170
dirijizmi o`ziga xos xususiyatlaridan birining natijasida davlat bo`ylab indikativ
rejalashtirish usullari qo`llanila boshlandi.
20. 3. «Ijtimoiy bozor xo`jaligi» Germaniya doktrinasi
Ikkinchi jahon urushidan so`ng dunyoda keynschilikni yetakchiligi va
davlatning keng nazorati g`oyalari doirasida, ayniqsa GFR ajralib chiqdi, zero
davlatda «Ijtimoiy bozor xo`jaligi» doktrinasi hukmronlik surar edi. Mazkur
doktrina asoslari urush o`rtalarida German ordoliberalizmi doirasida shakllanib,
uning boshida nemis iqtisodchisi institutsionalizm namoyandasi Val`ter
Oyken
(1891-1950) turgan edi. Uning asosiy g`oyalari, «Milliy iqtisodiyot asoslari»
(1940) va «Iqtisodiy siyosat asosiy printsiplari» asarlarida ilgari surilib, mazkur
kitoblar 1952 yilda muallif o`limidan so`ng nashr etildi. 1933 yildan 1945 yilgacha
Germaniyada natsional - sotsializm g`oyalari hukmronlik qilganligi sababli,
ordoliberalizm g`oyalari 1940-* yillarning oxirigacha keng tarqalmagan.
V. Oyken asosiy g`oyalari Shunda ediki, iqtisodiy tuzilish tasodifan
shakllanmaydi, va Shu sababli, tasodifiy ravishda shakllanishi mumkin ham emas.
Uning fikricha, iqtisodiy tizim, millat tomonidan uning madaniy, tarixiy, va
ma`naviy an`analariga muvofiq tanlanib, jamiyatda hukumatning maqsadli siyosati
yordamida belgilanishi kerak. Germaniya iqtisodiyotini o`ziga xosligini tadqiq etar
ekan V. Oyken birinchi navbatda natsizm siyosatini
markazlashtirishgan davlat
g`oyalari uchun tanqid qilgan. U hukumatning iqtisodiyotga aralashuviga qarshi
emas edi, ammo Shu bilan birgalikda, bunday tuzilish, Germaniyaning
protestantlik ma`naviy an`analariga zid ekanligini aytib o`tgan. Shu bilan
birgalikda, uning fikricha, Germaniya uchun liberal iqtisodiyot modeli ham mos
tushmaydi.
Uning tomonidan iqtisodiy hayotni tashkillashtirilishining uchinchi yo`li
taklif etilib, bu yo`nalish “iqtisodiy gumanizm” nomini oldi. Iqtisodiyotning
mazkur modeli besh asosda qurilgan:
1.
xususiy mulskning saqlab qolinishi;
2.
ochiq bozor
printsiplariga rioya qilish, aynan Shu holat davlat tomonidan
monopolizatsiya jarayonining qattiq cheklovini ko`zda tutar edi;
3.
erkin kelishuvlar printsipi - iqtisodiy liberalizm;
4.
o`z xo`jalik faoliyati uchun javobgarlik printsipi;
5.
jamiyatda kam ta`minlangan qatlamlarining resurslar adolatli taqsimlanishi
orqali ta`minlashga yo`naltirilgan keng ijtimoiy siyosat.
Iqtisodiyotning mazkur modelida davlatni roli, antimonopoliya siyosatini
amalga oshirish, bozorning eokin raqobatchiligini himoya qilish, hamda keng
ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish doirasida cheklangan.
171
1950-yillarda, ordoliberalizm g`oyalari ko`plab
nemis iqtisodchilari
asarlarida rivojlantirilgan. Ular orasida ayniqsa muhim ahamiyatga Al`fred
Myuller – Armak (1901-1978) asarlari e`tiborga molik bo`lib, mazkur muallif, V.
Oykenning uchinchi yo`li g`oyasini qo`llab, uning asosida iqtisodiy siyosat
kontseptsiyasini shakllantirdi va bu kontseptsiya iqtisodiyot fanida ijtimoiy bozor
xo`jaligi nomini oldi. Mazkur kontseptsiyaning asosiy holatlari, urushdan so`nggi
Germaniyada Lyudvig Erxard (1897-1977) siyosati sababli realizatsiya etildi, zero
Lyudvig Erxard o`sha davrlarda avval iqtisodiyot vaziri vazifasini, keyin esa
(1963-1966) GFR federal kantsleri vazifasida ishlagan. Real ravishda amalga
oshirilgan siyosat juda qattiq edi. Xususan davlat nafaqat o`yin qoidalarini
belgilaydi, balki investitsion jarayonlarda faol ishtirok etib,
ayniqsa daromadli
sohalarni qo`llab - quvvatladi (qishloq xo`jaligi, qurilish). Shu bilan birgalikda,
aholi kambag`al qatlamlarini qo`llab - quvvatlash nazariyada deklaratsiya
etilganidek keng emas edi. Umuman olganda, mazkur siyosat, iqtisodiyotning
uchinchi turini yaratishga qaratilib, mazkur tur, bozor xo`jaligini davlat ijtimoiy
dasturlari bilan bog`lashi kerak edi.
Iqtisodiy nazariya. 1940-1960-yillar davomida keynschilik, nafaqat
iqtisodiy
siyosatda, balki iqtisodiyot fanida ham yetakchilik qilar edi. Shu bilan birgalikda,
makroiqtisodiy nazariya ham faol ravishda rivojlanib kelayotgan edi: iqtisodiy
o`sish va iqtisodiy siklni turli modellari yaratildi. Iqtisodiyotning nomutanosib
holati sifatida, nafaqat pasayish fazasi, balki sikl fazalari ham ko`rib chiqildi.
Davlat antisiklik siyosati mexanizmlari rivojlanib, iqtisodiy kon`yunkturaga kredit
- pul va byudjet usullari ta`siri o`rganildi.
Keynschilik maktabiga ommaviylik bo`yicha ancha orqada qolgan
neoklasssik yo`nalish ham, rivojlanishda davom etdi. mazkur rivojlanishning
muhim yo`nalishlaridan biri, keynschilar tomonidan ilgari surilgan g`oyalarning
qayta ko`rilishi bo`ldi. Neomumtoz oqim ularni o`z nazariyasiga moslashtirishga
harakat qildi. Natijada, neomumtoz sintez kontseptsiyasi yaratildi (Dj. Xiks, P.
Samuel`son) uning vazifasi Shundan iborat ediki,
keynschilik nazariyaning
neoklasssik nazariya muhim qismlaridan biri sifatida ilgari surish bo`ldi.
Neomumtoz va kenyschilik nazariyalari iqtisodiyotningning turli yo`nalishlari
doirasida tadqiq etilganligi sababli, birinchisi to`liq bandlik holatini tadqiq etsa,
ikkinchisi to`liq bo`lgan bandlikni tadqiq etib, bunday sintez keynschilik
nazariyasi, neomumtoz nazariyasining xususiy holati sifatida o`rganilib, to`liq
bo`lmagan
bandlik
sharoitlarida
iqtisodiyotning
o`ziga
xos
holatiga
bag`ishlanadigan bo`lsa mumkin edi. Shunga o`xshash, har ikkala maktab amaliy
tavsiyalari ham sintezlashtirildi. Agar iqtisodiyot depressiv holatda bo`lsa,
keynschilik choralari qo`llaniladi. To`liq bandlik holati yuzaga kelishi bilan,
neomumtozlar tomonidan taklif etilgan retseptlar kuchga kiradi.
172
Marjinalistik yo`nalishlar rivojlanishi bilan parallel ravishda (neomumtozlar
va keynschilik) institutsional nazariya ham rivojlanishda ham davom etdi. 1940-
1960-yillar davomida mazkur yo`nalish iqtisodchilarini band qilgan asosiy mavzu,
ilmiy - texnik progress va u bilan bog`liq bo`lgan iqtisodiyotdagi institutsional
o`rganishlar bo`ldi, ya`ni mulkdorlik shakllari transformatsiyasi, iqtisodiy
hukmronlik
almashinuvi, yirik korporatsiyalar faoliyatidagi o`zgarishlar va
boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: