126
3.
ko`tarilish fazasi boshida, ommaviy ravishda texnik kashfiyotlar tadbiq
etilishi kuzatiladi;
4.
ko`tarilish fazalari qulash fazalaridan farqli o`laroq, ijtimoiy hodisalarning
yirik miqdori bilan tavsiflanadi;
5.
qulash fazasida, ayniqsa qishloq - xo`jaligi ko`proq aziyat chekadi;
6.
o`rta va kichik sikllar yirik sikllarga boy bo`ladi. Bu holat, ayniqsa yirik sikl
ko`tarilish fazasida namoyon bo`lib, buning sababi ko`tarilish fazasi
davomida, qulash fazasi kuzatilishidir.
7.
Kondrat`ev yirik sikllar mexanizmi haqida ham mo„ayyan gipotezalarni
ilgari surgan.
U boylik va investitsiyalar o`zaro faoliyati haqidagi Tugan – Baranovskiy
sikllari nazariyasini qo`llagan, ammo Shu bilan birgalikda, mazkur siklning u yoki
bu bo`g`inini sikl sababi sifatida qabul qilib bo`lmasligini ham ta`kidlagan.
Keyingi davrlarda, Marshall va Val`rasning muvozanat haqidagi g`oyalarini
qo`llagan holda, Kondrat`ev birinchi tartib muvozanatidan keyingi tartib
muvozanatlariga o`tish sikli vaqtida o`tuvchanlik sxemasini ham ilgari surgan.
Birinchi tartib muvozanati deb, u ishlab - chiqarish quvvatlari va zahira
tovarlariga ta`sir etishi mumkin bo`lgan talabni ortishi va o`zgarishi mumkin
bo`lmagan taklif hajmi, hamda ishlab chiqarish sharoitlari o`zgaruvchan davrini
aytgan. Keyinchalik ikkinchi tartib muvozanati sifatida, u asosiy kapital zahiralari
hisobiga iste`mol predmetlarini ishlab chiqaruvchi sohalarda ishlab chiqarishni
kengayishi natijasida belgilanishini tushungan.
Keyingi davrlarda ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish sohalarida
sanoat kengaya borib, bu holat iste`mol predmetlari ishlab chiqarilishi hajmiga
ta`sir etadi va «Uchinchi tartib muvozanati» ni belgilanishiga olib keladi.
Kondrat`evning yozishicha, aynan Shunday xolda kon`yunkturaning yirik sikllari
mazkur tizim muvozanati real darajasidan chetlashish jarayonini tashkil etadi
(uchinchi va undan yuqori tartib) va bu jarayon davomida, muvozanat darajasi
ham o`zgaradi.
Kondrat`evning yirik nazariyalar sikliga qiziqishi, jahon iqtisodiy fanida
hech - qachon yo`qolmagan, ammo 1970-1980-yillarda, kon`yunktura darajasi,
oldingi 1940-1960- yillar boshida kuzatilgan kon`yunktura darajasiga qaraganda
yuqoriligi bilan farqlanganligi sababli, iqtisodiyotda davlatning antisiklik nazorati
natijasi sifatida talqin etilgan. Ammo 1960-yillar oxirida kuzatilgan uzoq muddatli
1980-yillarning boshigacha kuzatilgan
qulash,
ko`pchilik
iqtisodchilarni
Kondrat`ev sikli haqida eslashga majbur qildi. Ammo, yirik sikllar nazariyasi
ishlab chiqarilishini tugatish jarayoni hanuz yagona natijaga olib kelmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: