Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati:
1.
Бейтон А., Долло К., Дре А.М., Казорла А. 25 ключевых книг по
экономике. Челябинск, 1999.
2.
Веблен Т. Теория праздного класса. М., 1984.
3.
Всемирная история экономической мысли. Т. 2-4. М., 1988-1990.
4.
Зомбарт В. Буржуа. М., 1994.
5.
Кондратьев Н.Д. Проблемы экономической динамики. М., 1989.
6.
Селигмен Б. Основные течения современной экономической мысли.
М., 1968.
7.
Тюган - Барановский М.И. периодические промышленные кризисы. М.,
1997.
8.
Хансен А. Экономические циклы и национальний доход // Классика
кейнсианства: В 2 т. М., 1997.
9.
Шумпетер Й.А. История экономического анализа: В 3 т. СПб., 2001.
129
XV-BOB. NEOLIBERALIZM G„OYALARINING MOHIYATI VA
AHAMIYATI
15.1. XX asrda iqtisodiyot fanining rivojlanishi
Davr tavsifi
. XX asr 20-30- yillarida iqtisodiyotda bir qator o`zgarishlarni
`o`lishiga sabab bo`ldi. Birinchidan, yirik kompaniyalar katta ahamiyatga ega
bo`lib, ular bozorda monopol hukmronligiga erishishdi. Butun iqtisodiy zanjir
bo`ylab yirik firmalarning harakati nazorat o`rnatishga ishlab chiqarishning
boshlang`ich bosqichidan sotilishgacha tadbirkorlikning korporativ formalarining
rivojlanishiga olib keldi. Yirik firmalar va uyushmalarning harakatdagi agentlari
bo`lgan bozor, erkin raqobatchilik modeliga muvofiq bo`lmay qoldi va aynan Shu
sharoitlarda neomumtoz nazariya ham rivojlana boshladi.
Ikkinchidan, xo`jalik hayotida davlatning mavqei oshdi. Shuningdek,
mazkur davr g`arb mamlakatlari urushdan keyingi rivojlanish davri hamdir.
Urushlar davomida, davlatning bevosita iqtisodiyot ustidan nazorati kuchayadi.
Bundan tashqari, qator tarixchilar fikricha, insoniyat tarixida ilk marotaba, mazkur
urush davomida, g`alaba harbiy qo`mondonlar talantiga emas, mamlkatlar iqtisodiy
kuchiga, hukumatlarning ishlab chiqarish resurslarini akkumulyatsiya qilish va
ularni armiya ehtiyojlariga yo`naltirishiga bog`liq bo`ldi. Mazkur maqsadda
urushda qatnashayotgan mamlakatlarda, ishlab chiqarish va narxlar ustidan nazorat
tizimi o`rnatilib, hukumatning ishlab chiqarish jarayonidagi to`g`ridan - to`g`ri
qatnashishi kengaydi. Urushda qatnashayotgan ko`plab Evropa mamlakatlari
iqtisodiyotidagi davlat xarajatlari ulushi, 50%dan ortib ketdi. Urushdan so`ng,
hukumatning iqtisodiyotga aralashish hajmlari qisqardi, ammo davlatning
iqtisodiyotni tiklash dasturlari saqlanib qolindi.
Shu bilan birgalikda birinchi jahon urushidan so`ng Evropa mamlakatlarida
siyosiy tizim ham o`zgarishiga sabab bo`ldi. Rossiyada inqilob natijasida,
sotsialistik davlatchilik shakllanib, u davlatning hukmronligiga asoslandi. 1930-
yilga kelib esa, bu holat direktiv rejalashtirish formasini ham qabul qildi. Shu
davrning o`zida, Germaniya, Italiya va Ispaniyada fashistik diktatura hukmronligi
qaror topib, ular iqtisodiyot korporativ tashkillashtirilishi va davlat nazoratiga
asoslangan bu holat bozorda xususiy mulk saqlanib qolingan taqdirdagina imkoni
mavjud edi.
Ko`rib chiqilayotgan davrning yana bir jihati, 1929-1933- yillar davomida
kuzatilgan inqirozdir. O`zining shakllanish davri bo`yicha u siklik bo`lib, mazmun-
mohiyati va davomiyligi bo`yicha boshqa inqirozlardan farq qildi. 1929-yil kuzida
fond bozori inqirozga yuz tutishi, bankrotlik to`lqini, mamlakatning oltin
standartidan voz kechishi, va valyuta kurslari o`zgarishi, narxlar tushib ketishi,
jahon bozori hajmlari qisqarishi, ishlab - chiqarish, bandlik, daromadlar darajasi
130
qisqarishi, bularning barchasi 1930-yil boshida ko`plab g`arb mamlkatlari
iqtisodiyoti yuz tutgan chuqur iqtisodiy qulashning asosiy qismlari edi. Mustaqil
ravishda bozor mexanizimining yuzaga kelgan muammolarni hal etishga qodir
emasligi, ko`pchilik yetakchi davlatlar hukumatini global davlat nazorati tizimiga
o`tishga majbur qildi (AQSHda F. Ruzvel`tning Yangi iqtisodiy siyosati kursi,
Germaniyadagi natsistik iqtisodiy siyosat va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |