21.1.1-jadval
Sikl nomlanishi
Davomiyligi
To`lqinlanish sabablari
Kichik tsillar
2-3 yil
Aylanma
kapital
harakatlanishi
Katta sikllar
6-13 yil
Asosiy kapital harakati
Qurilish sikllari
17-18 yil
Qurilishda
kapital
harakatlanishi
Asr
davomida
siklik
to`lqinlanishlar
50 yildan 100 yilgacha
Ishlab chiqarishga Yangi
texnologiyalarni
tadbiq
etish
Buning natijasida sarmoyalar oqimi davom etib, haqiqatda ularning zarur
darajasiga erishilgan bo`ladi. Muvofiq ravishda, mo„ayyan muddatda ishlab
chiqarish o`sishi oshib tushadi. Bozorga kelib tushadigan mahsulot asta - sekinlik
bilan talabni qondira boshlagach, undan oshadi. Natijada bozorning mahsulotga
to`lishi, narxlar tushishi va sohadan kapitalning oqishi boshlanadi.
Ammo, kapitalning oqishiga bozor kechroq e`tibor qaratadi, Chunki ishlab
chiqarish darajasining real tushishi, yuksalish davrida yuzaga kelgan mahsulot
zahiralari bilan yashiriladi. Natijada, kapital qisqarishi jarayoni ham me`yoridan
ortiq bo`lib, mo„ayyan vaqtdan so`ng talab yana oshadi, va sikl qaytalanadi. Bozor
kechikish mexanizmini A. Xansen «kechikish va ildamlash» mexanizmi deb
ataydi. U mazkur tushunchani birinchi uch turdagi sikllar dinamikasini tushuntirish
uchun ilgari suradi.
A.Xansen yirik sikl modelini ham alohida ko`rib chiqgan. Mazkur modelda
siklik to`lqinlanish boshlang`ich nuqtasi sifatida avtonom investitsiyalarning
yuzaga kelishi deb biladi. Ularning avtonomligi Shundan iboratki, bozorning
mavjud kon`yunkturasi bilan bog`liq bo`lmay tashqi omillar tomonidan keltirib
chiqariladi: ilmiy - texnik taraqqiyot demografik portlash, Yangi konlar va bozorlar
topilishi. Avtonom iqtisodiy sarmoyalar mexanizmini tushuntirar ekan, A. Xansen
tahlilga keynschilikning matematik modellarini kiritadi.
Iqtisodiyotning ma`lum sohalarida investitsiya hajmi oshishi, mazkur sohada
daromadlar miqdori oshishiga olib keladi. Daromad o`sishi, mahsulot va
xizmatlarga nisbatan talab samaradorligini oshishiga olib kelib, bu holat aynan
iqtisodiyotning boshqa sohalarida daromadlar o`sishini keltirib chiqaradi. Natijada,
bir sohaga kiritilgan investitsiyalar, mazkur sohada o`sgan daromad miqdoridan
oshgan kattalik umumiy daromadi oshishini keltirib chiqaradi. Daromad
180
o`sishining kiritilgan investitsiyalarga bog`liqligini aks ettirish uchun, A. Xansen
tomonidan mul`tiplikator modeli kiritilgan.
Xansen nazariyasida, mul`tiplikator - bu bir birlikka nisbatan sarmoyalar
o`sishida umumiy daromad kattaligi qanday bo`lishini belgilovchi koeffitsientdir.
Uning tomonidan qo`llanilgan mul`tiplikator formulasi quyidagi ko`rinishga ega.
M=∆Y/∆Ia
Bunda DY- sarmoyalar o`zgarishi natijasida kelib chiqgan daromad
o`zgarishidir; D1a esa avtonom sarmoyalar o`zgarishi bo`ladi. Ammo, daromadlar
o`sishi, sarmoyalar hajmiga ham ta`sir o`tkazadi. Daromadning investitsiyalarga
ta`sirining mazkur samarasi, ilk marotaba 1909 yilda frantsuz iqtisodchisi A.
Aftal`on tomonidan tasvirlangan edi. Daromad o`sishidan investitsiya o`sishi
bog`liqligini bildiruvchi koeffitsient, akselerator nomini olib, quyidagi ko`rinishga
ega.
A=∆Is/∆Y
Bunda Is daromad o`sishi bilan keltirib chiqarilgan sarmoyalarning
rag`batlantirilgan ko`rinishidir.
Akselerator kattaligi iste`molga yo`naltirilgan Yangi daromad ulushi qanday
bo`lishiga bog`liq bo`ladi, ya`ni bunda masala, mazkur daromad samarali talabning
bir qismiga aylanishi yoki aylanmasligiga bog`liq. Keynschilik nazariyasiga ko`ra,
mazkur ulush hajmi, iste`molga nisbatan maksimal tayanishdan kelib chiqadi.
Har ikkala mexanizm mul`tiplikator va akselerator birlashtirilishi, iqtisodiy
o`sishning o`ta kumulyativ jarayonini keltirib chiqaradi. Sxematik jihatdan bu
jarayon sodda ko`rinishga ega.
Ia avtonom sarmoyalari mul`tiplikator ta`siri vorsitasida Y umumiy daromadi
o`sishini keltirib chiqaradi; Y o`sishi esa, o`z navbatida akselerator ta`siri orqali, Is
rag`bat o`zgarishlarini keltirib chiqaradi; Is o`zgarish mexanizmini harakatga
tushirib, buning natijasida Y keyingi o`sishi uchun sharoit yaratiladi. Taklif etilgan
akselerator - mul`tiplikator mexanizmi siklning oshiruvchan to`lqini qanday
yuzaga kelishini tasvirlaydi. R.Xarrotdan farqli o`laroq, A. Xansen, kumulyativ
jarayon tugatilish sabablarini tadqiq etgan. Bunda u bir - necha sababni ilgari
suradi. Birinchidan - avtonom investitsiyalar impul`sini tugashi. Ma`lumki, mazkur
impul`s, cheksiz emas.sarmoyalar effektivligi, demakki mul`tiplikator kattaligi
ham pasayish xususiyatiga ega, zero sarmoyalar kapital kiritmalari o`sishidan
o`zga narsa emas, buning oqibatida kapital kiritmalari o`sishi natijasida, maksimal
effektivlik darajasi tushib boradi.
Kumulyativ jarayonning ikkinchi sababi, yuksalish davrida foiz normalari
o`sishi bo`lib, buning oqibatida sarmoya tovarlarga bo`lgan narxlar oshadi.
Natijada sarmoya vositalari qimmatlashadi, ular keltiradigan daromad esa,
tushadi.uchinchi sabab Dj. M. Keyns asosiy psixologik qonuniyatini ta`siri bo`lib,
181
uning natijasida umumiy daromad o`sgani sayin iste`molchilik darajasi tushib
boradi. Natijada, talab samarasi pasayadi. Demak akselerator kattaligi ham
qisqaradi, zero u iste`molchilikka maksimal moyillikka to`g`ridan - to`g`ri
proportsional bo`ladi.
Mazkur uch sabablar ta`siri natijasida, iqtisodiy o`sish asta - sekinlik bilan
pasayadi. Avtonom sarmoyalar tugagach, daromad o`sishi to`xtaydi, bu holat esa
umumiy daromad pasayishiga olib keladi, zero mazkur soha bilan bog`liq bo`lgan
boshqa sohalar tovarlariga nisbatan talab chiqaradi. Umumiy daromad pasayishi,
akselerator – mul`tiplikator mexanizmini teskari yo`nalishda harakatlanish
mexanizmini yotadi. Iqtisodiyot pasayish bosqichiga o`tadi. Mazkur harakat,
Yangi avtonom investitsiyalar uchun kuchlar yig`ilmagunga qadar davom etadi.
Bundan tashqari qulash davrida iste`molchilikka nisbatan moyillik oshadi, va foiz
normasi tushib boradi. Bu esa, investitsion soha uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Antisiklik nazorat choralari. A.Xansen alohida e`tiborni iqtisodiyotning
antisiklik nazorat etish choralariga ham qaratgan. Mazkur choralarni u uch qismga
bo`ladi.
1. Kiritma stabilizatorlar ko`rinishidagi choralar, ya`ni bunday mexanizmlar
bir marotaba kiritilib, kon`yunktura o`zgarishlarini avtomatik ravishda bartaraf
etadi. Xususan Stabilizatorlarning mazkur turiga xususan progressiv daromad
solig`i ham kiradi. Agar iqtisodiyot, ko`tarilish davrida bo`lsa, aholi daromadlari
oshadi. Ammo, progressiv solig`i ta`siri sababli, iqtisodiyotdan soliq ko`rinishida
olinadigan daromadlar ulushi ham muvofiq ravishda orshib boradi. Shunday qilib,
davlat, alohida choralarni kiritmagan va qo`llamagan holda, samarali talab
o`sishini cheklash va iqtisodiy o`sishini sekinlashtirish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Choralarning ikkinchi turi - avtomatik ravishda amal qiluvchi qarshi
choralardir. Mazkur choralar, iqtisodiyot tomonidan mo„ayyan bosqichga
erishilishi bilan kelishilmagan qo`shimcha kelishuvlarsiz qo`llanila boshlanadi.
Ular kiritilishi lozim bo`lgan davrni aniqlash uchun, indikatorlar tizimi
qo`llaniladi. Xususan, ishsizlikning mo„ayyan darajasi belgilanib, uning o`sishi,
iqtisodiyotning depressiya bosqichi sifatida ko`rib chiqiladi, va muvofiq choralar
ko`rish lozim deb hisoblanadi. Iqtisodiyot yuksalish holatiga kirishini aniqlash
imkoniyatini beruvchi signal sifatida inflyatsiyaning mo„ayyan darajasi
belgilanadi. Mazkur darajaning oshishi, iqtisodiy kon`yunktura pasaytirilishi uchun
qarshi choralarni amalga oshirish zaruratini keltirib chiqaradi.
A.Xansen tomonidan ko`rib chiqilgan avtomatik ravishda amal qiluvchi
kontrchoralar asosan kredit - pul tavsifiga ega bo`ladi. Ularning sirasiga foiz
normasi, soliq stavkalari, davlat obligatsiyalarini sotib olish va sotish, davlat ssuda
va zayomlari miqdorlarini oshirish kiradi. Mazkur choralar ordinar choralar
182
sifatida ko`rib chiqilib, uchinchi turdagi choralardan farqli o`laroq, parlament bilan
kelishishni talab qilmaydi.
Choralarning uchinchi turi, boshqariluvchi dasturlardir. Bunda so`z iqtisodiy
kon`yunkturaning byudjet nazorati haqida ketib, davlat xarajatlarini kamaytirish
yoki oshirish orqali samarali talab darajasiga ta`sir etish ko`rinishida bo`ladi.
Mazkur choralar, faqatgina o`ta zarur holatlarda qo`shimcha kelishuvlardan so`ng
qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |