134
zaruriyatlari haqidagi g`oya keng tarqala boshladi. XIX asr oxiri – XX asr boshida,
davlatning xo`jalik hayotiga aralashuvi faqatgina antimonopoliya choralari, hamda
qisman mehnat bozorini nazorat etish (ish kunini qisqartirish, eng kam oylik
haqqini belgilash) bilan cheklanib kelgan. Ammo bu choralar, mumtoz aniq
iqtisodiyot mustaqilligi haqidagi iqtisodiy nazariya qonuniyatlariga qarshi chiqar
edi. Davlatdan faqatgina monopoliyalar o`sib ketishi, va nisbatan aholi alohida
tabaqalariga nisbatan mazkur mexanizmni yumshatish talab qilinar edi.
XX asr boshi iqtisodshiy jarayonlari, XIX asr davomida hukmronlik surgan
iqtisodiy liberalizm printsiplari tanqid ostiga olinishiga olib keldi. 1930-yillarning
o`rtalariga kelib, davlat aralashuvining printsipial ravishda Yangi kontseptsiyasi
shakllandi. U iqtisodiyot
depressiv holati tahlili, hamda bozor tizimi mutloq
samaraliligi g`oyasini (jamoatchilikka zarur bo`lgan tovarlar ishlab chiqarilish
masalasi) tanqidi bilan bog`liq iqtisodiy nazariyada jiddiy o`zgarishlarni olib keldi.
Bozor resurslarning samarali ravishda taqsimlanishi bilan ham asosiy iqtisodiy
ko`rsatkichlarni muvozanat holatiga keltirish bilan ham Shug`ullanmayotganligi
haqidagi tezis, davlatning bozor harakatlarini tartibga solish uchun aralashuvi
zarurati haqidagi xulosani keltirdi. Aynan Shu g`oyalarni jamoatchilik ravnaqi
nazariyasi (A. Pigu), institutsionalistlar va keynschilar, hamda stokgol`m maktabi
g`oyalari ham ilgari surishgan.
Umuman olganda, iqtisodchilarning fikri uch guruhga bo`lindi. yuqorida
tilga
olingan birinchi guruh fikri, davlatning iqtisodiyotga faol aralashishi
tarafdorlari edi. Iqtisodchilarning boshqa qismi, erkin iqtisodiyot mumtoz
printsiplari tartiblari tarafdorlari bo`lishib, iqtisodiyotning istalgan turdagi
markazlashishi va davlat tomonidan nazorat etish tarafdorlari, ayniqsa neoavstriya
maktabi namoyandalari orasida kuzatildi. Xususan, bu fikrlarni Lyudvig fon Mizes
va Fridrix fon Xayeklar ilgari surishgan. 1920-yilda L. Mizesning birinchi
maqolasi nashr etilib, unda muallif Avstriya liberalizmi asoslarini belgilab berib,
rejaviy tizim cheklovlarini tahlil etgan. 1927 - yilda «Liberalizm» kitobini yozib,
unda o`z tanqidlarini davlatning iqtisodiyotga
aralashuviga qaratib, bu holatni
butun bozor tizimi dezorientatsiyasiga olib keluvchi bozor signallari buzilishi deb
talqin qilgan. Shu munosabat bilan, u o`z davridagi hukumatlarni etarli darajada
liberal emasliklarida ayblagan. 1930-yillarda, uning tarafdori F. Xayek mazkur
g`oyalarni rivojlantirib, bozor iqtisodiy agentlarga o`z harakatlarini to`g`ri
yo`naltirish imkoniyatlarini breuvchi signallar tizimiga ega ekanligini isbotlashga
harakat qilgan. Bozorni reja bilan almashtirilishi, bozorning o`zgarishi narx
axboroti va iqtisodiyot balansi buzilishiga olib kelishini aytib o`tgan.
Shu bilan birgalikda, iqtisodchilarning uchinchi guruhi ham paydo bo`lib,
ular «liberalizm» doirasida
qolgan holda, mazkur g`oyaga mo„ayyan o`zgartirishlar
ham kiritishdi. Mazkur oqim keyinchalik «neoliberalizm» nomini olgan. Bu oqim
135
XX asrning 30- yillarida paydo bo`ldi. Uning doirasida, London maktabi
iqtisodchilari (xususan Layonell Robbins (1898-1984)), qator frantsuz
iqtisodchilari (Al`ber Aftal`on, Moris Alle (1911)) va boshqalar, hamda nemis
iqtisodchilari, Frayburg maktabi namoyandalari (Val`ter Oyken (1891-1950),
Vilgel`m Ryobke (1899-1966), Aleksandr Ryustof (1885-1963) kabi olimlar
faoliyat yuritishgan. Mazkur iqtisodchilar turli nazariy maktab tarafdorlari bo`lib,
faqatgina
davlatning
iqtisodiyotdagi
roli
masalasidagi
qarashlari
bilan
birlashishgan. Shu sababli, neoliberalizm,
iqtisodiy nazariya emas, davlatning
iqtisodiyotni nazorat etish kontseptsiyasidir. O`z harakatlarini birlashtirish
maqsadida, neoliberallar qator anjumanlar tashkil etishib, ulardan birinchisi 1938
yilda Parijda o`tkazildi (Lipmann kollokviumi). Mazkur anjumanda neoliberalizm
iqtisodiy dasturi ishlab chiqildi.
Neoliberal yo`nalish mazmunini belgilab bergan asosiy g`oya erkin
iqtisodiyot bozorni samarali faoliyati zarur sharti bo`lib, xo`jalik yuritish liberal
tizimining saqlab qolinishi esa, davlatning mo„ayyan choralar ko`rishi sharoitida
mumkinligidir. Shu sababli, mazkur oqim namoyandalari
laises-faire mumtoz
liberal printsipiga qarshi chiqishgan. Ularning fikricha, bozor mexanizmlari
birinchidan, erkin tizim ishlab chiqarilishini ta`minlab bera olmaydi
(monopolizatsiyaga qaratilgan oqimlar paydo bo`lib tizimning vaqtinchalik
muvozanati buzilishiga olib keladi), ikkinchidan esa, daromadlar taqsimlanishining
samarasiz tizimini shakllantiradi (aholining himoyalanmagan tabaqalari iqtisodiy
hayotdan tushib qolib, qator iqtisodiy jihatdan effektiv sohalar, masalan fan
rivojlanmay qoladi). Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish uchun, aynan mana Shu
kamchiliklar bartaraf etilishi uchun ham davlat aralashuvi zarurdir.
Davlatning birinchi majburiyati erkin iqtisodiyot
institutsional tizimini
yaratishdir. Mazkur institutsional tizim, tarkibiga qator tovar va kapitallarni erkin
harakatlanishini ta`minlovchi qonunni oladi, xususan antimonopoliya choralari,
hamda kichik tadbirkorlikni qo`llab - quvvatlash. Bundan tashqari davlat vazifalari
tarkibiga u yoki bu iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik va jismoniy sabablarga ko`ra
erkin bozor sharoitlarida teng ravishda faoliyat yurita olmaydigan aholi
qatlamlarini qo`llab - quvvatlash ham kiradi. Shu bilan birgalikda, davlat aholining
samarali iqtisodiy harakatlarini ham qo`llashi zarur (aholi soni ortishini qo`llab -
quvvatlash, ishlab – chiqarish mehnati o`sishini quvvatlash, ilmiy tadqiqotlarni
moliyalashtirish).
Shunday qilib, neoliberalizm mumtoz liberalizm va dirijizm orasidagi o`rta
nuqtani egallaydi. Bir
tomondan, u bozor mexanizmlarining to`la avtonomiyasiga
va davlatning faqatgina qorovul roliga qarshi chiqadi, boshqa tomondan, u
mo„ayyan davlat siyosati vositasida erkin iqtisodiyot tizimini saqlashga harakat
qilib, erkin bozor iqtisodiyot tizimini nafaqat samaradorlik asosi, balki jamiyat
136
siyosiy va fuqarolik erkinligi asosi sifatida qabul qiladi. Neoliberallar davlatni
futbol maydonidagi hakam sifatida ko`rib chiqib, garchi sud`ya o`yinda bevosita
ishtirok etmasada, o`yin qoidalariga rioya qilishni kuzatib boradi.
Uzoq
muddat davomida, neoliberalizm oppozitsiyada bo`lgan, Chunki XX
asrning 30-yillari boshidan, 60- yillari oxirigacha, davlatning iqtisodiyotdagi roli
kuchayishi tendentsiyasi kuzatilgan. Faqatgina urushdan so`nggi Germaniyada
markazlashtirilgan natsizm tizimi qulashidan so`ng liberalizm o`sishi, neoliberallar
g`oyalari ijtimoiy bozor xo`jaligi amalga oshirayotgan ijtimoiy siyosatida o`z
aksini topdi. Dunyo bo`yicha esa, neoliberalizm XX asrning 70-80 yillariga
kelibgina, keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: