga ayniqsa salmoqli katta ta`sir o`tkazishi 
mumkin. Rikardo antipatiyasi, bunda er egalari tomonidan daromad 
taqsimlanishini tadqiq etishga qaratilgan edi. Er egasi manfaati, - deb yozgan edi u, 
- jamiyatdagi istalgan boshqa sinf manfaatiga qarama - qarshi turadi. Bu kabi ish 
haqi va er rentasidan daromadga bog`liqligini Rikardo non qonunlari munozaralari 
jarayonida tilga olgan edi. Uning fikricha, tovar olib kelinish bojlari oshishi va 
mamalakat ichida non narxlari oshishi, nafaqat er egalari daromadining oshishiga, 
balki ishchilar tomonidan iste`mol qilinayotgan ne`matlarini predmetlar 


57 
qimmatlashishiga olib keladi. Demakki, kapitalistlarning ish haqi to`lashdagi 
xarajatlari o`sib, daromadlari kamayadi. 
Rikardoning fikricha, non protektsionistik non qonuniyatlari mavjud 
bo`lmagan taqdirda ham, er rentasi oshishi mumkin, Chunki qishloq xo`jaligi 
mahsulotlariga nisbatan talabning aholi o`sishi va er hosildorlik darajasi tushishi 
sababli oshishi, aylanmaga Yangidan - Yangi erlarni jalb etishga majbur etib, bu 
erlarning unumdorligi darajasi pastligi sababli katta miqdordagi mehnat 
xarajatlarini talab etadi. 
Rikardoning fikricha, jamiyat uchun zarur bo`lgan mehnat xarajatlari 
maksimal xarajatlardan kelib chiqgan holda belgilanishi sababli (sifat darajasidan 
past er uchastkalarida), boshqa uchastkalardagi fermerlar, nisbatan pastroq 
individual ishlab chiqarish xarajatlariga ega bo`lgan holda, o`z mahsulotini soha 
bo`yicha yagona narxlarda sotishga majbur bo`ladi, bu narxlar esa maksimum 
tayanganligi sababli, mazkur fermerlar yirikroq daromadga ega bo`lib, ularni 
Rikardo “differentsial renta” deb atagan, Chunki , ular oxir-oqibatida er egalari 
qo`liga kirib, ijaraning haqqi oshishiga olib keladi. 
Rikardoning fikricha, uchastkalar differentsiatsiyasi, kon sanoatida ham 
mavjud bo`lib, u erda ham differentsial renta yuzaga kelgan. 
Kapital
. Smitdan farqli o`laroq, Rikardo kapital tushunchasini nafaqat 
moddiy kapital zahirasi sifatida, balki qiymat aylanmasi sifatida qabul qilib, uning 
davomiyligini asosiy va aylanma kapital sifatida farqlagan.
Kapitalni tadqiq etar ekan, Rikardo shaxsan o`zi echa olmagan qarama - 
qarshilikka duch keldi. Bir tomondan, u narxni faqatgina mehnat xarajatlari bilan 
belgilagan bo`lsa, boshqa tomondan asosiy kapitalning elementlari bo`lmish 
texnika va boshqa elementlar qo`llanilishi, tovarning nisbiy narxi, tovar ishlab 
chiqarilishiga sarflangan mehnat miqdori bilan belgilanishi haqidagi printsipini 
mutlaqo o`zgartiradi. mazkur qarama - qarshilik, daromad muammosida namoyon 
bo`ladi. Qiymatning mehnat nazariyasiga muvofiq, u boshqa daromadlar qiymatiga 
bog`liq. Shu bilan birgalikda, Rikardo teng kapitalga teng daromad printsipi real 
iqtisodiyotda mavjudligini ham tan olgan. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish